Sof fe’l shakli fe’lning kesim vazifasida kelishiga xoslovchi shaklidir: o`qidi, bordi. Tuslanuvchi fe’l shakllari sof fe’l shakli deyiladi.
Harakat nomi fe’lning otga xoslangan shaklidir. Bu shakl fe’l asoslariga –i(sh), -u(B), -moq, -mak qo`shimchalarini qo`shish bilan yasaladi: yozmoq, ko`rish, biluv, kelmak.
Harakat nomi unli bilan tugagan fe’llarga –sh, -v qo`shimchalarini, undosh bilan tugagan fe’llarga –ish, -uv, -moq, -mak qo`shimchalarini qo`shish orqali yasaladi: yashash, bilmoq, kelish, aytuv.
a yoki i unlisi bilan tugagan fe’l asoslariga –v qo`shimchasi qo`shilganda a unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi va shunday yoziladi: ishlov, tanuv, tanlov.Harakat nomi otlar kabi egalik, kelishik va ko`plik qo`shimchalarini oladi va gapda ot bajargan sintaktik vazifalarda keladi.
Sifatdosh – fe’lning sifatga xoslangan xoslangan shakli bo`lib, predmetning belgisini bildiruvchi ish-harakatni ifodalaydi: o`qigan bola, aytilgan gap.
Sifatdosh shaxs va narsalarning belgisini bildirishi bilan sifatga o`xshaydi. Sifatlar shaxs va narsaning turg`un, varqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar o`zgaruvchan, harakat belgisini ifodalaydi. Qiyos qiling: shirin so`z, aytilgan so`z; yoqimli ovoz, eshitilayotgan ovoz.
Sifatdosh quyidagi qo`shimchalar bilan yasaladi.
-gan - qo`shimchali shakl o`tgan zamon sifatdoshini hosil qiladi: kelgan odam
-(a)yotgan - hozirgi zamon sifatdoshini hosil qiladi: gapirayotgan odam
-(a)digan – kelasi zamon sifatdoshini hosil qiladi: o`qiydigan bola, keladigan odam.
Bundan tashqari –ar, -mas, -uvchi, -ajak qo`shimchalari bilan ham sifatdosh yasaladi: aytar so`z, qaytmas so`z, qilinajak ishlar, keluvchi bola.
O`quvchi, yozuvchi, tinglovchi, o`qituvchi kabi so`zlar otga ko`chib bo`lib, u shaxsning doimiy kasb faoliyatini ifodalaydi.
Sifatdrsh fe’l xos bo`lishli va bo`lishsizlilik, nisbat, zamon, o`timli va o`timsizlik shakllariga ega bo`la oladi: keltirilgan sovg`a, chirsillayotgan olov, bajarilmagan topshiriq.
Ravishdosh – fe’lning ravishga xoslangan shakli bo`lib, ish-harakatning belgisi bo`lgan xolatni ifodalaydi: shoshib yurmoq, zavqlanib kulmoq, yura-yura charchamoq. Ravishdoshlar harakatning belgisini bildirishi bilan ravishga o`xshaydi. Ravishdosh ham ravish kabi fe’lga bog`lanib, uning belgisini bildiradi. Qiyos qiling: yig`lab gapirmoq – sekin gapirmoq; shoshmasdan bajarmoq – tez bajarmoq.
Quyidagi qo`shimchalar bilan yasaladi.
-(i)b, -a, -y, -may, -masdan (-mayin) qo`shimchalari holat ravishdoshlari sanaladi: qo`rqib gapirmoq, toma-toma to`lmoq, o`qiy-o`qiy charchamoq, shoshmasdan gapirmoq, ko`rmay ketmoq, ko`rmayin izlamoq, to`yib-to`yib yig`lamoq.
-(i)b, -a, (-y) shakli ba’zan payt(U gulni hidlab, chakkasiga qistirib qo`ydi); sabab ( yig`lay-yig`lay charchamoq) kabi ma’nolarni ham ifodalaydi.
-gach (kach, qach), -guncha(kuncha, quncha) payt ravishdoshlari sanaladi: musiqa tingach, qorong`i tushguncha, uydan chiqqach.
-gani shakli maqsad ravishdoshidir: ko`rgani bormoq, bilgani so`ramoq, aytgani kelmoq.Ravishdoshning bu shakli bo`lishsizlik ifodalamaydi.
Ravishdoshning –gani shaklini sifatdoshning gan+i shaklidan farqlash lozim. Qiyos qiling: U mehmonlarni kuzatgani chiqdi. – Ko`p o`qigani o`ziga foyda.
Do'stlaringiz bilan baham: |