V. Mustaqil izlanuvchilik tartibida ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash
38. Mustaqil izlanuvchilikka bakalavr yoki magistr darajasiga, yoki fan nomzodi ilmiy darajasiga, yoki oliy xarbiy ma’lumotga, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomga, kamida besh yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, ilmiy izlanishlarga layoqati bo‘lgan va mufyyan ilmiy yutuqlarga ega bo‘lgan (ixtiro uchun patentlar. E’lon qilingan ilmiy materiallarga ega bo‘lgan, ilmiy-texnologik ishlanmalarda ishtirok etgan va hokazo), belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladilar.
39. Oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasi har yili 1 sentyabrdan kechikmay mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar xujjatlarini qabul qilish boshlanishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradilar. Xujjatlar 15 oktyabr-15 noyabr mobaynida qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilikda talabgor quyidagi xujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga murojaat qiladi.
ish joyidan tavsifnoma;
ma’lumotnoma;
oliy ta’lim yoki fan fomzodi to‘g‘risidagi diplomning nusxasi;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
talabgorning ilmiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga layoqati yuzasidan test sinovidan o‘tganligini tasdiqlovchi OAK xujjatining nusxasi;
ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar (patentlar) ro‘yxati.
40. Talabgorlar mustaqil izlanuvchilikka har yili 25 dekabrgacha, mutaxassislik bo‘yicha suhbat natijalari va tegishli kafedra (bo‘lim, laboratoriya)ning xulosasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan, shuningdek ta’limning o‘rganilgan oldingi darajasida chet tili bo‘yicha imtihon natijasi bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
41. Mustaqil izlanuvchilarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek ularga ilmiy va o‘quv-metodik yordam berish maqsadida mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda ularning etakchi olimlardan ilmiy konsultantlari belgilanadi.
42. Mustaqil izlanuvchilar ular rasmiylashtirilgandan keyin bir oy muddatda ilmiy rahbar bilan kelishgan holda oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashiga doktorlik dissertatsiyasini tayyorlashning yakka tartibdagi ish rejaslarini tasdiqlash uchun taqdim etadilar.
43. Izlanuvchilarning dissertatsiyalari mavzulari ular rasmiylashtirilgandan keyin uch oy mobaynida oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida tasdiqlanishi kerak.
44. Ilmiy konsultant tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy-metodologik dasturining o‘quv rejasini ishlab chiqadi. O‘quv rejasi ham mustaqil izlanuvchi rasmiylashtirilgandan keyin bir oy muddatida oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashida tasdiqlanadi.
Nazariy-metodologik dastur ushbu fan bo‘yicha umumiy konsepsiyani hamda ilmiy-tadqiqotlarning metodologiyasi, nazariy asoslari va usullarini o‘z ichiga oladi. Nazariy dastur mustaqil izlanuvchi tomonidan ilmiy konsultant yordamida o‘qishning birinchi yili mobaynida o‘zlashtiriladi.
Keyingi yillarda oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tomonidan fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Malaka o‘quv dasturlari mustaqil izlanuvchilar tomonidan mustaqil o‘zlashtiriladi.
45. Mustaqil izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot ishlariga o‘quv yuklamasi xajmi xaftasiga 12 soatni tashkil etadi, undan – ko‘pi bilan 4 soat auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratilishi mumkin.
46. mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish tartibi ushbu Nizomning 34-bandi talablariga o‘xshash.
Monitoring yakunlari oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining tegishli ilmiy kengashlarida ko‘rib chiqiladi. Kengashlarning tavsiyasi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Ilmiy konsultantlar faoliyatini nazorat qilish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasiga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
YAkka tartibdagi rejalarni muntazam ravishda bajarmaydigan va oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ichki qoidalarini buzuvchi mustaqil izlanuvchilar izlanuvchilikdan chetlatilishi mumkin.
47. YAkka rejalarni muvaffaqiyatli bajargan va mutaxassislik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, chet tili, shuningdek fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirgan mustaqil izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishga qo‘yiladilar.
Mustaqil izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha OAKning tegishli talablariga javob beradigan miqdorda e’lon qilingan ilmiy ishlarga ega bo‘lishi kerak. SHu bilan birga, ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlar bo‘yicha dissertatsiya natijalari bo‘yicha monografiya e’lon qilinishi kerak.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishgacha ta’lim muassasalarida o‘qishning butun davrida kamida 300 soat hajmida pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak.
48. Ilmiy konsultantlar tomonidan oliy ta’lim muassasasida mustaqil izlanuvchilar bilan ishlash ularning o‘quv yuklamasi umumiy hajmiga kiritiladi va xar oylik asosida har bir izlanuvchi uchun bir yilga 50 soat hisobidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ushbu muassasalarning byudjetidan tashqari mablag‘laridan haq to‘lanadi.
Ilmiy tadqiqot muassasasida ilmiy konsultantlarning mustaqil izlanuvchilar bilan mehnatiga haq to‘lash har oylik asosida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lashning qonun xujjatlarida belgilangan tartibda har bir izlanuvchiga bir yilda 50 soat hisobidan ushbu muassasalarning byudjetdan tashqari mablag‘laridan amalga oshiriladi.
Ilmiy konsultantlarning mustaqil izlanuvchilar - xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan mehnatga haq to‘lash o‘qishga tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
49. Katta ilmiy xodim –izlanuvchi sifatida o‘qigan, biroq dissertatsiya himoya qilmagan shaxsga mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga ruxsat berilmaydi.
50. Bir necha oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasida bir vaqtning o‘zida mustaqil izlanuvchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |