FONETIKA
Til oldi unlilar berilgan javobni toping.
A. o, a B. o, a, u C. o, a, i D. a, e, i
Ochiq bo‘g‘indan birida faqat til undoshi berilgan so‘zni toping.
A. bahona B. mamnun C. vafodor D. faqat
Yam-yashil--- so‘zida nechta unli va nechta undosh tovush bor?
A. 3 ta unli, 3 ta undosh B. 5 ta unli, 5 ta undosh C. 3 ta unli, 5 ta undosh D. 4 ta unli, 4 ta undosh
Qaysi qatorda lab undoshlari berilgan? A. x, g B. j, k C. h, ng D. b, m
Lab undoshlari ishtirok etgan yasama so‘zni toping.
A. savlat B. gulzor C. ommabop D. oshiq
Qaysi so‘z tarkibida portlovchi undosh mavjud?
A. sababsiz B. suvsiz C. yuzsiz D. foizsiz
Qaysi jarangli undosh o‘z jarangsiz jufti bilan birga sirg‘aluvchi tovushlarga mansub bo‘ladi?
A. b B. d C. k D. z
---t--- va ---h--- tovushlari qaysi xususiyatlariga ko‘ra bir guruhga mansub bo‘ladi?
A. jarangli va jarangsizligiga ko‘ra B. lab yoki tish undoshlariga oidligiga ko‘ra
C. portlovchi yoki sirg‘aluvchiligiga ko‘ra D. tilning qayerida paydo bo‘lishiga ko‘ra
---f--- undoshi til undoshlarining qaysi turiga mansub?
A. til oldi undosh B. sayoz til oldi undoshi C. chuqur til orqa undoshi D. lab-tish undoshi
Qaysi jarangli undoshlar sirg‘aluvchilarga mansub emas?
A. k, t B. b, n C. v, z D. j, g‘
Berilgan jarangli undoshlardan qaysilari sirg‘aluvchilarga mansub? A. k, q B. f, s C. j, b D. r, z
Qaysi so‘z talaffuzida jarangsiz tovush o‘zidan keyingi jarangli tovushni o‘ziga moslashtiradi?
A. ketdi B. zarur C. o‘qibdi D. maqsad
Jarangsiz undoshlar ishtirok etmagan yasama so‘zni toping.
A. bejirim B. gulsiz C. lolazor D. yolg‘ondakam
Portlovchi undoshlar yonma-yon kelgan so‘zni toping.
A. iqtisod B. nashriyot C. qing‘ir D. hamfikr
Qaysi yasama so‘z tarkibida sirg‘aluvchi tovush mavjud?
A. ulg‘aymoq B. kechikmoq C. shoshilmoq D. changimoq
---b--- va ---k--- tovushlari qaysi xususiyatlariga ko‘ra bir guruhga mansub bo‘ladi?
A. jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra B. lab yoki tish undoshlariga oidligiga ko‘ra
C. portlovchi yoki sirg‘aluvchiligiga ko‘ra D. tilning qayerida paydo bo‘lishiga ko‘ra
Metateza hodisasi qaysi qatordagi so‘zda kuzatiladi?
A. zarar-zaral B. yurakka-yurakga C. tuproq-turpoq D. tuzsiz-tussiz
Yonma-yon kelgan tovushlarning o‘rin almashishi tilshunoslikda qanday ataladi?
A. assimilatsiya B. dissimilatsiya C. metateza D. tovush almashishi
Faqat jarangsiz undoshlar qatnashgan so‘zlar qatorini toping.
A. daromad, jamoat, hushyor B. muhabbat, vafo, sadoqat C. taxta, soat, sukut, toqat D. tosh, shikoyat, kitob, mulk
Urg‘usi oxirgi bo‘g‘inga tushmagan so‘zlar qatorini toping.
A. bog‘lar, olma, novcha B. qazilma, qotishma, burama
C. yangicha, qishgacha, o‘zgacha D. qishloqcha, yigitcha, uycha
Qaysi javobda tovush o‘zgarishlari yuz bergan? 1.~ulug‘; 2.~taroq; 3.~tirnoq; 4.~bilak; 5.~yurak; 6.~buyrak
A. 1, 2, 4 B. 2, 3, 5 C. 2, 3, 4 D. 2, 3, 6
Qaysi javobda so‘z ko‘chirish qoidasi to‘g‘ri ko‘rsatilmagan?
A. mu-do-faa B. mat-ba-a C. si-ngil D. tran-sport
Yigirmata so‘zida urg‘u qaysi bo‘g‘inga qo‘yilgan?
A. 1 ga B. 2 ga C. 3 ga D. 4 ga
Qaysi qatordagi so‘zlarning ma’nosi urg‘u yordamida farqlanadi?
A. bolada, qo‘lla, axil B. xiyla, ariya, belcha, beshala C. bog‘lar, ishlar, qishloqcha D. burun, gajim, uylar
---ayir--- so‘ziga quyidagi qaysi qo‘shimchalar qo‘shilsa tovush tushishi vujudga keladi?
1.~-ish; 2.~-il; 3.~-ma; 4.~-i; 5.~-im
A. 1,2,4,5 B. 2,3,4,5 C. 2,4,5 D. 1,2,4
Rotalarni zudlik bilan o‘rnidan ko‘chirish haqida og‘zaki buyruq berildi. Berilgan gap tarkibidagi necha so‘zda tovush tushishi hodisasi mavjud?
A. 1 so‘zda B. 2 so‘zda C. 3 so‘zda D. 4 so‘zda
Alisher parvarish qilayotgan qushlarni ko‘rgan bolalar, unga havas qilishdi. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar vujudga kelgan?
A. tovush tushishi B. tovush almashishi C. tovush orttirilishi D. tovush tushishi, orttirilishi va almashishi
Qaysi so‘z tarkibida portlovchi undosh mavjud?
A. sadoqat B. Suvsiz C. Yuzsiz D. foizsiz
Alisher parvarish qilayotgan sayroqi qushlarni ko‘rgan bolalar, unga havas qilishdi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar vujudga kelgan?
A. tovush tushishi B. tovush orttirilishi C. tovush almashishi D. tovush almashishi va tushishi
Og‘zaki nutqda qaysi so‘z tarkibidagi portlovchi tovush ba’zan sirg‘aluvchi tovush tarzida talaffuz qilinadi?
A. maktab B. Boribdi C. Taqsim D. Xohish
Qaysi jumlada gap urg‘usi ---muzeyga--- so‘ziga tushgan?
A. Dam olish kuni o‘qituvchimiz bizni muzeyga olib boradi. B. O‘qituvchimiz bizni muzeyga dam olish kuni olib boradi.
C. Bizni dam olish kuni muzeyga o‘qituvchimiz olib boradi. D. Muzeyga bizni dam olish kuni o‘qituvchimiz olib boradi.
Qaysi so‘z talaffuzida jarangsiz tovush o‘zidan keyingi jarangli tovushni o‘ziga moslashtiradi?
A. ketdi B. Zarur C. o‘qibdi D. maqsad
Urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajargan so‘zlarni belgilang. 1)~hozir; 2)~qurilma; 3)~yo‘llar; 4)~ko‘chirma; 5)~yangi
A. 1, 2, 4, 5 B. 1, 3, 4, 5 C. 1, 3, 4 D. 2, 4
Qaysi so‘zlarning o‘zak-negizida tovush almashishi yuz bergan?
1.~qiyna; 2.~tuzum; 3.~yuvundi; 4.~uyum; 5.~unum; 6.~bo‘yoq
A. 1, 2, 3, 4, 5, 6 B. 2, 4, 6 C. 1, 4, 5, 6 D. 1, 2, 4, 6
Qaysi so‘zlarda urg‘u yordamida ma’noni farqlash mumkin? 1.~surma; 2.~mexanik; 3.~yo‘llar; 4.~yangi; 5.~bog‘cha
A. 1, 2, 3, 4, 5 B. 1, 3, 5 C. 3, 4, 5 D. 1, 3, 4, 5
Malika opaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib yana bag‘riga qaytdi. Berilgan gap tarkibidagi necha so‘zda tovush tushishi hodisasi mavjud?
A. 1 so‘zda B. 2 so‘zda C. 3 so‘zda D. 4 so‘zda
Malika opaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib yana bag‘riga qaytdi. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar vujudga kelgan?
A. tovush tushishi B. tovush almashishi C. tovush orttirilishi D. tovush tushishi va almashishi
Malika opaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib yana bag‘riga qaytdi. Ushbu gapdagi necha so‘zda egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida fonetik o‘zgarish vujudga kelgan?
A. 1 so‘zda B. 2 so‘zda C. 3 so‘zda D. 4 so‘zda
Qaysi so‘zdagi til oldi undoshi og‘zaki nutqda lab-lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi?
A. ichdim B. Shanba C. Borib D. taqsim
Qaysi so‘zdagi til oldi undoshi og‘zaki nutqda boshqa til oldi undoshi sifatida talaffuz qilinadi?
A. to‘qson B. Uchta C. Tubsiz D. tanob
Negadir undagi quvnoq davraga bo‘lgan e’tibor susaydi. Ushbu gap tarkibidagi so‘zlarda qanday fonetik o‘zgarishlar kuzatiladi?
A. tovush tushishi va almashishi B. tovush almashishi va orttirilishi
C. tovush tushishi va orttirilishi D. tovush tushishi, orttirilishi va almashishi
Negadir undagi quvnoq davraga bo‘lgan e’tibor susaydi. Ushbu gapdagi so‘zlarda fonetik o‘zgarishlarning qaysi biri kuzatilmaydi?
A. tovush tushishi B. tovush almashishi C. tovush orttirilishi D. fonetik o‘zgarishlarning uchala turi kuzatiladi
Yonma-yon kelgan tovushlarning o‘rin almashishi tilshunoslikda qanday ataladi?
A. assimilatsiya B. Dissimilatsiya C. Metateza D. tovush almashishi
So‘z tarkibidagi tovushlarning ajratib yoki cho‘ziqroq talaffuz qilinishini ko‘rsatuvchi ishora qanday ataladi?
A. vergul B. urg‘u C. tutuq belgisi D. so‘z urg‘usi
Adabiy me’yorga ko‘ra ---o--- tovushining qanday hollarda torroq, qanday hollarda keng aytilishi haqida tilshunoslikning qaysi bo‘limi bahs yuritadi?
A. fonetika B. Grafika C. Orfoepiya D. Orfografiya
Og‘zaki nutqning tovush tizimini yozma nutqda qanday berilishini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi qanday nomlanadi?
A. orfoepiya B. Orfografiya C. Grafika D. fonetika
Do'stlaringiz bilan baham: |