Ona tili darslik


 -§.    Fe’llarning yasalishi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   542
Bog'liq
ona tili

9 -§.    Fe’llarning yasalishi 
 
O‘zbek tilida fe’llar so‘z yasalish xususiyatiga ega. Fe’llar ikki xil usul bilan 
yasaladi: morfologik (affiksatsiya) usuli va sintaktik (kompozitsiya) usuli.  
1.  Morfologik  usulga  ko‘ra,  maxsus  fe’l  yasovchi  affikslar  yordamida 
boshqa  so‘z  turkumlaridan  (ot,  sifat,  son,  olmosh,  ravish,  undov,  taqlidiy 
so‘zlardan) fe’l yasaladi.  
Hozirgi  o‘zbek  tilida  fe’l  yasashda  quyidagi  so‘z  yasovchi  affikslar 
qo‘llanadi: 
-la  affiksi:  kuyla,  bahola;  tozala,  oqla;  sizla;  tezla,  sekinla;  ufla,  dodla; 
shitirla, shivirla  kabi.  Bu  affiks  unumdor  fe’l  yasovchi  affiks sanalib, barcha  so‘z 
turkumlaridan fe’l yasaydi. 
-a  affiksi:  tuna,  o‘yna;  qiyna,  YAsha;  guldura,  shildira  kabi.  Bu  affiks 
yordamida ot, sifat, taqlid so‘zlardan fe’l yasaladi. 
-r (-ar) affiksi: eskir, qisqar, ko‘kar kabi. Bu affiks yordamida sifat asosidagi 
fe’l yasaladi. 
-y (-ay) affiksi: ulg‘ay, kuchay, qoray; ko‘kay, ozay kabi. Bu affiks sifat va 
ravish asosidan fe’l yasaladi. 
-sira  affiksi:  suvsira,  yotsira;  sizsira,  sensira  kabi.  Bu  affiks  bilan  ot,  sifat, 
olmoshdan fe’l yasaladi. 
-lan affiksi: otlan, shodlan, zavqlan, ikkilan kabi. Bu affiks tuzilishiga ko‘ra 
qo‘shma  (-la+n)  bo‘lib,  ot,  sifat,  sondan  fe’l  yasaydi  hamda  fe’l  nisbat  (o‘zlik)ni 
shakllantiradi. 


 
 
141 
-lash affiksi: gaplash, bahslash, birlash, salomlash, xayrlash kabi. Bu affiks 
ham  tuzilishiga  ko‘ra  qo‘shma  (-la+sh)  bo‘lib,  u  ot,  son,  undov  so‘zdan  fe’l 
yasaydi hamda fe’l nisbati (birgalik nisbat)ni shakllantiradi.  
-i  affiksi:  changi,  boyi,  tinchi  kabi.  Bu  affiks  bilan  ot  va  sifatdan  fe’l 
yasaladi. 
-ik  (-iq)  affiksi:  yo‘liq,  do‘riq,  birik,  kechik  kabi.  Bu  affiks  yordamida  ot, 
sifat, son, ravishdan fe’l yasaladi. 
-qir,  -ira,  -illa  affikslari:  hayqir,  yarqira,  yaltira,  miltira;  taqilla,  gurilla, 
vishilla kabi. Bu affikslar yordamida undov va taqlid so‘zlardan fe’l yasaladi.  
-ir  (-ur)  affiksi:  gapir,  tupur.  Bu  affiks  ham  unum  so‘z  yasovchi  affiks 
bo‘lib, u ot va undov so‘zdan fe’l yasaydi. 
-ka,  -sa  affikslari:  ham  unum  so‘z  yasovchi  affikslar  bo‘lib,  bu  affikslar 
yordamida otdan fe’l yasaladi: iska, suvsa kabi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish