Aniq nisbat - (nol shakl) ish-harakat bajaruvchisi aniq bo`ladi: Karim baliq tutdi. Sohiba kitob o`qidi. Dehqon yerni haydadi. Navbatchi gulga suv quydi.
O`zlik nisbati - bajaruvchining o`zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatini ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu shakl fe’l asosga (i)n, (i)l qo`shimchasini qo`shish bilan yasaladi. Bunda ish-harakat va uni bijaruvchi o`rtasidagi munosabatga asoslanadi. Ra’no tarandi. Qiz egildi. Gul ochildi. Oy ko`rindi, U kerishdi.
ba’zi fe’llardan o`zlik nisbati shaklini hosil qilib bo`lmaydi: chopdi, yayradi, chiqdi, keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |