Сана
|
Келишув ва сумма
|
(Дебет) пул кирими (+)
|
(Кредит) пул
чиқими (-)
|
Касса қолдиғи
|
23
|
23 январ холатига Касса қолдиғи
|
|
|
52500
|
23
|
Нақд пул кўринишида олинган қарз 202500
|
|
|
|
24
|
Кўчмас мулк эгасига бино ва ер учун
тўланган 120000
|
|
|
|
24
|
Асбоб-ускуна сотиб олинган 43125
|
|
|
|
24
|
Ҳар хил ускуналар сотиб олинган 13425
|
|
|
|
24
|
Хом-ашё ва материаллар харид қилинган
2625
|
|
|
|
25
|
Товарлар сотиб олинган 19125
|
|
|
|
25
|
Маҳсулотлар сотилган 2625
|
|
|
|
26
|
Маҳсулотлар кредитга сотилган 3375
|
|
|
|
27
|
Маҳсулотлар сотилган 1875
|
|
|
|
28
|
Товарлар сотиб олинган 2250
|
|
|
|
28
|
Транспорт йиғими тўланган 90
|
|
|
|
28
|
Пуллар шахсий мақсадларда олинган 2625
|
|
|
|
28
|
Маҳсулотлар сотилган 1170
|
|
|
|
30
|
Маҳсулотлар сотилган 1515
|
|
|
|
31
|
Электр энергияси ҳақи тўланган 22500
|
|
|
|
31
|
Маҳсулотлар сотилган 1185
|
|
|
|
1
|
Вақтинчалик ёрдамчига маош тўланган 1290
|
|
|
|
2
|
Маҳсулотлар сотилган 1875
|
|
|
|
2
|
Маҳсулотлар кредитга сотилган 1740
|
|
|
|
3
|
Таъмирлаш бўйича тўловлар амалга
оширилган 975
|
|
|
|
3
|
Маҳсулотлар сотилган 2205
|
|
|
|
4
|
Товарлар сотиб олинган 3045
|
|
|
|
4
|
Транспорт йиғими тўланган 195
|
|
|
|
4
|
Пуллар шахсий мақсадларда олинган 750
|
|
|
|
4
|
Якуний қолдиқ
|
|
|
|
Moliyaviy prognoz
O‘z korxonasining o‘lchamiga loyiq buxgalteriya hisobini yurgizish tizimini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor hozirgi kungacha uning biznesi qanday rivojlanganligini har doim biladi. Ammo tadbirkor kelgusida ham barcha majburiy to‘lovlarni, masalan, ish haqini berish, materiallar haqini,
foizlarni to‘lash, ta’minotchi yoki bankka qarzni qaytarish va h.k., amalga oshira olishiga ishonchi komil bo‘lishi kerak. Hisob tizimidan olingan raqamlar, ayniqsa, biz mavsumiy biznes bilan shug‘ullanganimizda, bunday prognozlarni tuzishda juda yaxshi yordam beradi. Moliyaviy prognoz tuzishning sinalgan usullaridan biri pul oqimlari harakatining rejasidir. Nomidan tushunsa bo‘ladiki, bu reja biznesga kirib keladigan pul oqimlari va biznesdan chiqadigan mablag‘larni ko‘rsatadi.
Pul oqimlari rejasini tuzganda, korxonaning bank hisobraqamidagi pullar ham hisobga olinadi. Biznesga moliyaviy mablag‘lar, odatda, mahsulotlar, tovarlar yoki xizmatlarni sotishdan kelib tushadi. Shuningdek, mablag‘lar kirib kelishining boshqa manbalari ham mavjud, masalan, bank krediti, hisobraqamidagi pullarning ortiqcha ishlatilishi, eski asbob-uskunaning sotilishi, soliqlarning qaytarilishi va h.k.
Biznesdan moliyaviy mablag‘larning chiqishi, asosan, mehnatga haq to‘lashga, ishlab chiqarish va asosiy kapital xarajatlarini qoplashga ketadi. Qo‘l ostida sotuvlar rejasi bor bo‘lgan tadbirkor kutilayotgan kapital aylanmasini va rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish va tovarlarni xarid qilish xarajatlarini ko‘rib turadi. Pul oqimlari harakatining oyma-oy rejasi tadbirkor uchun biznesga har oyda kirib keladigan moliyaviy mablag‘larni va undan chiqadigan mablag‘larni kutilayotgan miqdorini baholash vositasidir. Bu tadbirkorning mablag‘i tugab qolish holatlarini oldini olishga yordam beradi. Pul oqimlari harakatining rejasini qanday tuzish kerak?
Quyida keltirilgan jadvalda pul oqimlari harakati rejasining namunasi taqdim etilgan. Тadbirkorlar bunday rejani bir necha bosqichda tuzishadi.
Kassada mavjud bo‘lgan naqd pulni hamda korxonaning bank hisobraqamidagi pullarni hisoblashadi va «Oy boshlanishidagi pul mablag‘lari» qatorida «1-oy» ustunidagi katakka kiritishadi. O‘z biznesini boshlayotgan tadbirkor uchun bu aylanma kapital summasi bo‘ladi.
Sotuvlar rejasida mo‘ljallangan tushum «Realizatsiyadan pul kirimi» qatoriga kiritiladi. Agar mahsulotning bir qismi kreditga sotilsa, shu qismi uchun to‘lov bu oyga kiritilmaydi. Bu to‘lov mijoz to‘lovni amalga oshirgan paytda kiritiladi.
Boshqa manbalardan kutilayotgan mablag‘lar, masalan, bank ssudasi yoki bankda saqlanayotgan mablag‘ga hisoblangan foizlar
«Boshqa manbalardan pul kirimi» qatoriga kiritiladi.
Bu qatorlarnig jami yakuniy naqd pul mablag‘i bo‘lib «Jami pul kirimi» qatoriga kiritiladi.
Xodimlarga bir oy davomida ketgan barcha xarajatlar, sug‘urta xarajatlari va xodimlarga berilgan boshqa imtiyozlar hamda biznes egasining ish haqi bilan birga, «Naqd pul chiqimi — xodimlarga xarajatlar» qatoriga kiritiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari sotuvlar rejasiga qarab o‘zgarib turadi, ayniqsa, tovar sotib olish xarajatlari yoki moddiy xarajatlar. Qaysidir tovarlar kreditga olinsa, tegishli summa kredit to‘lovi to‘langanda jadvalga kiritiladi.
Korxonaning har qanday boshqa to‘lovlari, masalan, bank kreditidan foydalanganligi uchun foiz to‘lovlar, soliqlar, litsenziyalarni rasmiylashtirish uchun to‘lov «Boshqa xarajatlarga naqd pul chiqimlari» qatoriga kiritiladi. Bu oy davomida rejalashtirilayotgan investitsiyalar ham shu yerga kiritiladi.
Ushbu qatorlardagi uchta raqam yig‘indisi «Jami pul chiqimi» qatoriga kiritiladi.
Birinchi oyga pul oqimlari harakatining rejasini tuzishda oxirgi bosqich — bu umumiy naqd pul kirimi summasidan umumiy naqd pul chiqimi summasini ayirish. Natijada oy oxirida qoladigan naqd pul summasi chiqadi. Bu raqam oxirgi qatorga kiritiladi. Boshqa oylarga ham naqd pul oqimi xuddi shunday hisoblanadi. Har oy oxiridagi pul summasi rejaga navbatdagi oy boshlanishida mavjud pul summasi sifatida kiritiladi.
Odatda, pul mablag‘lari harakatining rejasi moliyaviy yil doirasida 12 oyga tuziladi. Ammo rejani aniq axborotga asoslangan holda tuzish lozim. Davrning davomiyligi korxonaning turiga va faoliyatiga bog‘liq, shuning uchun zarurat bo‘lganda, oyma-oy rejani qisqaroq muddatga ham tuzish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |