IV. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qishni tashkil etish
11. Katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar o‘qishning birinchi yilida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va metodologik dasturni o‘zlashtiradilar.
Mutaxassisliklar bo‘yicha nazariy –metodik dasturlar katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy maslahatchilari tomonidan ishlab chiqiladi hamda oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Nazariy-metodik dastur umumiy konsepsiyani va metodologiya masalalarini, nazariy asoslarni hamda ushbu fan bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar usullarini o‘z ichiga olishi shart.
O‘qishning keyingi yillarida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning maxsus bilimlarini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy kengashlari tomonidan fan soxalariga ko‘ra Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Malaka o‘quv dasturlari katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladi.
Katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha yuklama xajmi xaftasiga 36 soatni tashkil qiladi, ulardan 12 soatdan ortiq bo‘lmagan yuklama auditoriya mashg‘ulotlariga ajratiladi. Mustaqil izlanuvchilar uchun o‘quv yuklamasi xajmi xaftasiga 12 soatni tashkil qiladi, ulardan 4 soatidan ortiq bo‘lmagan yuklama auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratiladi.
12. Katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilarning va mustaqil izlanuvchilarning sifatli tayyorlanishini ta’minlash, shuningdek ularga ilmiy va o‘quv metodik yordam ko‘rsatish maqsadida ular faol ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi, shu jumladan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyixalarni amalga oshirishda qatnashuvchi fan doktorlari jumlasidan konsultantlarga birkitiladi.
13. Katta ilmiy xodim- izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyasini himoya qilguncha:
O‘zbekistonning yangi tarixi, chet tili, shuningdek fan soxalariga ko‘ra Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan aniqlanadigan fanlar bo‘yicha imtihon topshirishi;
dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida, seminarlarida va davra suhbatlarida aprobatsiya (muhokama) qilinishini ta’minlashi, shuningdek dissertatsiyaning asosiy natijalarini aks ettiradigan, soni Oliy attestatsiya komissiyasi talablariga muvofiq bo‘lgan chop qilgan ilmiy maqolalarga ega bo‘lishi kerak.
katta ilmiy xodimlar- izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilguncha, shuningdek o‘qishning butun davri davomida ta’lim muassasalarida kamida 300 soat xajmida pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
14. Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni himoya qilish katta ilmiy xodim – izlanuvchi va mustaqil izlanuvchi tanlovi bo‘yicha o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |