Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet68/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

IV.Mustahkamlash.
2-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing.
Bobur: — Nozima, dam olish kuni qayerga bordingiz?Nozima: — Dam olish kuni men akam va singlim bilan hayvonot bog‘iga bordik. Hayvonot bog‘idan qaytishda buvam bilan buvimlarni ham ko‘rib keldik. Siz qayerda dam oldingiz?
Bobur: — Biz oilamiz bilan dala hovlimizga bordik. Dala hovlidan juda kech qaytdik.
Zilola: — Biz esa dam olish kunini oila a’zolarimiz bilan uyda o‘tkazdik. Ertalabki nonushtadan so‘ng men onamga,akam dadamga uy ishlarida yordam berdik.
Farhod: — Biznikiga esa qishloqdan dadamning do‘stlari mehmonga kelishdi. Ularning men tengi o‘g‘illari bor ekan. Men u bilan do‘stlashib oldim.
V.Darsga yakun yasash.O`qituvchi o`tilgan yangi dars mavzusi bo`yicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o`quvchilar javobini muhokama qilib, o`quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlab, o`quvchilarni olgan baholarini kundalik daftariga qo`yish.
VI.Uyga vazifa. Dam olish kunida nimalar bilan shug‘ullanishingiz haqida yozing.


MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf

Mavzu:POYTAXTIM — FAXRIM(1-dars)


(So‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda yasama so‘zlar)
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari, Sodda yasama so‘zlar haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish.
2. Vatanni sevish, vatanparvarlik, vatanga sadoqat tushunchalarini mustahkamlash. Vatan taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shishga chaqirish.davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish.
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu.
1- topshiriq. Berilgan rasmlarni kuzating va tayanch so‘zlar asosida gaplar tuzing.
T a y a n c h s o ‘ z l a r : muhtasham saroy, keng ko‘cha, zamo-naviy va qulay, turar joy binolari, koshona, ma’rifat markazi, elektron kutubxona.
1- mashq. Matnni o‘qing va shu mavzuda suhbatlashing.
Poytaxtdagi yangi inshootlar
Toshkent — mustaqil O‘zbekiston Respublikasining poytaxti. Keyingi yillarda poytaxtimizning qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib, kundan kunga chiroyli bo‘lib bormoqda. Eski shahar mavzelari, istirohat bog‘lari, o‘nlab bozorlar yangidan qurildi. Shaharning turli tumanlarida muhtasham ko‘priklar, ravon yo‘l-lar, piyodalar uchun yerosti yo‘lkalari qurildi. Sharqona va milliy uslublarda ko‘plab zamonaviy inshootlar barpo etildi. O‘zbe-kiston davlat konservatoriyasining yangi binosi, Bolalar ijodiyoti markazi, O‘zbek milliy liboslari galereyasi, Xalqaro anjumanlar saroyi, „Bunyodkor“ sport kompleksi, o‘nlab o‘quv yurtlari, oilaviy poliklinikalar, mahalla markazlari qurildi.
Bilib oling!
Sodda Qo‘shma Juft
shahar Oltintepa qarindosh-urug‘
bunyodkor gulbeor uy-joy
o‘ynamoq guvohnoma bordi-keldi
So‘zlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma va juft bo‘-ladi. Sodda so‘zlar bir o‘zakdan, qo‘shma so‘zlar bir-dan ortiq o‘zakdan, juft so‘zlar ikki o‘zakdan yasaladi.
2- mashq. Matnni o‘qing. Sodda so‘zlarni aniqlang.
Yozda Oqtosh tog‘ yonbag‘ridagi „Quyoshli“ oromgohida dam oldim. Oromgoh tog‘ bag‘rida, soya-salqinda joylashgan ekan. Tog‘ yonbag‘ridagi archazorlar, sharqirab oqib turgan soy, baland-baland daraxtlar, toza havo bizga juda yoqdi. Har kuni bolalar bilan futbol, voleybol, shaxmat o‘ynadik, qiziqarli ki-toblar o‘qidik, sayohatlarga bordik. Oromgohdagi turli to‘garak-larga a’zo bo‘ldik. San’atkorlar, darslik mualliflari, shoir va yo-zuvchilar bilan uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi. Dam olish juda maroqli o‘tdi
3- mashq. Berilgan so‘zlardan sodda so‘zlarni ajratib oling va ular ishtirokida gaplartuzing.
Shahar, poytaxt, maktab, katta-kichik, ilmli, bog‘bon, qo‘lqop, belbog‘, ota-ona, chiroyli, baland-past, boychechak, ertapishar, asalari, tinchliksevar, kitob, yeryong‘oq, tez-tez
2- topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing. Sodda so‘zlarning qo‘llanishiga e’tibor bering.
Sanjar: Sen yangi favvoralarni borib ko‘rdingmi?
Anvar: Qaysi favvoralarni aytyapsan, Toshkentda favvo-ralar ko‘p-ku?!Sanjar: „Ma’rifat markazi“ning yonidagi favvoralarni. Anvar: Ha. Ularning kamalakdek 7 xil rangda hara-katlanishi hammani zavqlantiradi.
Sanjar: Rostdanmi, dadamlarga aytaman, kechqurun biz ham, albatta, borib ko‘ramiz.
D) Mustahkamlash.
4- mashq. Berilgan so‘zlardan gaplar tuzing. So‘ng ularni ketma-ketlikda joylashtirib matn tuzing.
1. Shahar, turar joy, zamonaviy, binolar, qurilmoq, juda ko‘p.
2. Bu yil, sport majmuasi, yangi, bunyod etilmoq, shahar.
3. Biz, juda, o‘z, shahar, yaxshi ko‘rmoq.
4. Ona, men, o‘z, faxrlanmoq, bilan, shahar.
5. Ona, va, shahar, obod, yildan yilga, go‘zal, bo‘lmoq.
3- topshiriq. Berilgan javoblarga mos savollar tuzing.
— ... ?
— Toshkentdagi eng katta sport majmuasi „Bunyodkor“ deb nomlanadi.
— ... ?
— „Bunyodkor“ stadioni 34 ming o‘ringa mo‘ljallangan.
— ... ?
— Sport majmuasida bolalar va o‘smirlar futbol maktabi ham ochilgan.
4- topshiriq. She’rni ifodali o‘qing.
Toshkentim
Tinchlik, do‘stlik, shon shahri,
Toshkent, azizim — onam.
Ko‘rkam favvoralarga
Mahliyo butun olam.
Yoshlik, shodlik maskani,
To abad ko‘rma zavol.
Tungi ko‘chalar sehrin
So‘ylab berar majnuntol.
F)Baholash
Uyga vazifa. Shahringizda qurilgan yangi inshootlar haqida ma’lumot bering

Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish