II. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning tashkiliy asoslari
6. Oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasai Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, Fanlar akademiyasiga yoki o‘zlari tizimiga kiradigan tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini ochishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida murojaat qiladi.
Murojaat bilan birgalikda oliy ta’lim muassasasi kengashining yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashining tegishli qarori, shuningdek ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar instituti ochilishi rejalashtirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi fan doktorlari to‘g‘risidagi kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar taqdim etiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasi tasarrufida bo‘lgan vazirliklar, idoralar tashkilotlar murojaat tushgan va barcha zarur xujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini ochish yoki ochishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladilar. Qabul qilingan qaror o‘n kun muddatda tegishli oliy ta’lim muassasasiga va ilmiy-tadqiqot muassasasiga yuboriladi. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini ochish to‘g‘risidagi ijobiy qarorning nusxasi axborot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Davlat test markaziga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi xuzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga ham yuboriladi.
Mustaqil izlanuvchilik instituti katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar instituti ochilgan oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasi huzurida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, ushbu oliy ta’lim muassasalari va ilmiy- tadqiqot muassasalari tizimiga kiradigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning qarori bilan tashkil etiladi. Mustaqil izlanuvchilik institutlarini tashkil etish katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutini tashkil etish tartibi singari tartibda amalga oshiriladi. (bunda tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan fan doktorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni takroran taqdim etish talab qilinmaydi).
7. Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi respublika oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |