AVТOMOBILLARGA XIZMAТ KO‘RSAТISH SHOXOBCHASIGA YORDAMCHI
ТALAB EТILADI!
20 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan tartibli, rostgo‘y va ishonchli ishchi uchun yaxshi istiqbolli ish. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi lozim. Pochta orqali yoxud Dashtobod shaharchasidagi G‘ulom Тohirovning texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasiga telefon orqali murojaat qiling.
«Murojaat qilgan odamlar bilan taxminan quyidagicha ishlayman:
pochta orqali olingan xatlarni o‘qib chiqaman. Agar xat menga yoqsa, xat muallifini yonimga taklif qilaman;
shoxobchaga kelgan odamlar bilan suhbat o‘tkazaman. Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish sohasida anchadan beri ishlab kelmoqdaman va ishonamanki, bir qarashdayoq ushbu sohada katta tajribaga ega bo‘lgan odamni ajrata olaman. Ammo to‘la ishonch hosil qilish uchun unga ko‘p savollar beraman;
d) agar da’vogar menga yoqsa, undan bir necha mijozlarga xizmat ko‘rsatishni, dvigatel moyini almashtirishni, yorilgan uzellarni moylashni, biron narsani aravada surishni so‘rayman. Ko‘pchilik qo‘lidan hamma ish kelishiga boshqalarni ishontirishga harakat qiladi, ammo amalda bunday emas. Bunday sinovdan o‘tkazish menga qo‘shimcha yana qanday o‘qitish talab etilishini ko‘rsatib beradi. Albatta, men birovni o‘qitishga qarshi emasman, ammo bunga juda ko‘p vaqt ham sarf etolmayman.
Shundan so‘ng menga hammadan ko‘proq yoqqan da’vogarlarni tanlab olaman va ular uchun qo‘shimcha sinov o‘tkazaman. Ular menga oldin qayerda ishlaganliklarini, qayerdan kelganliklarini va ularni kim tavsiya eta olishi haqida gapirib berishlari kerak bo‘ladi. Bundan oldin, men aldangan korxona rahbarlarini uchratganman. Ular bir qarashda yaxshidek tuyilgan ishchilarni ishga yollashgan, ammo oradan ma’lum vaqt o‘tishi bilan bu ishchilar muammo manbayiga aylangan. Men esa avval tanlagan da’vogarlarni biladigan kishilarni (ayniqsa, ularning eng oxirgi ish beruvchilarini) izlab topishga va ulardan surishtirishga harakat qilaman. Men shaxsan, da’vogarlarimning oldingi ish beruvchilarini ko‘rib kelaman, sababi ko‘pchilik tadbirkorlar shaxsiy mavzudagi ma’lumotlarni og‘zaki telefon orqali yoki yozma ravishda berishni xush ko‘rishmaydi.
So‘ng ishga yollash uchun eng munosib da’vogarni tanlab olaman. Menga bir xodim kerak, shuning uchun mening fikrimcha, boshqalardan yaxshiroq ishlay oladigan kishiga ish taklif etaman. Men unga munosib soatbay mehnat haqini taklif etaman. Agar da’vogar ko‘proq maosh so‘rasa, men unga oldin taklif etganimdan ozgina ko‘proq maosh bera olaman. Ba’zi texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari boshliqlari xodimlariga har bitta moyi almashtirilgan avtomobil uchun mukofot to‘lashadi. Ammo bu uncha maqbul emas. Chunki bunday sharoitda xodimlar mijozlarning xohishidan qat’i nazar, ularga keragidan ortiq xizmatlar ko‘rsatishga urinishadi. Natijada, ko‘pgina shoxobchalar o‘z mijozlaridan ayrilib qoladi.
Agar haqiqatda yaxshi yordamchi paydo bo‘lsa, u menda ishlab turib ishidan qoniqish hosil qilishiga ishonch hosil qilishim kerak bo‘ladi. Menimcha, yaxshi xo‘jayinlik qilsam, xodim biznesimda qoladi. Yaxshi xo‘jayin:
odamlarni tushunadigan;
xodimga ishonmagani uchun uning har bir qadamini nazorat qilmaydigan;
xodimga ma’lum javobgarlik yuklaydigan;
boshidan va keyinroq ham xodim bilan o‘tirib, chin dildan gaplashadigan;
birovlarni yaxshi tinglay oladigan;
yaxshi bajarilgan ish uchun xodimga munosib haq to‘laydigan kishidir.
Menimcha, yuqorida sanab o‘tilgan talablarga javob bersam, men yaxshi xodimni qo‘lga kiritaman va uni o‘zimda olib qolaman».
Boshqarish ko‘nikmalarini takomillashtirish
Тadbirkorlar o‘z xodimlarini boshqarish jarayonida:
o‘z fikrlarida doimo mustahkam bo‘lishlari;
haq va rostgo‘y bo‘lishlari;
tashabbuskorlikni uyg‘otishlari;
savollarni rag‘batlantirishlari;
xodimlarni mustaqil qaror qabul qilishga rag‘batlantirishlari;
o‘z kuchlariga ishonchini oshirishlari;
«eshikni doimo ochiq tutishlari»;
diqqat bilan tinglashlari;
insonlar orasida farqlar mavjudligini tan olishlari;
boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari;
boshqalarga hamdard bo‘la olishlarini ko‘rsatishlari kerak;
o‘taketgan bahschi bo‘lishlari;
manman bo‘lishlari;
haddan tashqari talabchan bo‘lishlari;
tentakona qiliqlar qilishlari;
haqiqatni yashirishlari;
tashabbusni bo‘g‘ishlari;
g‘oyalarni rad etishlari;
o‘z xodimlari uchun fikr yuritishlari;
o‘z topshiriqlarini tushuntirishda qiynalishlari;
erkatoylariga ega bo‘lishlari;
boshqalar oldida bo‘ysunuvchi xodimlarni koyishlari;
kam o‘ylashlari kerak emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |