Korxonaning potensial xodimlari manbalari:
boshqa turdosh korxonalar xodimlari;
«...talab etiladi» kabi e’lonlar;
ishga joylashtirish markazlari;
o‘quv muassasalari;
bundan oldin qo‘l ostingizda ishlagan xodimlar;
mavjud ishchilar.
Тanlov jarayoni:
ma’lum shaklda berilgan arizani ko‘rib chiqish;
suhbat o‘tkazish;
har xil so‘rovlar;
ariza beruvchining qobiliyatlarini tekshirish.
Xodimni yo‘naltirish jarayoni
Odatda, yangi xodimlar birinchi ish kunidanoq, korxona bilan tanishib chiqishadi. Yangi xodimlar korxona jamoasining boshqa a’zolariga tanishtirilishi, korxona ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishtirilishi va ularning amalga oshiradigan faoliyati korxona umumiy faoliyatida qanday o‘rin egallashi tushuntirilishi lozim. Birinchi qarashda bu jarayon uncha ahamiyatga ega emasdek tuyiladi, ammo kelajakda bu mablag‘ va vaqt tejash imkoniyatini berishi shubhasiz.
Yangi xodim yo‘l-yo‘riq va yo‘nalishga ega bo‘lib, darhol ishlashni boshlashi muhimligini unutmang. Ishda to‘g‘ri yo‘nalish berish yangi xodimning kelajakda yanada samarali faoliyat olib borishiga va korxonangizga bog‘lanib qolishiga imkon beradi.
Yo‘naltirishning to‘rt asosiy qoidasi mavjud:
xodimni korxona bilan tanishishga tayyorlash;
xodimga o‘z ish joyi va mashg‘ulotini ko‘rsatish;
uni ishda kuzatish orqali sinovdan o‘tkazish;
xodimni o‘z ish joyida muqim qoldirish.
Xodimga yo‘nalish berishga tayyorlashning olti omili mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir:
ish bilan tanishtirish;
ishlab turgan xodimni murabbiy sifatida biriktirish;
oddiy «halokatli vaziyat» orqali tekshirishga tayyorlash;
tayyorlash reja-grafigini tuzish;
ish joyini tayyorlash;
yangi xodimning kunlik ishni qanday bajarayotganini baholash.
Xodimlarni yollash bilan bog‘liq boshqa mulohazalar
Ish haqini to‘lash sxemasi. Xodimlar uchun ish haqi mehnat munosabatlarining muhim tarkibiy qismidir. Ular sizning korxonangiz uchun sarf qilinayotgan bilim va kuch-g‘ayratlarining olinayotgan ish haqida o‘z ifodasini topishini kutishadi. Тadbirkorlar yaxshi xodimlarni jalb qilish va o‘z korxonasida ularni saqlab qolish kabi masalalarni bajarish istagida bo‘lishsa, boshqa korxonalarda aynan shunday ish uchun qancha maosh to‘lanayotganidan xabardor bo‘lishlari lozim.
Qo‘shimcha imtiyozlar. Davolanish ta’tili, navbatdagi ta’til kabi shartnomaviy munosabatlardan kelib chiquvchi tadbirkorning qo‘shimcha xarajatlari xodimlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda keng qo‘llaniladi. Тadbirkorlar puxta ishlab chiqilgan qo‘shimcha imtiyozlar tizimiga ega bo‘lishlari kerak.
Xodimlar bilan munosabatlar. Munosib ish haqi va qo‘shimcha imtiyozlarning mavjudligi xodimning butunlay qoniqishi uchun yetarli emas; ishdan qoniqish — ular uchun bundan kengroq ma’no kasb etadi. Тadbirkorlar mehnat faoliyati iloji boricha qulay moddiy sharoitda amalga oshirilishi uchun javobgardirlar; ular o‘zlari va jamoa orasida doimiy ikki taraflama aloqa mavjudligiga ishonch hosil qilishlari lozim.
Ish sharoitlari. Xodimlarning sog‘lig‘i, ular uchun qulayliklar va mehnat xavfsizligi tadbirkorning astoydil g‘amxo‘rlik masalasiga aylanmog‘i lozim. Qulay ish muhiti baxtsiz hodisalarning oldini olish bilan bir qatorda, yuqori mehnat unumdorligini rag‘batlantirishga va korxonaga bo‘lgan sadoqatni tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin. Xonalar yaxshi shamollatilishi, zarur darajada isitilishi yoki salqinlatilishi, yaxshi yoritilishi kerak, shuningdek, yaxshi sanitar sharoitlar va mehnat xavfsizligi 100 % ta’minlanishi lozim. Birinchi yordam vositalari qayerda joylashganini bilish va ulardan kerakli paytda foydalana olish, shifokorning telefon raqamini bilish — korxonada sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi dasturlari amalga oshirilishining shartlaridir.
Yangi xodimni ishga qabul qilish. Yangi xodimni ishga qabul qilish jarayonini ma’lum vaziyatni aks ettiruvchi misol yordamida ko‘rib chiqamiz.
G‘ulom Тohirov 10 yil oldin o‘zining yoqilg‘i quyish va avto- mobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasini ochgan edi. U barcha ishni o‘zi bajaradi: avtomobillarga yoqilg‘i quyar, dvigatellarni ta’mirlar, buxgalteriya hisobini yuritar, kameralarni yamar, evakuatorni boshqarardi. G‘ulom — juda yaxshi yigit. U o‘ta mehnatkash va mijozlarga beminnat xizmat ko‘rsatadi. Yillar davomida uning biznesi doimiy o‘sib bordi. Rivojlanish shu darajaga yetdiki, G‘ulom avvalgidek barcha ishni o‘zi bajara olmasligini his etdi. U yordamchi yollash kerak, degan qarorga keldi. Bunday qarorni osonlikcha qabul qilmadi, albatta.
Sababi, shu o‘tgan davr mobaynida u faqat bir o‘zi ishladi. Mazkur tumandagi kichik korxonalar yaxshi xodimlarni qo‘lga kiritish va o‘zida saqlab qolish yo‘lida duch kelayotgan barcha muammolardan xabardor edi. Ammo G‘ulom agar ishga yollash jarayoni to‘g‘ri amalga oshirilsa, boshqa tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni chetlab o‘tish imkoni mavjud bo‘ladi, degan fikrga keldi. U quyidagi mulohazalarga asoslandi.
«Haqiqatda, ikki muammo mavjud. Birinchisi, kerakli odamni topish, ikkinchisi, shu odamni o‘qitgandan so‘ng biznesda ushlab qolish. Yaxshi xodimni qo‘ldan chiqarib yuborish oson. Boshqa tadbirkorlar uni o‘qitgandan so‘ng mendan tortib olishga urinishadi. Kerakli odamni tanlaganga ishonch hosil qilish uchun quyidagicha yo‘l tutaman:
Avvalambor, qaysi vazifalarni birovning zimmasiga yuklashni, qaysilarini o‘z zimmamda qoldirishni aniqlab olaman.
Yangi xodim bajarishi lozim bo‘lgan ishlarni yozma ravishda belgilab qo‘yaman. Bu xodim undan nima kutayotganimni anglashi uchun, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni batafsil yozib chiqaman.
Qog‘oz varaqda yollashni istayotgan inson qanday bo‘lishi kerakligini yozib chiqaman. Mening korxonamda ixtiyoriy odam ishlay oladi, fikriga ega odamlarni ko‘rishni xohlayman. Biznesim men uchun juda muhim. Menga yoqilg‘i quyish va avtomobillarga xizmat ko‘rsatish biznesi bilan yaqindan tanish, shuningdek, mijozlar qoniqish hosil qilishi uchun ularga qanday xizmat ko‘rsatish kerakligini biladigan odam kerak.
Yuqoridagilarning barchasini amalga oshirgach, bo‘sh ish o‘rni haqida e’lon matnini tuzib chiqaman va odamlar orasida menga yordamchi kerakligi haqida og‘zaki ma’lumot tarqatib chiqaman. E’lonlarni butun shaharcha bo‘ylab osib chiqishim mumkin, shuningdek, qo‘shni shaharchalarga bu ma’lumotni ularning afishalariga e’lonimni osib qo‘yish orqali yetkazishim mumkin. E’lonim bo‘yicha menga qancha ko‘p odam murojaat qilsa, biznesim uchun keraklisini topishda imkoniyatim shuncha oshadi».
G‘ulom quyidagicha e’lon tayyorladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |