Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари



Download 392,17 Kb.
bet67/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari elementi tarkibiga ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish)da zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olingan xomashyo va materiallar, butlovchi buyumlar va yarimtayyor mahsulotlar, ish va xizmatlar hamda Nizomda belgilangan boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:

    • korxonada qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakl va tizimlariga muvofiq ishbay haqlari, tarif stavkalari va mansab okladlari asosida haqiqiy bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqarishdagi hisoblangan ish haqi;

    • natura shaklida haq to‘lash tartibi bo‘yicha beriladigan mahsulot qiymati;

    • amaldagi tartiblarga ko‘ra, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, jumladan, ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar (natural mukofotlarni qo‘shgan holda) tarif stavkalari va okladlarga kasb mahorati uchun qo‘shimcha ustama to‘lovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq ko‘p yillik xizmatlari uchun (shu xo‘jalikda bir ixtisoslikdagi ish staji uchun) ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlanishlar, mukofotlar (kasb mahorati uchun tarif stakalar va okladlarga nisbatan), ustama to‘lovlar, harakatdagi qonunchilikka muvofiq ko‘p yillik xizmatlari uchun ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlashlar;

    • ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq tovon to‘lovlari, jumladan, tungi ish vaqti, ish vaqtidan so‘nggi ish uchun to‘lovlar.

Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari. Bu elementga budjetdan tashqari majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga muvofiq ajratiladigan to‘lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi fondidan sug‘urta fondiga majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg‘armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va sug‘urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi. Ushbu element bo‘yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan, moliyaviy lizing asosida olinganlarni ham qo‘shgan holda dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani ham qo‘shib, hisoblangan amortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi.
Тa’kidlash joizki, ¹ 5 — «Asosiy vositalar» nomli BXMSga muvofiq, asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi:

  1. Bir tekis (to‘g‘ri chiziqli) usul.

  2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib usul (ishlab chiqarish usuli).

  3. Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati yillar sonining yig‘indisi bo‘yicha hisobdan o‘chirish usuli (kumulativ usul).

  4. Kamayib boruvchi qoldiq usuli.

Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. Bularga jumladan, ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlari; ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, dastgohlar, moslamalar va boshqa mehnat vositalari hamda buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish vositalarini ishchi holatida saqlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish vositalarini xo‘jalik usuli bilan barcha turdagi (joriy, o‘rta, kapital) ta’mirlashlar ishlab chiqarish
xarajatlarining tegishli moddalari bo‘yicha mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritiladi.
Amaldagi Nizomga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barcha xarajatlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  1. mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar;

  2. ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shilmaydigan xarajatlar, ammo davr xarajatlariga qo‘shiladigan xarajatlar (asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydani aniqlash uchun);

  3. korxonaning umumxo‘jalik faoliyatidan ko‘rgan foyda yoki zararini aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat xarajatlari;

  4. favqulodda zarar (soliq to‘lashga qadar aniqlanadigan foydani hisoblashda ishtirok etadigan).

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xarajatlarini yuqoridagi tarkib bo‘yicha guruhlanganda, har bir guruh xarajatlari quyidagicha turkumlanadi:


  1. Download 392,17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish