SO’Z TARKIBI
"Terimchilarga" so‘zi uchun yasovchi asos qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. ter B. terim C. terimchi D. terimchilar
O‘shamisiz--- so‘zida urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushgan?
A. 1 B. 2 C. 3 D. 4
3
-li--- yasovchi qo‘shimchasiga sinonim bo‘la oluvchi qo‘shimchalar qaysi javobda berilgan?
A. -ser, -lik, -dor B. -li, -ser, -no C. -ba, -bo, -ham D. -ser, -dor, -ba
Qaysi javobda yasama sifat berilgan?
A. qizg‘in B. tirik C. yolg‘iz D. o‘lik
---Qarsak--- so‘zining o‘zagini toping.
A. qars B. Qarsa C. Qar D. qarsak
Derazamning oldida bir tup O‘rik oppoq bo‘lib gulladi. Ushbu misralarda nechta yasama so‘z bor?
A. 1 ta B. 2 ta C. 3 ta D. 4 ta
Qaysi qatordagi so‘zlar ma’noli qismlarga to‘g‘ri ajratilgan?
A. supur-in-di, chay-in-di B. yuv-in-di, ekran-lash-tir C. supur-indi, yuv-undi D. yuv-indi, chay-indi
---bolaginam--- so‘zida ----gina--- qo‘shimchasi qanday qo‘shimcha hisoblanadi?
A. so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha B. shakl yasovchi qo‘shimcha
C. so‘z yasovchi qo‘shimcha D. yuklama hisoblanadi
So‘z tarkibida ----gina--- so‘z o‘zgartuvchidan keyin kelsa u qanday qo‘shimcha hisoblanadi?
A. so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha B. shakl yasovchi qo‘shimcha
C. so‘z yasovchi qo‘shimcha D. qo‘shimcha emas yuklama hisoblanadi
Qaysi qatordagi so‘zlarda shakldoshlik (omonimlik) so‘z yasovchi bilan shakl yasovchi qo‘shimchalar doirasida kuzatiladi?
A. tinchi, sen-chi B. ekin, kiyin C. qo‘shin, bo‘yin D. chiqit, ko‘chat
Tub so‘zni toping.
A. beiz B. Buyoq C. Beor D. bezor
Ma’noli qismlarga ajraladigan so‘zni toping.
A. qo‘yin B. Shovvoz C. Unut D. unum
Salim aka bu yerlarni hosildor yerga aylantirish istagidami? Ushbu gapda qo‘llangan qo‘shimchalar miqdori va ularning vazifasiga ko‘ra turlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. 1 ta - so‘z yasovchi; 4 ta - shakl yasovchi; 3 ta - so‘z o‘zgartuvchi
B. 2 ta - so‘z yasovchi; 3 ta - shakl yasovchi; 3 ta - so‘z o‘zgartuvchi
C. 3 ta - so‘z yasovchi; 3 ta - shakl yasovchi; 4 ta - so‘z o‘zgartuvchi
D. 2 ta - so‘z yasovchi; 3 ta - shakl yasovchi; 4 ta - so‘z o‘zgartuvchi
Salim aka bu yerlarga ekin ekib, uni unumdor yerga aylantirish istagida. Ushbu gapda qo‘llangan so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini toping.
A. 1 ta B. 2 ta C. 3 ta D. 4 ta
Tarkibida ikkita qo‘shimcha mavjud bo‘lgan so‘zni toping.
A. arralashmoq B. Gaplashmoq C. so‘zlashmoq D. qiqirlashmoq
Berilgan qaysi so‘z tarkibida ----a--- qo‘shimchasi so‘z yasovchi hisoblanadi?
A. bora-bora B. Buramoq C. Qaltiramoq D. Barcha o‘rinlarda shakl yasovchi.
Qaysi so‘z ----oq--- qo‘shimchasi bilan yasalgan?
A. suvoq B. Shildiroq C. Uzoq D. qoloq
So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar haqidagi qaysi fikr noto‘g‘ri?
A. so‘z birikmalarida so‘zlarni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiladi
B. gap bo‘laklarini shakllantirishga xizmat qiladi
C. lug‘aviy ma’noni qisman o‘zgartirishga xizmat qiladi
D. sanalganlarning barchasi to‘g‘ri
Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz do‘stini. Ushbu gapdagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang.
A. 1ta B. 2ta C. 3ta D. 4ta
Tuyalar suvsizlikka chidamliligi bilan boshqa cho‘l hayvonlaridan ajralib turadi.--- Ushbu gapda qo‘llanilgan so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang.
A. 3 ta B. 4 ta C. 5 ta D. 6 ta
Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko‘zlari katta ochildi.--- Ushbu gapdagi yasama so‘zlar sonini aniqlang.
A. 1 ta B. 2 ta C. 3 ta D. 4 ta
----gach--- ---(-kach---, ----qach)---, ----a(-y)--- ----guncha--- ---(-kuncha)--- qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha?
A. so‘z yasovchi B. so‘z o‘zgartiruvchi C. so‘z shakli yasovchi D. sodda qo‘shimcha
"Qoramtir" so‘zida nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha bor?
A. 1 ta B. 2 ta C. 3 ta D. Bu tub so‘z.
Tub so‘zni belgilang.
A. qo‘nim B. Chiziq C. Kesim D. so‘lim
Qaysi so‘zlar tarkibida bir tovushdan iborat so‘z yasovchilar mavjud? 1.~kurak; 2.~sanoqsiz; 3.~sabotli; 4.~achchiq; 5.~badavlat; 6.~unumli 7.~bo‘yoqsiz 8.~qoraymoq.
A. 1, 3, 4, 5, 7 B. 2, 3, 4, 7, 8 C. 3, 4, 5, 6, 8 D. 1, 2, 4, 7, 8
Qaysi qatordagi so‘zlar tarkibidagi qo‘shimchalar o‘zaro shakldosh (omonim) qo‘shimchalar hisoblanmaydi?
A. kelinchak, erinchak B. do‘sti, boyi (fe’l) C. ishla, savala D. to‘kin, yashirin
----lan--- qo‘shimchasi yordamida yasalgan so‘zlar qatorini toping.
A. tayyorlan, oziqlan B. uylan, o‘ylan C. faxrlan, ikkilan D. shaklan, xayolan
Tarkibida birgina qo‘shimcha mavjud bo‘lgan so‘zni toping.
A. ho‘plam B. Isitma C. Atamoq D. sig‘inmoq
Men uning bu uyda qiynalib yashaganligini angladim. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang.
A. 1 ta B. 2 ta C. 3 ta D. 4 ta
Qaysi sifat ma’noli qismlarga ajralmaydi?
A. oshiq (yigit) B. yamoq (ko‘rpa). C. yetuk (olim) D. iliq (suv)
So‘z yasalish hodisasi qaysi so‘z turkumlariga xos?
A. barcha so‘z turkumlariga xos B. mustaqil so‘z turkumlariga
C. faqat ot va fe’l turkumlariga D. ot, sifat, fe’l, ravish turkumlariga
So‘z yasovchi qo‘shimcha shakl yasovchidan so‘ng qo‘shilgan yasama so‘zni belgilang.
A. ivit/ma B. qovur/ma C. ag‘dar/ma D. yo‘qla/ma
Yasama so‘zni belgilang.
A. gulduramoq B. o‘chirmoq C. pishirmoq D. ichirmoq
Tub so‘zni belgilang.
A. tupirmoq B. Qoraymoq C. Gapirmoq D. qizarmoq
Tog‘ balandligi sovuq edi shuning uchun kuzatuvchilar harorat pasayishi bilan o‘z ishlarini to‘xtatishga qaror qilishdi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang.
A. 2 B. 3 C. 4 D. 5
Qaysi so‘z tarkibida ----moq--- shakldosh (omonim) qo‘shimcha sifatida ishlatilgan?
A. salmoq B. Bormoq C. Chaqmoq D. yashamoq
Йиғламсира, кулимсира, оқаринқира сўзларидаги қўшимчалар вазифасига кўра қандай қўшимчалар ҳисобланади?
А) шакл ясовчи В) сўз ясовчи С) сўз ясовчи ва шакл ясовчи ҳисобланади
Д) феълнинг грамматик категорияларига мансуб қўшимча ҳисобланади
Е) ҳозирги ўзбек адабий тилида бу қўшимчалар ажратилмайди; юқоридаги сўзлар туб сўзлар хисобланади
Иккала қисми ҳам маъно англатмайдиган жуфт сўзлар қаторини аниқланг?
А) қақир-қуқур, ували-жували, ажи-бужи В) чала- чулпа, қора-қура, от-улов С) гап-сўз, идиш-товоқ, икир-чикир Д) сап-салқин, ур-йиқит, эски-туски Е) чанг-чунг, эгри-бугри, хор-зор.
Қуйидаги гапдаги сўз ясовчи қўшимчаларни аниқланг.
Do'stlaringiz bilan baham: |