ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
БУХОРО ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ
Филология факультети
Инглиз филологияси кафедраси
4 -
курс талабаси
Шоназарова Шахнозанинг
“
Англия болалар адабиёти вакиллари асарларининг
ўзбек тилига таржималари” мавзусидаги
БИТИРУВ МАЛАКАВИЙ ИШИ
Илмий рахбар: Косимова Р.Р.
Бухоро -2017
1
MUNDARIJA
Kirish
I BOB. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOHLARIDA ANGLIYA
BOLALAR ADABIYOTI VA MIRAZIZ A’ZAM TARJIMALARI
1.1. Ingliz
bolalar
adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari va
namoyandalari………………………………………………………………….
1.2. Miraziz A’zamning o`zbek tarjimashunosligiga qo`shgan hissasi ……......
1.3. Tarjimada leksik va grammatik transformatsiyalar………………………..
II
BOB.
INGLIZ BOLALAR ADABIYOTI VAKILLARI
ASARLARINING O`ZBEK TILIGA QAYTA YARATISH
MUAMMOLARI
2.1. Ingliz adabiyoti vakillari asarlarining o`zbekcha tarjimasida leksik
transformatsiyalar..……………………………………………………………..
2.2. Ingliz bolalar adabiyoti asarlarining o`zbek tiliga o`girmalarida
grammatik transformatsiyalar..…………………………………………………
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Barchamizga ma’lumki, birinchi Prezidentimiz
Islom Abdug`aniyevich Karimovning 2012-yil 10-dekabrda “Chet tillarni
o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to`g`risidagi qarori
1
qabul qilingandan so`ng, chet tillarni, ayniqsa, ingliz tilini o`rganish davr
talabiga aylandi. Chet tillarini o`rganishga qaratilayotgan e’tibor va talabni
inobatga olgan holda o`zbek yoshlarini inliz adabiyoti namunalari bilan
tanishtirish uchun xizmat qiladigan, ingliz hikoyalarining o`zbek tiliga
o`girilishida duch kelinadigan grammatik va leksik muammolarni o`rganish
hozirgi kunning dolzarb vazifasidir.
Hozirgi kunda ingliz tilini 1-sinfdan boshlab ta’lim tizimida joriy
etilganligi, ingliz tilidagi darsliklarning ya’ni, takomillashtirilgan nusxalarining
bosib chiqarilayotganligi hamda o`rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida
maxsus jihozlangan ingliz tili xonalarining yaratilayotganligi fikrimizning
yorqin dalilidir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, mazkur bitiruv malakaviy
ishimizning mavzusi ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, chunki unda
ingliz hikoyalarining o`zbek tili tarjimasida amalga oshiriladigan ayrim
o`zgarishlarni, xususan leksik va grammatik transformatsiyalarni atroflicha
o`rganishga e’tibor qaratilgan.
Bitiruv malakaviy ishining asosiy obyekti va predmeti. Ingliz
hikoyalari va ularning o`zbek tiliga tarjima qilingan o`girmalari “Karkidonga
Bunday teri qayoqdan kelgan” (“How the Rhinoceros got his skin?”),
“Kitbaliqqa xartum qayerdan k elgan ?”( “How the Whale got his throat?” ),
“Tuyaga o`rkach qayoqdan kelgan?” ( “How the Camel got his hump?”), “Yer
tepingan Parvona”(“ The Butterfly that stamped”)va Alan Milnning “Qirolning
saryog`li noni”(“King’s breakfast”) balladasi ishimizning asosiy obyekti sanalsa,
tarjima jarayonida qo`llanilgan grammatik va leksik transformatsiyalar uning
predmeti hisoblanadi.
1
Karimov I.A “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi PQ-1875-
sonli qarori. 2012. “Ma’rifat” gazetasi № 99. –B. 1-2.
3
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishini
yozishdan maqsad ingliz tilida yozilgan asarlarning o`zbek tilida tarjimasini
o`rganish va ularda qo`llanilgan transformatsiyalarni yoritib berishdan iborat.
Tadqiqotimiz maqsadi oldimizga quyidagi vazifalarni qo`yishni taqazo etdi:
-Ingliz adabiyotida yaratilgan ertaklarning tarjima manbalarini aniqlash;
- Tarjimada qo`llaniladigan transformatsiyalar haqida tarjimashunoslikka oid
kitoblarni o`qish;
- XIX asr ingliz bolalar adabiyotini o`rganish;
- Ingliz adabiyotida yaratilgan asarlarning o`zbek tilidagi o`girmalarida
qo`llanilgan grammatik transformatsiyalarni aniqlash;
- Ingliz adabiyotida yaratilgan asarlarning o`zbek tilidagi o`girmalarida
qo`llanilgan leksik transformatsiyalarni tahlil qilish.
Bitiruv malakaviy ishning o`rganilganlik darajasi va yangiligi.
Tadqiqotimizning nazariy asosini I.G`ofurov, O.Mo`minov, N.
Qambarovning “Tarjima nazariyasi”
,
Zoya Proshinaning “Theory of translation”,
Qudrat Musayevning “Tarjima nazariyasi asoslari” darslik to`plamlarida tarjima
muammolari va grammatik transformatsiyalar izohlangan.
Malakaviy bitiruv ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, o`zbek tiliga
tarjima qilingan ingliz ertaklari o`rganilib, ularda kuzatilgan transformatsiyalar
ochib berildi.
Ishning nazariy asosi. Tadqiqotimizning nazariy asosini I.G`ofurov,
O.Mo`minov, N. Qambarovning “Tarjima nazariyasi”
,
Zoya Proshinaning
“Theory of translation”, Qudrat Musayevning “Tarjima nazariyasi asoslari”
darslik to`plamlari, Redyard Kiplingning qalamiga mansub ertaklar, Miraziz
A’zamning “Jahon bolalar adabiyoti” tarjima asarlar to`plami taskil etadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy va nazariy ahamaiyati. Tadqiqotning
amaliy va nazariy ahamiyati hozirgi aloqalar har tomonlama kengayib
borayotgan davrda, diqqatga havola etilayotgan ushbu malakaviy bitiruv ishi
katta amaliy va nazariy ahamiyat kasb etishi tabiiy. Undagi tahlil va tadqiqotlar
natijasi bo`lgan fikr mulohazalardan oliy o`quv yurtlarining adabiyotshunoslik,
4
tarjimashunoslik darslarida ya’ni adabiyotshunoslik yo`nalishi bo`yicha
ma’ruzalar va maxsus kurslarda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi
kirish, ikki asosiy bob, besh paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro`yxatidan iborat.
Birinchi bob “XIX asr oxiri – XX asr bohlarida angliya bolalar
adabiyoti va miraziz a’zam tarjimalari ” deb nomlanib, unda Redyard
Kiplingning XIX asr bolalar adabiyotiga qo`shgan hissasi, Miraziz
A’zamning adabiy va tarjimashunoslik faoliyati va tarjimashunoslikda
qo`llaniladigan transformatsiyalar to`g`risida fikr yuritildi.
Ikkinchi bob nomi “Ingliz bolalar adabiyoti vakillari asarlarining
o`zbek tiliga qayta yaratish muammolari” deb belgilandi. Bu bobda ingliz
hikoyalarining o`zbek tilidagi tarjimalarida qo`llanilgan transformatsiyalar
tahlil qilindi.
Tadqiq etilgan ma’lumotlar umumlashtirilib, ingliz adabiyotida yaratilgan
hikoyalar va ularning o`zbek tilidagi tarjimalari qiyosi asosida qo`llanilgan
transformatsiyalar ko`rsatib berildi va har bir o`rganilgan ma’lumot manbai
adabiyotlar ro`yxatida aks ettirildi.
5
I BOB. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOHLARIDA ANGLIYA
BOLALAR ADABIYOTI VA MIRAZIZ A’ZAM TARJIMALARI
1.1. Ingliz bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari va
namoyandalari
Bolalar adabiyoti tarixchilari ikki ustuvor yo`nalishni ko`rishgan: biri
realizm va didaktisizm bo`lsa, ikkinchisi fantaziya va o`yin-kulgi bir-biriga
qarama-qarshi tarzda namoyon bo`lgan. Didaktik adabiyot 18- asrlarda bosh
yo`nalish bo`lgan bo`lsa, 19- asr boshlaridan boshlab fantaziya didaktik adabiyot
o`rnini egallay boshladi. Aka-uka Grim ertaklari ilk bor Germaniyada chop
etilib, 1823-yilda Angliyada tarjima qilindi. Levis Kerlning “Alisaning
Vonderlenddagi sarguzashtlari” nomli asarining chop etilishi fantastik adabiyoti
rivojiga asos slogan kitob va bolalar uchun yozilgan shoh asarlarning birinchisi
hisoblanadi. Bu kitoblarning barchasi turli fantaziya asarlari bilan boyish “oltin
asr”i boshlanish belgilari sifatida ko`rish mumkin.
Ko`p hollarda, 18-asrda paydo bo`lishni boshlagan bolalar adabiyotining
aksariyati fantastika jihatlaridan xoli bo`lgan. O`rta va yuqori tabaqa
vakillarining sevimli asarlaridan hisoblanmish Charlz Perrolt qalamiga mansub
ertaklar axloqiy qonun qoidalar bilan bir qatorda ilohiy jihatlarni ham aks
ettirgan, ammo, didaktisizmdan fantastik yondashuvga o`tish vaqti noma’lumdir.
Hattoki, 18-asr o`rtalarida “yangi” bolalar adabiyoti ilk namoyondalari mantiqiy
va tarbiyaviy bo`lishi faraz qilingan asarlarida ham fantastika belgilari ko`zga
tashlanadi. Aynan shu davrda zamnaviy bolalar kitoblari chop etila boshlandi.
Fantastik adabiyot XIX asrga kelib shu qadar mashhur bo`lganligining aniq
sababi mavjud emas, ammo uning muvaffaqiyati tezkor ijtimoiy, iqtisodiy va
intelektual o`zgarishlarga bog`lanishi shubhasizdir. Masalan Kingslining “Suv
chaqaloqlari” asari Charlz Darvinning asariga javoban asar edi desak
yanglishmagan bo`lamiz. Fantastik adabiyotning o`sishiga qanday omillar sabab
bo`lgandir, ammo ikki narsa ravshandir. Birinchidan, XIX asr oxirigacha ulkan
miqdorda afsona-yu ertaklar va fantastik adabiyotning ajoyib namunalari
6
bolalarga tuhfa qilindi. Ikkinchidan, bu adabiyot yo`nalishi didaktik va realistik
matnlardan unchalik ham farq qilmasdi. Yevropa va Britaniyada bolalar
adabiyotining “Birinchi oltin asr”i XX asr boshlariga qadar davom etdi.Birinchi
jahon urushi va Ikkinchi jahon urushi oralig`ida bolalar adabiyoti namunalari
chop etilishi ancha susaygan bo`lsada bu davrda milionlab yosh kitobxonlar
qalbini zabt etgan eng mashhur asarlardan biri Alan Miln qalamiga mansub
“Vinni pux” (“Winnie-the-pooh”) kitobi chop etilgan.
XIX asr oxiri XX asr boshlari bolalar adabiyotining rivojiga hissa
qo`shgan yozuvchilar Redyard Kipling, Uolter De La Mer, Alan Miln, Donald
Bisset, Robert Greyvz, Vilyam Bleyk, Edvard Lir, Robert Stivenson asarlari
bolalarning qalbidan chuqur joy egallagan. Donald Bisset – mashhur bolalar
yozuvchisi, rassom, kinoaktyor va rejissiyor bo`lib, Donald Bisset ilk ijodini
London televideniyasining topshirig`i bilan ertaklar yozishdan boshlagan.U
ertaklarni ko`rsatuv uchun tayyorlar va o`zio`qibberardi. U juda usta aktyor ed.
O`z ertaklariga ifodali va qiziq rasmlar chizar edi. Eshittirish bor-yo`g`i 8 minut
davo etardi, qog`ozga tushirilgan matn ham 2-3 betdan oshmasdi.1954-yilda
“O`zing o`qi” degan kitoblar turkuminingbirinchisi bosilib chiqdi.Keyin shu
yilning o`zida “Siz nimani xolasangiz o`shani aytib beraman” degan yangi
to`plami chop etildi. “Qolganini keyin aytaman”, “Axir bir kun aytib beraman”
degan to`plamlarini chiqardi.Keyin uning navbatdagi ertaklari – Yak degan
birgina qahramonli “Yo`lbars bilan suhbatlar”, “Miranda degan o`rdakning
sarguzashtlari”, “Tutun laqabli ot”, “Yik-tak amakining sayohatlari”,
“Changalzorda kezish” kabi kitoblari bosilib chiqdi.Barcha kitoblarining rasmini
o`zi ishlar edi. Donald Bisset Angliyada 57 ta film va teleserialda aktyorlik
qilgan. Birinchi roli “Atrofda aylanib yurish” filmi bo`lib, 1949-yilda katta
ekranga chiqqan edi. 1978-yilda “Atlantida dohiylari” filmida kichik bir rolni
ijroetdi. Ammo butun jahon san’at ahllarining yodida qoldi.
Angliya bolalar adabiyoti taniqli namoyondalaridan biri Redyard Kipling
1865-yil Bombeyda dunyoga keldi. Lekin ota-onasi Londonlik edi. Yosh
Redyardning Bombeydagi bolalik yillari nihoyatda unitilmas baxtli onlarga boy
7
bo`lib, u ajib ohang va manzaralardan bahramand bo`lardi. Redyard 6 yoshga
to`lganda ota-onasi uni qattiqroq usullarda tarbiyalash maqsadida Angliyaga
yuborishgan va u Londonda kapitan Proys Ejyer xonadonida yashagan.
1
Redyard 12 yoshga to`lganda Baydford yaqinidagi Birlashgan Harbiy kuchlar
kollejiga kiradi va u yerda otasining do`sti Kormel Prays uning adabiy
qobiliyatini kuchaytiradi. Redyard 16 yoshga kirganda ota-onasi yashayotgan
joy Lahorga qaytadi. O`zining qisqa bo`sh vaqtlarida ko`pgina ajoyib she’rlar va
hikoyalar yozadi. Ushbu hikoyalar va she’rlarning to`planib kitob tarzida chop
etilishi Redyardning shuhrat qozonishiga asos bo`ldi.
Kipling 1889-yilda Angliyaga qaytdi va “Kazarma balladasi” asari va bir
necha mukammal hikoyalari unga keskin mashhurlikni olib keldi. Amerkalik
do`sti va adabiy hamrohi Volkot Beylsterning vafotidan so`ng uning singlisi
Kerriga 1892- yilda uylanadi. Dunyo bo`ylab sayohatdan so`ng, xotini Kerrining
AQShga Botlborodagi oilaviy uyiga qaytadi va u yerda “Captain Courageous”
va “The Jungle Book ” asarlarini yozadi. Qayn-akasi bilan kelishmovchiliklar
sababli Redyard Kipling 1896-yilda Angliyaga qaytadi. 1899-yilda qizi
Jozefinaning halokatli o`limiga qadar yozuvchining hayoti xursandchilikka boy
va qoniqarli edi. Jozefinaning o`limidan so`ng Redyard Kipling uchun hayot
hech qachon avvalgidek bo`lmadi.
2
Redyard Kiplingning “Parishonxotir tilanchi” (“The absent-minded
Beggar”) she’ri “Bur” jangida Britaniya askarlari foydasiga katta miqdorda
mablag` olib keldi. R. Kipling Birinchi jahon urushi bo`lishini oldindan ko`ra
oldi va xalqni tayyorgarlik ko`rishga ehtiyoj borligi haqida ogoh etishga harakat
qildi. 1915-yilda ikkinchi bor 18 yashar o`g`lini “Lu” jangida yo`qotishdan
aziyat chekdi. Shunga qaramay Kipling yozishda davom etdi. Uning urushdan
keyin yozilgan hikoyalari uning eng yaxshi asarlari hisoblanadi. Shuningdek ,
yozuvchi Janubiy Afrikadagi Armiya Gazetasi uchun yozgan. Kipling Imperial
1
Miraziz A’zam. Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi,
2016.-B.31.
2
www.kiplingsociety.co.uk.
8
Vo Greyvz Kommissiyasida ishlagan va qirol Jorj V bilan yaqin do`st tutingan.
U dunyo bo`ylab sayohatlar qilgan.
Redyard Kipling faqat shoir emas, katta nosir ham edi, ko`pdan-ko`p
chiroyli qissa, hikoya va ertaklar yozib qoldirgan. Uning “Maugli”, “Rikki-
Tikki-Tavi” ertak qissalari XX asrning 70 yillaridanoq o`zbek tilga tarjima
qilingan va nashr etilgan. Keyingi yillarda yana uning “Yer tepingan parvona”,
“Kitga bunaqa xartum qayoqdan kelgan?”, “Karkidonga bunaqa teri qayoqdan
kelgan”, “Tuyaga o`rkach qayoqdan kelgan?” kabi ertaklar o`zbek tliga tarjima
qilindi.
R.Kipling bolalarga bag`ishlangan she`rlarida, xoh she’r kichik
yoshdagilar uchun, xoh kattaroq yoshdagilar uchun bo’lsin, ularning aniq
holatini mahorat bilan, goh kinoyali, goh yoqimli kulgi tabassum bilan
ifodalaydi. Poklik, ozodalik, mehnatsevarlik g`oyalarini ham xuddi shu yo`l
bilan ilgari suradi. Redyard Kipling 1936-yil 18-yanvarda vafot etdi.U1907-
yilda adabiyot bo`yicha Nobel mukofotiga sazovor bo`ldi.
1
Angliya bolalar adabiyoti mashhur vakillaridan yana biri Alan Miln juda
ko`p pyesalar, she’rlar va nasriy asarlar yozgan. XX asr boshida bolalar uchun
“Biz juda kichikligimizda” va “Biz oltiga kirganimizda” degan ikki kitob
chiqarganda, faqat bolalar o`rtasida emas , kattalar orasida ham dongdor bo`lib
ketdi.
Alan Miln Britaniya kino olamidagi bir necha film ssenariylarining
muallifi hamdir. Ayrim filmlari Britaniya film institutining arxivida saqlanib
qolgan. Dastlab dramaturg sifatida nom qozongan Alan Miln o`zining Vinni
Pux asarini chop etishi bilan katta muvaffaqiyatga erishdi va mashhurlik
cho`qqisiga yetdi. Keyinchalik bu asar ko`p tillarga tarjima qilinib butun
dunyoga tanildi. Alan Milnning bu asari, ichida she’rlari ko`p bo`lgan 18 ta
sarguzasht ertakchadan iborat. Miln bolalar dunyoni qanday tushunishini,
qanday idrok etishini juda yaxshi biladi.Kichkintoylarning topqirlikka oid
1
Miraziz A’zam. Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi,
2016.-B.31.
9
o`yinlari, so`z ixtiro qilishlari, xalq og`zaki ijodining turli andoza va
yo`riqlaridan foydalanish- mana shular alan Miln ijodiyotining o`ziga xos
tomonlaridir.
1
A.Miln “Vinni Pux” asari yaratilishiga qadar dramaturg sifatida Atlantika
okeanining ikki tomonida ham yuqori obro`ga erishgan, detektiv yo`nalishdagi
ajoyib ijod mahsulini yaratgan. O`zi istagan yo`nalishda asar yozishni xush
ko`radigan va har gal yozish usulini o`zgartiganda kitobxonlarni jalb qila olgan
A.Miln uchun bolalar kitobini yaratishdagi keskin muvaffaqiyati alam va jahl
manbai bo`lgan. Bir kuni Miln o`ziga xoslikdan xoli bo`luvchi asarlar
yaratishga xohishi yo`qligini aytadi, chunki uning ilhom manbailaridan biri –
uning o`g`li ulg`ayayotgan edi.
Ingliz bolalarining sevimli yozuvchisi va shoiri Robert Lyuis Stivenson
1850-yil Shotlandiyada tug`ilgan. Hayotlik davomida ham taniqli bo`lgan R.
Stivenson hozirda dunyo bo`ylab asarlari eng ko`p tarjima qilinadigan yozuvchi
shoirlar orasida 26- o`rinni egallaydi.
2
U o`z nasriy asarlarida romantik
yo`nalishda Angliyaning turmush tarzini va insonlarning xarakterlarini ochib
berishga intilgan. “Xazinalar oroli” (“ Treasure Island”), “O`g`irlangan odam”
(“Kidnapped ”), “Qora o`q” (“The Black Arrow”) va boshqa bir qator romanlari
bilan sarguzasht syujet ustasi sifatida tanildi. R. Stivensonning asl
qo`lyozmalarining yarmi yo`qolgan.
Yozuvchi va shoir Stivensonning “Bolalarning she’riy gulzori” nomli
she’r to`plamida ham, romanlaridagi kabi, romantic shon-sharaflarga o`raglan
insonlar timsollari yaratilgan. To`plamdagi kichik qahramonlar olami nurli va
quvonchlidir. Stivensonning she’rlari benihoya musiqiy, tiniq bo`lib, borliq
dunyoni ko`zga ko`rinadigan shirin xayollar va tovushlar olamida jonlantiradi.
Daryolarning shovullashlari, yomg`irlarning shitir-shitiri, dengiz to`lqinlarining
1
Miraziz A’zam. Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi,
2016.-B.78.
2
www.scottishpoetrylibrary.org.uk
10
sirli sadolari tabiiy ravishda yoh kitobxon xayoliga o`rnahib qoladi.
1
Stivenson
she’riyati xalq og`zaki ijodi an’analariga uyg`unligi bilan ajralib turadi.
1.2. Miraziz A’zamning o`zbek tarjimashunosligiga qo`shgan hissasi
Insoniyatning eng qadimiy faoliyatlaridan hisoblanmish tarjimashunoslik
dunyo xalqlari uchun o`zaro madaniy, iqtisodiy, ilmiy va adabiy aloqaning
almashinuviga va shu orqali yuksalishga eltuvchi kuchli qurolga aylandi.
Tarjima murakkab sohalardam biri hisoblanadi va bir tilda yaratilgan matnning
shakl va mazmunini saqlagan holda boshqa til unsurlari yordamida qayta qurish
tarjimondan yuksak ilmiy va adabiy bilim, mahorat talab qiladi. Tarjimachilik
faoliyati so’nggi yillarda O`zbekistonda ham jadal sur’atlarda rivojlanmoqda.
Tarjima tarixi turli xalqlar adabiyotlarining bir-biridan ajralib qolganini
emas, balki aksincha hamma vaqt – juda qadim zamonlardan tortib hozirgi
kungacha, bir-biriga intilib, yaqinlab borgani, bir-biridan ta’sirlanib taraqqiy
etganligini isbotlamoqda. Ilk tarjima namunalari odamodning yodida qolmagan.
Lekin ular odam, non, ota, ona, osmon, yer, yo`l, ot kabi so`zlardan va ularning
boshqa tildagi tarjimalaridan iborat bo`lganligini tasavvur qilganligini tasavvur
qilish qiyin emas. Bu so`zlardan tarjimalar folklor asarlariga o`tganligini ham
andak fantaziya ishlatib ko`z o`ngimizda keltirishimiz mumkin.
Bu shunday yirik madaniy hodisaki, tarjima adabiyotlari tarixdan ijtimoiy
tuzumlar, tabaqalarning o`zgarishlarinigina emas, insonning ongida kechgan
o`zgarishlarning evolyutsion jarayonlarni ham aniq kuzatish mumkin. Ayrim
xalqlar o`z taraqqiyotlarida oldinroq ilgarilab ketgandirlar, ayrimlari orqaroqda
qolgandirlar, bundan qat’iy nazar, tarjima onglaridagi, fikrlardagi, ma’naviy-
ruhiy qarashlaridagi, ilm-fanlardagi o`zgarish jarayonlariga juda chuqur va har
tomonlama ta’sir ko`rsatgan deb ayta olamiz.
Tarjima tarixi Eng Qadimi Dunyo, O`rta Asrlar, Yangi va Eng Yangi deb
ataladigan, juda uzoq davom etadigan tarixiy davrlarni o`z ichiga oladi. Qadimgi
zamonlardan bugungi kungacha tarjima Yer yuzining O`rta Yer dengizi havzasi,
1
Miraziz A’zam. Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi,
2016.-B. 25.
11
Sharqda Ikki Daryo Oralig`ida yashovchi xalqlar (shumerlar, suryoniylar,
bobulonliklar, ossuriyaliklar, xettlar), Misr, Eron, Hindiston, Xitoy, Turon
mamlakatlari mintaqalarida ayni bir vaqtning o`zida ham ijtimoiy madaniy
aloqalar vositasi ham yozma adabiyotning bir turi, tarmog`i sifatida rivojlandi.
1
Tarjimonlik ijtimoiy hayot taraqqiyoti bilan uzviy bog`liq, ya’ni
madaniyat, san’at va adabiyot tarixi bilan uzviydir. Arab yurishlari siljib borgan
mamlakatlarda, shu qatorda hozirgi O`zbekiston hududida Islom dini o`rta
asrlarda yagona dinga aylandi, arab tili esa ilm-fan maqomiga aylandi. O`rta
asrlarda Markaziy Osiyo madaniy hayotida tarixiy-adabiy janrlarga daxldor
asarlar tarjimalari sezilarli o`rin tutdi.
VII asrlarda fan, san’at, adabiyot, madaniyat yuqori darajada rivojlanib,
Farobiy, Ibn Sino va Beruniy kabi mashhur olimlar yetishib chiqdi. Biz ularni
qadimiy tarjimachilik madaniyatimizni boyitgan ilk tarjimonlar sifatida
qadrlaymiz va Sharq Renessans davrining vakillari deb qaraymiz. Abu Rayhon
Beruniy qomusiy olim bo`lib, tarjimachilik haqidagi fikr-mulohazalarini yozib
qoldirgan. Beruniy o`zining “Hindiston” asarida Gomerning “Iliada” va
“Odisseya” asarlaridan parchalar keltirgan. Biz uning kitoblarida yunon, rum va
hind yozuvchilarning asarlaridan tarjima qilingan parchalarni ko`rishimiz
mumkin. Uning tarjimalari orasida “Qissai Vomiqu Uzro”, “Qosimus-surur va
aynul-hayot”, “Hurmizdiyor va Mehriyor”, “Bomiyonning ikki sanami”, “Dah,
Moh va Kiromiduht”, “Nilufar” eposlarining tarjima kitoblari bor. U bu asarlarni
fors tilidan tarjima qilgan bo`lib ular “qiziqarli va hayajonli hikoyalar deb
“Fehrastda” ta’kidlangan. Beruniy 60dan ortiq asarlarni tarjima qilgan va hind
tilidan arab tiliga o`girilganlari “Pantajala”
2
nomi biln mashhurdir.
Tarjimonchilik faoliyatida katta iz qoldirgan Mahmud Koshg`ariy ham
o`zining “Devonu lug`atit-turk” asarida turk qabilalarining shevalariga xos
so`zlarining arab tilidagi ekvivalentlarini keltirgan. Abulqsim Mahmud bin
Umar Zamaxshariy Markaziy Osiyoda ilk bor arabcha-forscha “Muqaddimat-ul
1
G`ofurov I., Mo`minov O.,Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent:Tafakkur Bo`stoni,2012.-B.51.
2
Buyuk siymolar, allomalar. Toshkent: 1995, 1 kitob 48b.
12
adab” (“Arab ilmiga kirish”) lug`atini yaratgan. Olim so`zlarning
etimologiyasiga alohida e’tibor qaratdi.
Xorazmda tarjimonlik maktabining asoschilaridan biri Muhammad Rizo
Ogahiydir.Ogahiy o`zbek tiliga Sharqning mashhur “Xaftpaykar”, “Guliston”,
“Shoh va Gado”, “Yusuf va Zulayho”, “Bahoriston” kabi Ganjaviy, Sheroziy,
Dehlaviy, Jomiy, Hiloliy asarlarini va “Zafarnoma”, “Nodirnoma”, “Ravzat us-
safo” kabi tarixiy asarlarni tarjima qilib, XIX asrning buyuk tarjimoniga
aylangan. Ogahiy mahoratli tarjimon sifatida 19 ta asarni fors tilidan o`zbek
tiliga o`girgan va madaniy merosimizni boyitgan.
1
Ogahiy Munis Xorazmiy oxiriga yetkazmagan asari “Ravzas us-safo”ni 2-
3 jildlarini tarjima qilgan. Ogahiy quyidagi tarixiy asarlarini o’zbek tiliga
tarjima qilgan: “Nodirnoma” (Muhammad Mahdixon), “Zafarnoma”
(Sharafiddin Ali Yazdiy), “Tazkirai Muqimxoniy” (Muhammad Yusuf
Munshiy), adabiy asarlardan: “Haft paykar”(N Ganjaviy),
“Guliston”(S.Sheroziy), “Hasht-bihisht” (Xusrav Dehlaviy) “Yusuf va
Zulayho”, “Solomomon va Ibsol”, “Bahoriston” (A.Jomiy), “Badoye ul-
vaqoye”, “Qobusnoma” (Kaykovus) va boshqalar.
2
XX asrning 30-yillardan ingliz adabiyoti namunalari tarjima qilina
boshlandi. Hozirgi kunga qadar bir qancha Amerika va Lotin Amerika
yozuvchilarning, jumladan, 20 dan ortiq ingliz yozuvchilari va shoirlarning
kitoblari o`zbek tiliga o`girilgan. “Robinzon Kruzoning sayohatlari” asari
o`zbek tiliga ingliz adabiyotidan qilingan ilk tarjimadir. Bu kitobni 1911-yilda
o`zbek tiliga Muhammad Fozil Otabek ozarbayjoncha bayon tarjimadan
ag`dargan.
O`zbek adabiyotida badiiy tarjimachilikdagi ilk yorqin misollar Xamza
Xakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Hamid Olimjon, G`afur
G`ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Mirtemir, Zulfiya boshqa ko`plab ijod
ahllarining qalamiga mansubdir.
1
G`ofurov I., Mo`minov O., Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent: Tafakkur Bo`stoni,2012.-B.89.
2
G`ofurov I., Mo`minov O., Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent: Tafakkur Bo`stoni,2012.-B.90.
13
1950- yillarning oxiriga kelib O`zbekistonda tarjima tarixi tadqiq etila
boshlandi, taniqli yozuvchi olim va tarjimon Jumaniyoz Sharipov
“O`zbekistonda tarjima tarixidan”, “Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar” kabi
monografiyalar chiqardi. Taniqli olim va fan tashkilotchisi G`.Salomov
“Tarjimaga nazariyasiga kirish”, “Tarjima nazariyasi asoslari” kabi darslik va
qo`llanmalar yozdi, “Tarjima san’ati” kabi turkum to`plarini chiqarishga bosh-
qosh bo`ldi.
O’tgan asrning o`rtalarida trajima nazariyasini keng qamrovli tadqiq etish
davom etdi, ularda nazariyaga oid ko`p ma’lumotlarga oydinlik va aniqlik
kiritildi, tarjimonlar faoliyati o’rganildi. XX asrlarda O`zbekistpnda faol
tarjimonlik maktabiga asos solindi.
N. Kamolov, X.Karomatov, N.Vladimirovalar tarjima tarixini tadqiq etish
ishini boshladilar. Hamidulla Kristofer Marloning “Amir Temur” asarini
o`rgandi, o`zbek tiliga o’girilgan matnning o`ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib
berdi. N.V.Vladimirova esa ayniqsa G`arb bilan Sharq adabiyotini tarjima qilish
sohasidagi ba’zi muammolarga yechim topishga intildi. G`aybulla Salomov
O`zbekistondagi tarjima nazariyasi asoslari asosida ilmiy faoliyat olib bordi. U
tarjimada milliy xususiyatlarning aks etirishga katta e’tibor bergan va
frazeologizmlarni tarjimada ifodalash yo`llari, she’riy tarjimalarning o`ziga
xosliklari ustida ishlagan. Shuningdek, G`aybulla Salomov chet el tarjimonlari
tomonidan qilingan “Boburnoma” tarjimalarini mukammal tahlil qilib chiqdi.
1922-yilda “Boburnoma” hozirgi fors tiliga Murod Qarluqi tomonidan tarjima
qilingan. Qarluqning tarjimasini G`aybulla Salomov asl nusxaga yaqinroq deb
topdi. “Yaqinroq so`zining ma’nosi shundaki, u aniq, ya’ni to`g`ridan- to`g`ri
tarjima qilingan deb xulosa chiqargan.
1
Jumaniyoz Sharipov “Badiiy tarjima va mohir tarjimonlar” kitobida
Ogahiy, Mirtemir va Zulfiyaning ijodiy mahoratini ochishga harakat qildi.
1
G`ofurov I., Mo`minov O., Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent: Tafakkur Bo`stoni, 2012.-B.90.
14
Badiiy tarjimaning nazariy asosini, she’riy tarjimaning milliy uslubini, tarixiy –
nazariy tarjima metodologiyasini, tarjmonlar mahorati qirralarini tahlil qildi.
1
1970-1975- yillarga Gyotening “Faust” (E. Vohidov), Dantening “Ilohiy
komediya”, “Do`zax”(A.Oripov), Nozim Hikmatning “Inson manzaralari”(R.
Parfi) kabi asarlarning o`zbek tilida chiqishi she’riy tarjimaga yangicha
yondashuvlar paydo bo`lgani, Navoiy an’analari o`z ijodiy davomini topganini
ko`rsatdi.
Hozirgi zamon o'zbek bolalar she’riyatida shoir Miraziz A’zamning o'z
o'mi bor. Bu albatta, uning izlanishi, mehnatkashligi, bolalarni va ularning
adabiyotini qattiq sevishidan dalolatdir. Ijodkor bolalar o'rtasidagi do'stlik,
hamjihatlik, ona-Vatanga cheksiz muhabbat, odobli bo'lish, yaxshi o'qish uchun
harakat qilish, kurashish kabi masalalami ko'proq ochib berishga harakat qiladi.
Miraziz A’zam 1936 yilda Toshkent shahrida tug'ildi. Maktabda o'qib yurgan
kezlaridayoq she’riyatga qiziqdi. She’riy mashqlarini Quddus Muhammadiy va
keyinchalik Qudrat Hikmat boshchilik qilgan adabiy to'garakda sinovdan
o'tkazar, ijodiy izlanish, o'qish va o'rganishni qizg'in davom ettirar edi. Adabiyot
va she’riyatga bo'lgan chanqoqlik uni ToshMUga yetakladi.
Uning ijodi
talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda “G’alati
tush” nomi bilan chop bo‘lgan.
Adabiy mashqlari bolalar va o'quvchilar
gazetalarida, “Gulxan”, “G‘uncha” jumallarida bosila boshladi. Universitetni
muvaffaqiyatli tamomlagan M. A’zam bir qator gazeta va jumallarda ishladi.
Shoirning “Metallurg”, “Aqlli bolalar”, “Senga nima bo'ldi?”, “G'alati tush”, “Er
aylanadi”, “Erga dovruq solamiz”, “Haqiqatning ko'zlari”, “Sabot”, “Tuyg'ular”,
“Bir cho'ntak yong'oq” kabi to'plamlari bolalar kitob javonlaridan mustahkam
o'rin olgan. Miraziz A’zamning juda ko'p she’r va qo'shiq, ertak, dostonlari
kattakichik bolalaiga bag'ishlangan. U har bir asarida bolajonlar uchun, albatta,
bir yangilik, bir yaxshi gap aytish ishtiyoqi bilan qaynab toshadi va buning
uddasidan chiqadi. Masalan, «Yer aylanadi» she’rini olib ko'raylik. Bunday olib
1
G`ofurov I., Mo`minov O., Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent: Tafakkur Bo`stoni, 2012.-B.91.
15
qarasangiz, bu bir oddiy gap. Axir necha ming asrdan beri u aylanadi, yana
aylanaveradi, bu haqda jozibali she’r bo'lishi mumkin emas, degan tushuncha
xayolingizdan o'tadi. Lekin she’mi o'qiydigan bo'lsangiz sizning tasavvuringiz
butunlay o'zgaradi. Murg'ak qalb u yoqda tursin biz kattalar ham yerning
aylanishi, onlarning o'tishi, shamolning esib turishi bilan o'sib ulg'ayishimiz,
kamol topishimiz, bunyodkorlik ishlarimiz ko'z o'ngimizdan o'tadi. Qilgan
yaxshi-yomon ishlarimizni o'ylaymiz. “Yer aylanadi” — xuddi shu haqda bahs
yuritadi:
Asta-asta shamol esadi,
Asta-asta yer aylanadi.
Asta-asta odam o'sadi,
Asta-asta yer aylanadi.
1
Kichkintoylar ko'pincha hayot murakkabligidan bexabar bo'ladilar. Ular
kattalarning ko'magida, o'zlari tinglagan badiiy asarlari yordamida olam
mo`jizalari, turmush bilan tanishib boradilar. Miraziz A’zamning “Bedananing
buvisi” she’ri kichik yoshdagi bolalaiga juda qo'l keladi. Bu she’r xalq og'zaki
ijodi an’analari ta’sirida yaratilgan. Yosh kitobxonlar she’rda bedanalarning
turmush tarzlari bilan yaqindan tanishib oladilar. Xuddi insonlar kabi ularning
ham qavm-qarindoshlari, keksa-yoshlari bo`lishini, kasal-sog' yurishlarini buvi
bedana kechmishlari orqali tushunib yetadilar. Buvi dardga chalinib, og'ir kasal
bo'lib qoladi, tomog'idan ovqat o'tmaydi. Hammaning tinchligi, oromi buziladi,
har kim qo`ldan kelgancha unga madadkor bo'lishga intiladi. Bu epizod chiroyli
va ta’sirli chizilgan: Bedananing otasi bor ekan, nor ekan, Onasiga oriyat yor
ekan, yor ekan. Dori-darmon, o`t-o‘lan keltirib, keltirib, Qari qushga tutishib,
ichirib, yedirib, Aylanishib boshida turdilar. Sog‘ayishning chorasini ko'rdilar,
ko'rdilar... Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq. Biz har doim bolalar adabiyotida o'y-
o'ylash, xayol surish, o'zining uchqur xayollari bilan yashash haqida yozilgan
asarlarni qizg'in qo'llab quvvatlaymiz. Miraziz A’zamning ham “Xayol surish”
she’rining qahramoni har bir narsani tezroq bilib olgisi, uning poyoniga yetgisi
1
www.Ziyonet.uz.
16
keladi. Lekin u qanchalik o'ylanmasin, xayol surmasin, aqliy tafakkuri hali to'la
rivojlanmaganligi sababli ko'p narsalami tushunmaydi, ojizlik qiladi. Ota
o'g'ilini unchalik o'ylamaslikka chaqiradi. Otaning nasihati bilan bola o'zini
tinchita olmaydi: Kun qisqa qanday qilib kun chiqadi, deb о`ylayman, Tun
cho`zilsa, nega tun cho‘zildi, deb o`ylayman.
1
Uni xayol qilaman, Buni xayol
qilaman o`ylayman, bari bir, o`ylayman. Miraziz A’zamning «Biz yengamiz
bo'ronlami» she’ri bugungi mustaqillikka juda qiyinchilik bilan, kurashlar bilan
yetib kelganligimizni jarangdor misralar bilan chiroyli ifodalab beradi: Bizni
bosdi dovullar, sellar - Omon chiqdik bo'ronlardan, Omon yashar botir ellar –
Qo`rqmas vahshiy hayvonlardan, Qorli, muzli cho‘qqilar ham Qolib ketar
poyimizda. Jasur qo'shiq bizga hamdam Har bir qo'ngan joyimizda.
2
Shoir bu
bilan chegaralanib qolmaydi. Hali oldinda qiladigan ishlarimiz, ulug‘
maqsadlarimiz borligini ta’kidlaydi, bolalarni yuksak axloq-odobli bo'lishga,
kattalaming ishlarini davom ettirishga chorlaydi: Maqsadimiz tog'day ulug' —
Chambarchasdir tutash qo'llar. Ozodlikning yo'li qutlug' — Olg'a, do'stlar,
og'aynilar!
3
Miraziz A’zamning “Qirq bolaga qirq savol”, “G'alati tush”,
“Nurxon bilan Burxon”, “Ota bilan bola”, “Bir cho'ntak yong'oq” (turkum),
“Alla”, “Bola va ona”, “Yo'tal bobo” kabi she’r va qo'shiqlari bolalar
adabiyotida katta o'rin egallaydi. “Asror”, “Erk qushi”, “Ona yurt osmonida”,
“Antiqa” kabi doston, ertak-dostonlari ham bolalarda katta qiziqish uyg'otib
kelmoqda.
Miraziz A’zam haroratli, shijoatli publitsist hamdir. Uning madaniy-
adabiy merosni ko‘z qorachig‘idek asrashga da’vat etuvchi bir qator tarixiy-
adabiy maqolalari shular jumlasidandir. Adib mohir tarjimon, adabiyot va
madaniyatning hormas targibotchisi ham. Uning turk, rus, nemis adiblaridan
qilgan tarjimalari, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari ko‘pchilik
mutaxassis va oddiy o‘quvchi ixlosini orttirdi. Miraziz A’zam ijodi gullagan,
sermahsul, serfayz bo‘lishiga ishonsa bo‘ladi.
1
www.Ziyonet.uz
2
www.Ziyonet.uz
3
www.Ziyonet.uz
17
Miraziz A’zam 50 yildan buyon o`zbek o`quvchilarini jahon bolalar
adabiyoti bilan tanishtirib kelmoqda. So`nggi yillarda bir qancha
o`qituvchilar, o`quvchi va talabalar, adabiyot mutaxassislari bolalar
adabiyotiga oid barcha tarjimalarni jamlab berishni yozuvchidan so`rardilar.
Keyingi ikki yil ichida ko`pchilikning mana shu ehtiyojlarini hisobga olib,
yozuvchi va tarjimon M. A’zam tarjimalaridan to`plam tuza boshladi. Va
nihoyat mazkur to`plam “Jahon bolalar adabiyoti” nomi ostida vujudga keldi,
va u o`n tomdan iboratdir. To`plamdan Angiya Barto, Korney Chukovskiy,
Redyard Kipling, Robert Stivinson, Alan Milln, Nozim Hikmat, Janni Rodari
va boshqa ko`pgina mashhur yozuvchilarning asarlarini topishimiz mumkin.
Kitob tayyor bo`lganda undagi kamchiliklar ko`zga tashlandi. Ispaniya,
Vengriya, Portugaliya, Gretsiya kabi Yevropa mamlakatlaridan, Afrika
yurtlaridan, Chilidan boshqa Janbiy Amerika mamlakatlaridan, Osiyoning
Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Koreya kabi qator davlatlaridan, Avstraliyadan
bolalar adabiyoti namunalari yo`qligi, bu yurtlarning tillarini biluvchi
mutaxasislar uchun hali keng maydon ochiq qolganligini ko`rsatadi.
Tanlangan millatlarning bolalar adabyoti namoyondalari va ularning
faoliyati haqida to`laroq tasavvur uyg`otish va kitobning o`qishli bo`lishini
ta’minlash maqsadida, kamida 5-6, ko`pida 10-15 she’r, ba’zan 1-2 bosma
taboq hajmida 1-2 hikoya yoki bir necha ertak, doston va afsonalar tanlab
tarjima qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |