turlari sifatida bank kreditlari, obligatsiyalar, lizing va boshqalarni keltirish mumkin.
qoplanishi boʻyicha toʻlovlar oqimi asosida aniqlanishi haqida yuqorida ham
sifatida qarz mablagʻlari boʻyicha toʻlanadagigan foiz toʻlovlarining foyda soligʻi
boʻyicha soliqqa tortiladigan bazadan chegirilishi yoki mahsulot tannarxiga
Shunday qilib, qarz kapitalining yakuniy bahosi toʻlanadigan foyda soligʻi
Korxona nominal qiymati 1000 birlikka teng, qoplash muddati 10 yil, yillik
kupon stavkasi 10% va bir yilda bir marta toʻlanadigan obligatsiya muomalaga
chiqardi. Emissiya hajmi – 100 000 dona. Obligatsiyalar nominalga nisbatan 93,2%
kurs boʻyicha joylashtirilgan. Har bir obligatsiyani muomalaga chiqarish boʻyicha
xarajatlar 50 birlikni tashkil etgan. Foyda soligʻi stavkasi 20%. Qarz mablagʻi
107
∑
100
(1 + 𝑅)
𝑡
+
1000
(1 + 𝑅)
10
− (932 − 50) = 0
10
𝑡=1
Mazkur tenglikni echish 0,1210 ga teng boʻlgan miqdorni beradi (tekshirib
koʻrish kerak). Shunda foyda soligʻini hisobga olgan holda obligatsion qarz qiymati
2-formulaga asosan
k
D
= 0,1210x (1 – 0,2) = 0,0968 = 9,68%.
1-formuladan va keltirilgan misoldan koʻrinib turibdiki, soliqni hisobga
olmasdan obligatsiyaning oldingi bahosi amaliy jihatdan uning haqiqiy bahosiga va
istisno ravishda aniqlanadigan pul oqimiga bogʻliqlik kasb etmaydi. Oʻz navbatida 2-
formulaga muvofiq obligatsiyaning haqiqiy bahosi amaliyotda uni jalb qilishga
ketgan xarajatlarni ham hisobga olgan holda nominaldan (kapital egasi talab
qiladigan nominaldan ham) past narxda boʻlib koʻrinadi. Qarz kapitali qiymatini
pasaytirishning koʻrib chiqilayotgan ta’sir natijasi “soliq orqali himoya” deb
yuritiladi. Lekin agarda firma zarar bilan ishlayotgan boʻlsa, qarz kapitali bahosi
moliyaviy xarajatlarga mustasno ravishda real imkoniyatlar yoʻqligi sababli
oʻzgarmaydi.
Qarz mablagʻlari jalb qilish orqali moliyalashtirishda kapital bahosini
aniqlashda 1-formulaga universal yondashuv sifatida qaraladi. Shuning uchun lizing,
veksel, kreditlar boʻyicha ham kapital qiymatini baholashda 1-foomuladan
foydalanish mumkin. Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning murakkab
instrumentlari
hisoblangan
konversiyalanadigan
yoki
chaqirib
olinadigan
obligatsiyalar va boshqalar boʻyicha kapital qiymatini baholash birmuncha murakkab
jarayon hisoblanadi.
Kredit bahosi haqida soʻz yuritganda qarz oluvchi tomonidan kredit jalb qilish
va undan foydalanish uchun toʻlanadigan barcha xarajatlarni nazarda tutish lozim.
Boshqacha aytganda, kredit bahosi tarkibiy jihatdan kredit shartnomasida belgilangan
kredit foiz stavkasi va bank tomonidan belgilangan qoʻshimcha toʻlovlar, biznesni
rejalashtirish boʻyicha boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Bank tomonidan joriy
etilgan kredit boʻyicha toʻlovlarga kredit buyurtmasini koʻrib chiqish va kreditni
rasmiylashtirish uchun haq, kredit berganlik uchun vositachilik haqi, kredit
hisobvaragʻini yuritish va uni boshqarish uchun toʻlov, kredit boʻyicha oʻtkaziladigan
toʻlovlar boʻyicha komission haq, mijoz majburiyatlari oʻz vaqtida toʻliq
bajarilmagan holatlarda toʻlanadigan penya kabilarni kiritish mumkin.
Kredit bahosiga ta’sir qiluvchi tashqi omillar sifatida mamlakatdagi
(hududdagi) ijtimoiy-siyosiy holat, Markaziy bankning pul-kredit siyosati, qayta
moliyalash stavkasining oʻzgarishi, banklararo raqobat muhiti, kreditga boʻlgan talab
darajasi (iqtisodiyotda kreditning tutgan oʻrni), inflyatsiya darajasi, byudjet-soliq
siyosati (soliq yuki darajasi) va boshqalarni keltirish mumkin. Ichki omillar sifatida
esa tijorat banklarining kredit siyosati, foiz siyosati, jalb qilingan moliyaviy
resurslarning miqdori va qiymati, qarz oluvchining moliyaviy holati va kredit tarixi,
108
kredit ta’minoti, risklilik darajasi, kredit muddati va toʻlash shartlari, kredit
berilayotgan valyuta, kredit miqdori va boshqa shu kabilarni keltirish mumkin.
16
Do'stlaringiz bilan baham: