Dars metodlari: suhbat, savol-javob, muammoli izlanish,
«ha-yo‘q», «meva va sabzavotlar so‘zlaganda», «bo‘g‘inlar
tilsimi» ta’limiy o‘yinlari.
Dars jihozi: ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, multimedia
ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish.
davomatni aniqlash.
o‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustah-
kamlash.
Uyga berilgan vazifa – abdurahmon akbarning «kuz»
she’rini yoddan so‘rab baholash.
«Ha-yo‘q» o‘yini.
kuzda paxta teriladimi? (ha)
kuzda qaldirg‘ochlar uchib keladimi? (yo‘q)
kuzda yig‘im-terim ishlari boshlanadimi? (ha)
kuzda havo soviy boshlaydimi? (ha)
kuzda yangi yil bayrami bo‘ladimi? (yo‘q)
kuzda sumalak pishiriladimi? (yo‘q)
kuzda hosil bayrami bo‘ladimi? (ha)
kuzda daraxtlar kurtak ochadimi? (yo‘q)
Do'stlaringiz bilan baham: |