V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
o‘quvchilarning yangi mavzu yuzasidan olgan bilimlarini
mus tahkamlash maqsadida quyidagi savollar bilan murojaat qili-
nadi:
darsimizda nimalarni bilib oldingiz?
navro‘z bilan mehrjon saylining farqini ayting.
o‘quvchilar darsga faol ishtirok etishlariga ko‘ra baho-
lanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
«mehrjon sayli» matnini ifodali o‘qib, so‘zlab berish.
42-DARS
Mavzu: «bebaho boylik.» hikoya. (hakim nazir)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni hikoya mazmuni bilan tanishtirish,
ifodali o‘qish malakasini shakllantirish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda vaqtning qadriga yetish, qariya-
larga nisbatan mehr-muruvvat hissini tarbiyalash, bilim olishga
havasini kuchaytirish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish,
vaqtni tez va to‘g‘ri aniqlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |