SF = (EBIT – I) x (1 – T) + DA x T – DIV
Bu yerda:
EBIT – foiz va soliqlar toʻlangunga qadar foyda;
I – qarzlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar (foiz toʻlovlari);
T – foyda soligʻi stavkasi;
DA – amortizatsiya;
DIV – mulkdorlarga dividend toʻlovlari.
Yuqoridagi
formuladan
koʻrinib turibdiki, korxonaning oʻz-oʻzini
moliyalashtirish qobiliyatiga moliyaviy-xoʻjalik faoliyati davomida amalga
oshiriladigan qarz, amortizatsiya va dividend siyosati bevosita ta’sir koʻrsatadi.
Moliyalashtirishning ichki manbalari afzalliklariga qaramasdan, ular miqdor
jihatdan korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini kengaytirishga, investitsion
loyihalarni amalga oshirishga, yangi texnologiyalarni joriy etishga va boshqalarga
yetarli emas. Shundan kelib chiqqan holda tashqi manbalar hisobiga oʻz moliyaviy
resurslarini qoʻshimcha shakllantirish zarurati yuzaga keladi.
Korxonalarda oʻz mablagʻlarini shakllantirishning tashqi manbalari ham keng
doirada qoʻllaniladi. Korxona ta’sischilarning qoʻshimcha badallari va qoʻshimcha
aksiyalar chiqarish hisobiga ustav kapitalini oshirish yoʻli bilan oʻz mablagʻlarini
shakllantirish mumkin. Qoʻshimcha xususiy kapital jalb qilish imkoniyatlari va
usullari biznesni tashkil etishning huquqiy shakliga bevosita bogʻliq.
MChJlar ustav kapitali uning ishtirokchilari ulushlarining nominal
qiymatlaridan tarkib topadi. Bunda ustav kapitalining minimal miqdori jamiyatni
davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi eng kam oylik
ish haqining qirq baravaridan kam boʻlmasligi lozim.
MChJning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat
roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida
jamiyatning ustav kapitaliga oʻz hissasini toʻliq kiritishi kerak. Agarda MChJ faqat
kredit tashkiloti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan boʻlsa, roʻyxatdan oʻtish
sanasiga qadar har bir ta’sischi ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan jamiyatning ustav
kapitalidagi oʻz hissasining kamida oʻttiz foizini kiritishi shart.
Naqd pul yoki naqda pulda ma’lum bir bahosiga ega boʻlgan boshqa mol-
mulklar MChJlarning ustav kapitaliga qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin. MChJ
ta’sischilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning
ustav kapitaliga qoʻshiladigan mol-mulklarning naqd puldagi bahosi jamiyat
ishtirokchilari umumiy yigʻilishida barcha ta’sischilar tomonidan bir ovozdan qabul
qilinadigan qaror bilan tasdiqlanishi lozimligi belgilab qoʻyilgan.
MChJ ustav kapitali toʻliq shakllantirilgandan soʻng ustav kapitalini oshirish
toʻgʻrisida qaror qabul qilish mumkin. Ustav kapitalini oshirish quyidagi yoʻllar bilan
amalga oshirilishi mumkin:
116
- jamiyatning mol-mulki hisobiga;
- ta’sischi yoki mulkdorlarning qoʻshimcha hissalari hisobiga;
- jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga.
MChJ ustav kapitalini jamiyatning mol-mulki hisobiga oshirish oldingi hisobot
yillarida erishilgan moliyaviy natijadan kelib chiqqan holda korxona ixtiyorida
qolgan foydani ustav kapitaliga yoʻnaltirish orqali amalga oshiriladi.
Ta’sischi (mulkdor)lar tomonidan qoʻshimcha hissalar qoʻshish hisobiga
jamiyat ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishda qoʻshimcha
hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir ishtirokchisining qoʻshimcha
hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qoʻshimcha hissalarni toʻliq
qoʻshish muddati belgilanishi kerak.
Agar MChJ ta’sis hujjatlarida ustav kapitalida boshqa shaxslarning ishtiroki
taqiqlanmagan boʻlsa, boshqa shaxslarni jamiyatga qabul qilish va hissa qoʻshish
toʻgʻrisidagi arizalari asosida jamiyatning ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisida bir
ovozdan qaror qabul qilishi mumkin. Bu borada ham qaror qabul qilishda hissani
qoʻshish tartibi, miqdori, usullari va muddati koʻrsatilgan boʻlishi talab etiladi.
Qoʻshimcha hissalarni qoʻshishning muddati tugagan kundan e’tiboran bir
oydan kechiktirmay oʻzgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish toʻgʻrisida
jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali esa aksiyadorlar sotib olgan jamiyat
aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha
aksiyalarning nominal qiymati bir xil boʻlishi lozim.
Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek bir yoki bir necha
turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli
aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi
talab etiladi. Jamiyat ta’sis etilayotganda uning barcha aksiyalari muassislar oʻrtasida
joylashtirilgan boʻlishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat
roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi
boʻyicha toʻrt yuz ming AQSh dollariga teng boʻlgan summadan kam boʻlmasligi
kerak.
Aksiyadorlik jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish
yoki qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini aksiyalar nominal qiymatini oshirish
yoʻli bilan koʻpaytirish va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi
qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan,shuningdek ustavda yoki
aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq kuzatuv kengashiga shunday
qaror qabul qilish vakolati berilgan holatda jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan
qabul qilinadi.
Qoʻshimcha aksiyalar jamiyat tomonidan jamiyat ustavida belgilangan e’lon
qilingan aksiyalar soni doirasidagina amalga joylashtirilishi mumkin. Qoʻshimcha
aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan jamiyat ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi
qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki bunday qaror qabul qilish
huquqi jamiyatning ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining
117
qaroriga binoan jamiyatning kuzatuv kengashiga berilgan boʻlsa, kuzatuv kengashi
tomonidan qabul qilinadi. Qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan jamiyat
ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarorda joylashtiriladi-gan qoʻshimcha oddiy
aksiyalarning va e’lon qilingan miqdorlari (ulushlari) doirasida har bir turdagi
imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddati va shartlari, shu jumladan
joylashtirilayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqlarga ega boʻlgan
aksiyadorlar uchun jamiyatning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish bahosi
belgilangan boʻlishi lozim. Jamiyat ustav fondini qoʻshimcha aksiyalar joylashtirish
yoʻli bilan koʻpaytirish joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning nominal qiymati
miqdorida qayd etiladi.
Shu oʻrinda boshqa xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ustav kapitali boʻyicha ham
minimal talablarni keltirish maqsadga muvofiq.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009 yil 15
avgustdagi 2009 yil 15 avgustdagi “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini
litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga bilan
tasdiqlangan “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi
toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan tijorat banklari ustav kapitali eng kam miqdori
quyidagicha belgilangan:
- banklar uchun – 10 mln yevro ekvivalentida;
- xususiy banklar uchun – 5 mln yevro ekvivalentida.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2011
yil
31
maydagi
“Sugʻurtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan sugʻurta kompaniyalari ustav kapitali eng kam miqdori
quyidagi jadvalda keltirilgan (2-jadval):
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |