Сарфлар тоифалари
|
янв
|
фев
|
март
|
апр
|
май
|
июн
|
июл
|
авг
|
сент
|
окт
|
нояб
|
де
к
|
йил
|
Ходимларнинг
меҳнатига ҳақ тўлаш харажатлари
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Моддий сарфлар
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Бошқа сарфлар
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Фойдаланиш
харажатлари
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Айланма капитал
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Жами сарфлар
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Biznesning xususiyatiga bog‘liq ravishda sarflarning har bir toifasi kichik toifalarga bo‘linishi mumkin, masalan, ishlab chiqaruvchi ishchilar, ma’muriy xodimlar, sotish bo‘limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash kabi va hokazo.
Hozirgi paytda mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning asosiy qismini xomashyo materiallari sarfi egallaydi. 100 dollarlik mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan hamma sarf- xarajatlarni AQSHda 60 %, Yaponiyada 57 %, Germaniya, Angliyada 54
%, Fransiyada 52 %, Italiyada 49 %, Rossiyada 50 % dan ortig‘ini xomashyo tashkil etsa, qolganini mehnat, elektr energiya va yoqilg‘i, amortizatsiya tashkil etgan. Respublikamizda ham xarajatlar tarkibi shu ko‘rsatkichlardan unchalik katta farq qilmaydi. Lekin bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan xomashyo, mehnat va boshqalar sarfi rivojlangan mamlakatlarga qaraganda bir necha marta ko‘p.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarni, eng avvalo, xomashyo xarajatlarini pasaytirish zarur.
Xarajatlar korxonaga bog‘liq bo‘lmagan omillarga qarab ham o‘zgaradi. Masalan, resurslar narxi, xizmatlar haqining o‘zgarishi. Тashqi ta’sirni kesish uchun ham korxona, firmaga bog‘liq omillar harakatga kelishi kerak. Bu omillarga, birinchi navbatda, isrofgarchilikni kamaytirish, resurslardan tejab-tergab foydalanish kiradi. Har bir tadbirkor, menejer o‘z bilimidan hamda boshqalar tajribasidan foydalanib, uning yo‘llarini izlaydi. Mahsulot ishlab chiqarish uchun ketadigan xomashyo, materiallar va boshqa sarflarni matematik uslublardan foydalanib, minimal darajaga keltirish imkoniyatlari katta.
Jahon bozoriga chiqish uchun sifatli mahsulot ishlab chiqarishning o‘zi kamlik qiladi. Avvalo, unga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish kerak.
Moliyaviy boshqarish va moliyaviy hisobotlar
Buxgalteriya hisobi juda qadimda jiddiy zarurat tufayli yuzaga kelgan, chunki barcha davrlarda ham xo‘jalikni o‘lchov va sanoqsiz, daromadlarni xarajatlar bilan taqqoslamasdan yuritib bo‘lmagan. Buxgalteriya hisobi xo‘jalik hisobining uch turidan biri bo‘lib, yana statistik va tezkor (operativ) hisoblar mavjud.
Statistik hisob nafaqat xo‘jalik hayotining, balki jamiyat ijtimoiy hayotining ham bir turdagi ommaviy hodisalarini o‘rganishga da’vat etadi. Тezkor hisob korxonalarda ishlab chiqarishni tezkor boshqarish maqsadlarida yuritiladi. Тezkor hisob joyning o‘zida va biron- bir xo‘jalik operatsiyasini sodir etish paytida yuritiladi.
Ixtiyoriy biznes samarali buxgalteriya hisobi tizimiga ega bo‘lish ehtiyojiga ega. Barcha tijorat kelishuvlari qog‘ozda o‘z ifodasini topishi kerak. Ko‘pgina kichik korxonalar noto‘g‘ri buxgalteriya hisobi natijasida omadsizlikka uchragan. Korxona sifatli mahsulot ishlab chiqarishi, katta hajmda ayirboshlashni amalga oshirishi va yuqori sof foydaga ega bo‘lishi mumkin, ammo tegishli buxgalteriya hisobining yo‘qligi jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Aksariyat kichik korxona egalari buxgalteriya hisobi kichik biznesga uncha muhim emas, deb hisoblashadi. Kichik biznes egasi har kuni turli muammolar va qaror qabul qilish zaruratiga duch keladi. Biznesning barcha tomonlaridan xabardor boshqaruvchilar to‘g‘ri qarorlarni qabul qiladi. Тegishli tartibda yo‘lga qo‘yilgan buxgalteriya hisobi boshqaruv vazifalarini hal etish uchun va biznes sohasida to‘g‘ri qarorlarni qabul qilish uchun kerakli moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona xo‘jalik faoliyatini yalpi, uzluksiz va hujjatlarga asoslangan holda aks ettirish tizimidir. Demak, qat’iyan hujjatliligi, yalpi uzluksiz ekanligi, aniq qiymat bahosiga tayanishi buxgalteriya hisobining farqlovchi xususiyatlari hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobida har qanday xo‘jalik operatsiyasiga tegishli tarzda tuzilgan, barcha zaruriy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, mas’ul shaxslar tomonidan imzolangan va tasdiqlangan hujjat tuzilishi kerak. Buxgalteriya hisobi uzluksizdir, chunki u kunma-kun yuritiladi va barcha xo‘jalik hodisalari va jarayonlarini yalpi tarzda qayd etadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar qaysi mulkchilik shakliga asoslan- ganidan qat’i nazar, tegishli organlar tomonidan ishlab chiqilgan qonun, ko‘rsatma, nizomlarga va qo‘llanmalarga rioya etgan holda hisob yuritishlari zarur.
Тurli xil odamlar korxonangiz moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumot olish istagida bo‘ladi. Bank xodimlari uchun bunday ma’lumot qarz olish
uchun ariza berilganda kerak bo‘ladi; soliq inspektori ham bunday ma’lumotga ega bo‘lishi lozim; qarindoshlaringiz, tanishlaringiz va boshqa barcha sizga qarzga mablag‘ bergan shaxslar bunday ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Mol yetkazib beruvchilar ham korxonangiz moliyaviy holatini bilishni istaydi, sababi, ular o‘z mahsulotlarini sizga oldindan to‘lovsiz yetkazib beradi, bu esa kredit taqdim etish bilan barobar.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda hisob ma’lumotlari nafaqat ichki, balki yuqori boshqaruv uchun zarurligini hisobga olish bilan birga, tashqi foydalanuvchilar ehtiyoji ham e’tiborga olinishi kerak.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni ikkiga ajratish mumkin:
ichki foydalanuvchilar;
tashqi foydalanuvchilar.
Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan ichki foydalanuvchilarga korxona, boshqaruv apparati xodimlari kiradi.
Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan tashqi foydalanuvchilarni ham, o‘z navbatida, ikki guruhga ajratish mumkin:
korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlar;
bilvosita manfaatdorlar.
Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlarga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
aksiyadorlar;
kreditorlar;
mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar;
soliq nazorati inspeksiyasi;
mehnat birjalari va boshqalar.
Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni korxona faoliyatidan bilvosita manfaatdorlarga quyidagilar kiradi:
auditorlik firmalari;
moliyaviy savollar yuzasidan maslahatchilar;
qimmatli qog‘oz birjalari;
qonunchilik organlari;
huquqshunoslar (xo‘jalik sudi vakillari);
matbuot va axborot agentliklari;
savdo, ishlab chiqarish assotsiatsiyalari;
ijtimoiy sug‘urta organlari;
kasaba uyushmalari.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlari yuqori tashkilotlar va statistika qo‘mitalari tomonidan yig‘ilib, jamlanib,
tarmoqlararo, hududlararo va umuman, butun xalq xo‘jalik miqyosidagi ma’lumotlar olinadi, tahlil qilinadi hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ularni hayotga tatbiq etilishi ta’minlanadi.
Ish haqi vedomosti. Biznes egasi o‘ziga va xodimlariga maosh sifatida to‘lanayotgan mablag‘lar to‘g‘risida bilishi kerak. Buning o‘zi aniq va tartibli hisob olib borish uchun kichik hisob tizimini tashkil etilishini taqozo etadi.
Kassadagi naqd pul vedomosti. Korxona rahbari qaysi hisoblar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshira olishini bilishi uchun istalgan vaqtda kassada qancha pul borligini bilishi zarur. Pul mablag‘lari korxonaga har kun keladi va ketadi, lekin ularni yozma ravishda qayd etishsiz biznes egalari qancha to‘lovni amalga oshirish mumkinligini bilolmaydilar.
Debitorlik qarzi. Ma’lum vaziyatlarda korxona egasi o‘zining ba’zi iste’molchilariga kredit taqdim etadi. Bunday holatda korxonaga to‘lanishi kerak bo‘lgan pul debitorlik qarzi, deb ataladi. Bu hisobning muhim tarkibiy qismidir. Busiz yetkazib berilgan mahsulotlar uchun qachon va qanchaga hisob taqdim etishni qayerdan bilib bo‘ladi? Kreditning amal qilishini qachon tugatish kerak? Muddati o‘tgan hisoblar bo‘yicha to‘lovlarni talab qilish uchun jiddiyroq qadamlarni qachon tashlash kerak? Kredit foizli bo‘lsa, foizlarni qachondan boshlab hisoblash kerak?
Kreditorlik qarzi. Biznes egasi boshqalarga (masalan, mol yetkazib beruvchilarga) to‘lashi kerak bo‘lgan pul — kreditorlik qarzi, deb ataladi. Тo‘lov uchun taqdim etilgan hisoblar o‘z vaqtida to‘lanishi lozim. Bunga ikki sabab bor: 1) ba’zida «o‘z vaqtida to‘lovchi» nomiga ega bo‘lganingiz uchun sizga ma’lum imtiyozlar taqdim etilishi mumkin, shuningdek, 2) siz biznes qilayotgan shaxslar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishingiz kerak. Bunday vaziyatda tegishli hisob tizimisiz qator xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Moddiy-texnik boyliklar hisobi. Hatto kichik ulgurji savdo biznesida ham biznes egasi moddiy-texnik boyliklar hisobini yuritishi lozim. Qanday tovarlar sotilmoqda? Qaysilari sotilmasdan turibdi? Mahsulotlar zaxirasi yetarlimi? Shunga o‘xshash ayrim ma’lumotlar tadbirkorning esida bo‘lishi mumkin, ammo kerakli daromadni ta’minlash uchun bu yetarli emas, albatta.
Hukumat talablari. Biznes egasi soliqqa tortish maqsadlarida ham moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlashi kerak. Soliqlar daromaddan kelib chiqib hisoblanadi. Hattoki, kichik chakana savdo sohasida ham hisobotlar tayyorlab, ularni ma’lum to‘plamlarga tikib qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Moliyaviy hisobotlar. Har bir odam yillik dispanserizatsiyadan o‘tgani kabi, biznes egasi kamida yilda bir marta detallashtirilgan moliyaviy
hisobot tuzishi lozim. Korxona umumiy sotish hajmi qancha? Uning xarajatlari qancha? Soliqqa tortilgunga qadar va undan so‘ng daromad qanchani tashkil etdi? Biznes egasi keyingi yilda ish-larni yaxshilash uchun nimalar qilishi mumkin? Qarzga mablag‘ olinadigan bo‘lsa, bunday hisobot bank xodimlariga, korxonani sotish kerak bo‘lsa, potensial xaridorlarga taqdim etilishi lozim.
Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. Agar korxona uncha katta bo‘lmasa va siz ma’lum tajribaga ega bo‘lsangiz, buxgalteriya hisobini o‘zingiz yurita olasiz. Ammo yodingizda tuting: bu ishni bajarsangiz, korxonada faqatgina siz bajara oladigan ishlarni chetga surib qo‘yishga majbur bo‘lasiz. Iloji boricha,tezroq buxgalteriya hisobini yuritish vazifasini boshqaning zimmasiga yuklashni rejalashtiring. Shu vaqtning o‘zida bu tizimning amal qilishini tushuna olishingiz kerak, bu sizga agar buxgalteringiz korxonangizdan ketsa yoki kasallik tufayli vaqtinchalik ishga chiqmasa asqatadi.
Yordamchi tayinlash. Boshqalarni ishga yollasangiz, unga beriladigan vazifalardan bittasi butun (yoki qisman) buxgalteriya hisobini yuritish bo‘lishi mumkin. Barcha xodimlaringiz hisobning ma’lum turlarini olib boradi, ular xarid etganlik uchun chek yozib berishadi, kassa apparati bilan ishlaydilar; ko‘pchilik hollarda ularga topshirilgan buxgalteriya hisobini yuritish aniq amalga oshiriladi. Sizning majburiyatingiz ishchilaringizni o‘rgatish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va qo‘llanilayotgan hisob usullarini tekshirib turishdan iborat.
Buxgalterni to‘la bandlik asosida ishga qabul qilish. Korxonangiz yetarlicha katta hajmga ega bo‘lsa, siz bu soha mutaxassisini ishga taklif etishingiz mumkin. Bunday mutaxassis, odatda, buxgalteriya hisobi to‘g‘risida sizdan ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladi. Ba’zi tadbirkorlar bu sohada vakolatlarni to‘laligicha birovga berishdan cho‘chiydilar. Sababi, ular buxgalteriya hisobini doimiy nazorat ostida ushlash kerakligini bilishadi, ba’zan bunday munosabat qator qiyinchiliklarni tug‘diradi va hattoki, buxgalterlarning ishiga ham xalaqit beradi. O‘zingizning xohish- istaklaringiz va talablaringizni belgilab qo‘ying hamda buxgalterning mustaqil ishlashiga to‘sqinlik qilmang!
Buxgalterlik xizmatini ko‘rsatuvchi mutaxassisni yollash. Buxgalteriya hisobi sohasida xizmat ko‘rsatishga moslashgan ko‘pgina korxonalar mavjud. Bu xizmatlar o‘z ichiga yillik hisobotlar tuzib berishdan tortib, haftalik hisob yuritishgacha bo‘lgan turlarni oladi.
Buxgalteriya. Va nihoyat, biznesingiz hajmi yetarli katta bo‘lsa, o‘z buxgalteriya bo‘limini tuzishingiz mumkin, bu bo‘limni yo bosh hisobchi, yo korxona moliyaviy ahvoli uchun to‘la javob beradigan menejer boshqarishi mumkin. Buxgalteriyangiz hisobga oid barcha kitoblar to‘plamini olib borishi mumkin. Bular jumlasiga debitorlik qarzi
kitobi, kreditorlik qarzi kitobi va bosh kitob kabilar kiradi. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda mexanik yoki elektron vositalar ham ishlatilishi mumkin.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari hajmini aniqlab olish, buxgalteriya xodimlari sonini, ular o‘rtasida hisob ishlari taqsimotini, qo‘llaniladigan hisob shaklini, hisob ishlarida hisoblash texnikalaridan foydalanishini belgilab olish kerak bo‘ladi.
Davlatlar, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar chet el investitsiyalarini jalb etish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotini jahon standartiga moslashtirishga harakat qiladi va shu yo‘l bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga zamin tayyorlaydi.
Bizning respublikamizda buxgalteriya hisobini tartibga solish huquqiga ega manbalar quyidagilardir:
qonunchilik organlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy va qonuniy dalolatnomalar;
Moliya vazirligini Davlat statistika qo‘mitasi bilan birga hamda vazirliklar va tarmoqlar malakali mutaxassislari, professional jamoat tashkilotlari ishtirokida qabul qilgan me’yoriy dalolatnomalari va ko‘rsatmalari.
Professional jamoat tashkilotlariga Buxgalterlar va auditor assotsiatsiyasi, Тovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari misol bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimini asosiy huquqiy zamini «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan. Ushbu Qonunda buxgalteriya xodimlarini burch va huquqlari, buxgalteriya hisobi miqyosida korxona rahbarlari va buxgalteriya hisobi tizimidagi asosiy maqsadlar, vazifalar hamda prinsiplari ko‘rsatib o‘tilgan.
Korxonalarda buxgalteriya hisobiga bosh buxgalter rahbarlik qiladi. O‘z navbatida, bosh buxgalter ma’muriy tomondan korxona rahbariga, hisob ishlarini yuritish bo‘yicha esa, tegishli yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga bo‘ysunadi.
Bosh buxgalterga quyidagi vazifalar belgilanadi:
hisob ishlarini to‘g‘ri tashkil etish;
korxona mulkchiligini saqlanishini nazorat etish;
korxona tovar-moddiy boyliklari oqilona sarflanishini ta’minlash;
korxona tovar-moddiy boyliklaridan samarali foydalanishini o‘rnatish;
xo‘jalik jarayonlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri hujjatlashtirishni ta’minlash, hujjat aylanishini to‘g‘ri tashkil etish;
hisob ma’lumotlari to‘g‘riligini, mulkchilik saqlanishini ta’minlash maqsadida investitsiyani belgilangan muddatda, o‘rnatilgan tartib asosida o‘tkazilishi va natijalar o‘z vaqtida, to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
smeta va moliya tartiblariga rioya etilishini nazorat etish.
Bosh buxgalter yuqoridagi vazifalarni bajarishda buxgalteriya barcha xodimlari uning ko‘rsatmalarini bajarishidan keng foydalanadi. Buxgalteriya hamma bo‘limlarida qayta ishlangan hujjatlar o‘rnatilgan muddatda bosh buxgalterga topshirilishi shart.
Hujjat yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarining barcha shakllarini rahbar bilan birga bosh buxgalter ham imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ma’muriy boshqaruv tizimida buxgalterlar xo‘jalik jarayonlarini ro‘yxatga oluvchi sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsa, raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida uning vazifalariga tahlil, nazorat, ma’lum bir miqyosda menejment hamda marketing sohasidagi bilimlarga ega bo‘lish ham kiradi.
Korxona bosh buxgalteriga qonunchilikka xilof va shartnoma hamda moliyaviy intizomga zid hujjatlarni rasmiylashtirish va bajarishga qabul qilish taqiqlanadi. Shunday hujjatlarga faoliyat davomida duch kelgan bosh buxgalter, korxona rahbariga yozma ravishda xabar bermog‘i kerak. Korxona rahbaridan yozma ravishdagi buyruqni yoki yuqoridagi kabi hujjatlarda korxona rahbarining ikkinchi imzosi qo‘yilganidan so‘ng, bosh buxgalter uni bajarishga kirishadi. Bunday holatlarda sodir etilgan jarayonlarni qonuniyligiga korxona rahbari to‘liq javobgar hisoblanadi. Moddiy javobgarlik shaxslarni (kassir, ombor mudiri va boshq.) tayinlash, almashtirish va bo‘shatish bosh buxgalter roziligi bilan amalga oshiriladi.
Bosh buxgalter bo‘shayotganida yangi bosh buxgalterga (agar yangi bosh buxgalter belgilanmagan bo‘lsa, korxona rahbari buyrug‘i bilan tayinlangan xodimga) barcha buxgalteriya ishlari topshiriladi. Bunday holatda buxgalteriya hisobi holati tekshiriladi, shuningdek, hisobot ma’lumotlari haqiqiyligi aks ettirilgan va korxona rahbari tasdiqlangan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini hozirgi zamon talabiga to‘liq javob berishini ta’minlashning yana bir omili, buxgalteriya hisobi bo‘limi xodimlari ish joylarini oqilona tashkil etish hisoblanadi. Buxgalteriyada xodimlar ish joyining oqilona tashkil etilishi, birinchidan, mehnat unumdorligi oshishiga, ikkinchidan, xodimlar sog‘lig‘ini saqlashga, uchinchidan, ortiqcha xarajatlar kamayishiga yordam beradi.
Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatlarini mustaqil ravishda yuritadilar (davlat
ahamiyatidagi korxonalar bundan mustasno). Endi korxonalar o‘z faoliyatlari davomida xarajatlar va daromadlarni mustaqil belgilab, shunga asosan ish yuritadilar, xo‘jalik munosabatlarida ham tegishli korxonalarni mustaqil belgilaydilar. Demak, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z-o‘zlarini moliyalashlari zarur.
Korxona bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqilayotgan mahsulot (ish, xizmat), sotiladigan tovarlarga bo‘lgan talabni har tomonlama o‘rganishlari kerak.
Bozor talabi o‘rganilayotganda, baho, miqdor, hududiy va boshqa xususiyatlarga ahamiyat beriladi. Bozor talab etayotgan xususiyatlarga ega mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish, korxona boshqaruvi vazifasiga kirib, ushbu vazifa bajarilishi tabiiyki, axborotlarga, ma’lumotlarga tayanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobida esa xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar rasmiylashtirilgan bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi ham, o‘z navbatida, boshqaruv apparati uchun kerakli ma’lumotlarni uzatishi uchun zaruriy axborotlar bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Masalan, soliq tizimi sohasidagi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati bilan bog‘liq yuqori tashkilotlar ko‘rsatma, yo‘riqnoma, nizomlar, shuningdek, respublika hukumati tomonidan qabul qilingan qonunlar, qarorlar bilan o‘z vaqtida ta’minlanganlik darajasi buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini ishonchlilik, muhimlik, ahamiyatlilik tamoyillariga mosligiga asos bo‘ladi.
Masala. Akram oxirgi uch yil biznes bilan shug‘ullanib kelmoqda. U o‘z korxonasini kengaytirish maqsadida 23-yanvarda bankdan qarz oldi. Quyida uning korxonasi 23-yanvar va 4-fevral oralig‘ida amalga oshirgan xo‘jalik operatsiyalari ro‘yxati keltirilgan. Agar qarab chiqilayotgan davr boshida Akramda 52500 so‘m mavjud bo‘lgan bo‘lsa, shu davr oxiriga kelib, ya’ni 4-fevralda uning tasarrufida qancha mablag‘ bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |