Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети филология факультети



Download 407,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana22.01.2020
Hajmi407,32 Kb.
#36631
  1   2   3   4   5
Bog'liq
angliya bolalar adabiyoti vakillari asarlarining ozbek tiliga tarzhimalari (2)


ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ 

БУХОРО ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ 

 

Филология факультети 

Инглиз филологияси кафедраси 

4 - 

курс талабаси 

Шоназарова Шахнозанинг  

 



Англия болалар адабиёти вакиллари асарларининг 

ўзбек тилига таржималари” мавзусидаги

 

 

БИТИРУВ МАЛАКАВИЙ ИШИ 

 

                                            

 

 

Илмий рахбар: Косимова Р.Р. 

  

 

 

 

 

 

 

Бухоро -2017 

 



MUNDARIJA 

Kirish 

I BOB. XIX ASR  OXIRI  –  XX ASR BOHLARIDA  ANGLIYA 

BOLALAR ADABIYOTI VA MIRAZIZ A’ZAM TARJIMALARI  

1.1. Ingliz 

bolalar 


adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari va 

namoyandalari…………………………………………………………………. 



1.2. Miraziz A’zamning o`zbek tarjimashunosligiga qo`shgan hissasi ……...... 

1.3. Tarjimada leksik va grammatik transformatsiyalar……………………….. 

II 

BOB. 

INGLIZ BOLALAR ADABIYOTI VAKILLARI 

ASARLARINING O`ZBEK TILIGA QAYTA YARATISH 

MUAMMOLARI 

2.1.  Ingliz adabiyoti vakillari asarlarining o`zbekcha tarjimasida leksik 

transformatsiyalar..…………………………………………………………….. 



2.2.  Ingliz bolalar adabiyoti  asarlarining  o`zbek tiliga o`girmalarida 

grammatik transformatsiyalar..………………………………………………… 



XULOSA 

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati    

 

 



 

 

 

 

 

 

 



KIRISH 

     

 Mavzuning dolzarbligi. Barchamizga  ma’lumki,  birinchi Prezidentimiz 

Islom Abdug`aniyevich Karimovning  2012-yil 10-dekabrda “Chet tillarni 

o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to`g`risidagi qarori

1

 



qabul qilingandan so`ng, chet tillarni, ayniqsa, ingliz tilini o`rganish davr 

talabiga aylandi. Chet tillarini o`rganishga  qaratilayotgan e’tibor va talabni 

inobatga olgan holda  o`zbek  yoshlarini  inliz adabiyoti namunalari  bilan 

tanishtirish uchun xizmat qiladigan, ingliz  hikoyalarining o`zbek tiliga 

o`girilishida duch kelinadigan grammatik va leksik muammolarni o`rganish  

hozirgi kunning dolzarb vazifasidir.  

 

Hozirgi kunda ingliz tilini 1-sinfdan boshlab ta’lim tizimida joriy 



etilganligi, ingliz tilidagi darsliklarning ya’ni, takomillashtirilgan nusxalarining 

bosib chiqarilayotganligi hamda o`rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida 

maxsus jihozlangan ingliz tili xonalarining yaratilayotganligi fikrimizning 

yorqin dalilidir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, mazkur bitiruv malakaviy 

ishimizning mavzusi ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, chunki unda 

ingliz hikoyalarining o`zbek tili tarjimasida amalga oshiriladigan ayrim 

o`zgarishlarni, xususan leksik va grammatik transformatsiyalarni  atroflicha 

o`rganishga e’tibor qaratilgan. 



 

Bitiruv malakaviy ishining asosiy obyekti va predmeti. Ingliz 

hikoyalari va ularning o`zbek tiliga tarjima qilingan o`girmalari  “Karkidonga 

Bunday teri qayoqdan kelgan”  (“How the Rhinoceros got his skin?”), 

“Kitbaliqqa xartum qayerdan k  elgan ?”(  “How the Whale got his throat?”  ), 

“Tuyaga o`rkach qayoqdan kelgan?” (  “How the Camel got his hump?”), “Yer 

tepingan Parvona”(“  The Butterfly that stamped”)va Alan Milnning “Qirolning 

saryog`li noni”(“King’s breakfast”) balladasi ishimizning asosiy obyekti sanalsa, 

tarjima jarayonida qo`llanilgan grammatik va leksik transformatsiyalar  uning 

predmeti hisoblanadi.  

1

 Karimov I.A “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi PQ-1875-



sonli qarori. 2012. “Ma’rifat” gazetasi № 99. –B. 1-2. 

 



                                                           

 

Tadqiqot  maqsadi va vazifalari.  Mazkur bitiruv malakaviy ishini 

yozishdan maqsad ingliz  tilida yozilgan asarlarning o`zbek tilida tarjimasini    

o`rganish va ularda qo`llanilgan transformatsiyalarni yoritib berishdan iborat. 

Tadqiqotimiz maqsadi oldimizga quyidagi vazifalarni  qo`yishni taqazo etdi: 

  -Ingliz adabiyotida yaratilgan ertaklarning tarjima manbalarini aniqlash; 

  -  Tarjimada qo`llaniladigan transformatsiyalar haqida  tarjimashunoslikka oid 

kitoblarni o`qish; 

 -  XIX asr ingliz bolalar adabiyotini o`rganish; 

-  Ingliz  adabiyotida yaratilgan asarlarning o`zbek  tilidagi o`girmalarida 

qo`llanilgan grammatik transformatsiyalarni aniqlash

-  Ingliz adabiyotida yaratilgan asarlarning o`zbek  tilidagi  o`girmalarida 

qo`llanilgan leksik transformatsiyalarni tahlil qilish.  



Bitiruv malakaviy ishning o`rganilganlik darajasi va yangiligi

Tadqiqotimizning nazariy asosini I.G`ofurov, O.Mo`minov, N. 

Qambarovning “Tarjima nazariyasi”

Zoya Proshinaning “Theory of translation”, 



Qudrat Musayevning “Tarjima nazariyasi asoslari” darslik to`plamlarida  tarjima 

muammolari va grammatik transformatsiyalar izohlangan.  

Malakaviy bitiruv ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, o`zbek tiliga 

tarjima qilingan ingliz ertaklari  o`rganilib,  ularda kuzatilgan transformatsiyalar 

ochib berildi. 

Ishning nazariy asosi. Tadqiqotimizning nazariy asosini I.G`ofurov, 

O.Mo`minov, N. Qambarovning “Tarjima nazariyasi”

Zoya Proshinaning 



“Theory of translation”,  Qudrat Musayevning  “Tarjima nazariyasi  asoslari” 

darslik to`plamlari,  Redyard Kiplingning qalamiga mansub ertaklar,  Miraziz 

A’zamning “Jahon bolalar adabiyoti” tarjima asarlar  to`plami  taskil etadi.  

 Tadqiqot natijalarining amaliy va nazariy ahamaiyati.  Tadqiqotning 

amaliy va nazariy ahamiyati hozirgi aloqalar har tomonlama kengayib 

borayotgan davrda, diqqatga havola etilayotgan ushbu malakaviy bitiruv ishi 

katta amaliy va nazariy ahamiyat kasb etishi tabiiy. Undagi tahlil va tadqiqotlar 

natijasi bo`lgan  fikr mulohazalardan oliy o`quv yurtlarining adabiyotshunoslik, 

 



tarjimashunoslik darslarida ya’ni adabiyotshunoslik yo`nalishi bo`yicha 

ma’ruzalar va maxsus kurslarda foydalanish mumkin.  



 

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi.   Mazkur bitiruv malakaviy ishi 

kirish, ikki asosiy bob, besh paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar 

ro`yxatidan iborat. 

  

 Birinchi bob  “XIX asr oxiri –  XX asr bohlarida angliya bolalar 



adabiyoti va miraziz a’zam tarjimalari ”  deb nomlanib, unda Redyard 

Kiplingning XIX asr bolalar adabiyotiga qo`shgan hissasi, Miraziz 

A’zamning adabiy va tarjimashunoslik faoliyati va tarjimashunoslikda 

qo`llaniladigan transformatsiyalar to`g`risida fikr yuritildi. 

    

Ikkinchi bob nomi “Ingliz bolalar adabiyoti vakillari asarlarining 



o`zbek  tiliga qayta yaratish muammolari” deb belgilandi.  Bu bobda ingliz 

hikoyalarining o`zbek tilidagi tarjimalarida qo`llanilgan transformatsiyalar 

tahlil qilindi.  

    


 Tadqiq etilgan ma’lumotlar umumlashtirilib, ingliz adabiyotida yaratilgan 

hikoyalar va ularning o`zbek tilidagi tarjimalari qiyosi asosida qo`llanilgan 

transformatsiyalar ko`rsatib berildi  va har bir o`rganilgan ma’lumot manbai 

adabiyotlar ro`yxatida aks ettirildi.   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



I BOB. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOHLARIDA ANGLIYA 

BOLALAR ADABIYOTI VA MIRAZIZ A’ZAM TARJIMALARI 

1.1.  Ingliz  bolalar  adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari va 

namoyandalari 

Bolalar    adabiyoti  tarixchilari  ikki  ustuvor  yo`nalishni  ko`rishgan:  biri 

realizm  va  didaktisizm  bo`lsa,  ikkinchisi  fantaziya  va  o`yin-kulgi  bir-biriga 

qarama-qarshi  tarzda  namoyon  bo`lgan.  Didaktik  adabiyot  18-  asrlarda  bosh 

yo`nalish bo`lgan bo`lsa, 19- asr boshlaridan boshlab fantaziya didaktik adabiyot 

o`rnini  egallay  boshladi.  Aka-uka Grim ertaklari ilk bor Germaniyada chop 

etilib,  1823-yilda Angliyada tarjima qilindi. Levis Kerlning “Alisaning 

Vonderlenddagi sarguzashtlari” nomli asarining chop etilishi fantastik adabiyoti 

rivojiga asos slogan kitob va bolalar uchun yozilgan shoh asarlarning birinchisi 

hisoblanadi.  Bu kitoblarning barchasi turli fantaziya asarlari bilan boyish “oltin 

asr”i boshlanish belgilari sifatida ko`rish mumkin.  

 

Ko`p hollarda, 18-asrda paydo bo`lishni boshlagan bolalar adabiyotining 



aksariyati  fantastika jihatlaridan xoli bo`lgan. O`rta va yuqori tabaqa 

vakillarining sevimli asarlaridan hisoblanmish Charlz Perrolt qalamiga mansub 

ertaklar axloqiy qonun qoidalar bilan bir qatorda ilohiy jihatlarni ham aks 

ettirgan, ammo, didaktisizmdan fantastik yondashuvga o`tish vaqti noma’lumdir. 

Hattoki, 18-asr o`rtalarida “yangi” bolalar adabiyoti ilk namoyondalari mantiqiy 

va  tarbiyaviy bo`lishi  faraz  qilingan asarlarida ham fantastika belgilari ko`zga 

tashlanadi.  Aynan shu davrda zamnaviy bolalar kitoblari chop etila boshlandi. 

Fantastik adabiyot XIX asrga kelib shu qadar mashhur bo`lganligining aniq 

sababi mavjud emas, ammo uning muvaffaqiyati tezkor ijtimoiy, iqtisodiy va 

intelektual o`zgarishlarga bog`lanishi shubhasizdir. Masalan Kingslining “Suv 

chaqaloqlari” asari Charlz Darvinning asariga javoban asar edi desak 

yanglishmagan bo`lamiz. Fantastik adabiyotning o`sishiga qanday omillar sabab 

bo`lgandir, ammo ikki narsa ravshandir. Birinchidan, XIX asr oxirigacha ulkan 

miqdorda  afsona-yu ertaklar va fantastik  adabiyotning ajoyib namunalari 

 


bolalarga tuhfa qilindi. Ikkinchidan, bu adabiyot yo`nalishi didaktik va realistik 

matnlardan unchalik ham farq qilmasdi.  Yevropa va Britaniyada bolalar 

adabiyotining “Birinchi oltin asr”i  XX asr boshlariga qadar davom etdi.Birinchi 

jahon urushi va Ikkinchi jahon urushi oralig`ida bolalar adabiyoti namunalari 

chop etilishi ancha susaygan bo`lsada bu davrda milionlab yosh kitobxonlar 

qalbini zabt etgan eng mashhur asarlardan biri Alan Miln qalamiga mansub  

“Vinni pux” (“Winnie-the-pooh”) kitobi chop etilgan.   

 

XIX asr  oxiri XX asr boshlari  bolalar adabiyotining rivojiga hissa 



qo`shgan yozuvchilar Redyard Kipling, Uolter De La Mer, Alan Miln, Donald 

Bisset, Robert Greyvz,  Vilyam Bleyk, Edvard Lir, Robert Stivenson asarlari 

bolalarning qalbidan chuqur joy egallagan.  Donald Bisset –  mashhur bolalar 

yozuvchisi, rassom,  kinoaktyor va rejissiyor bo`lib,  Donald Bisset ilk ijodini 

London televideniyasining topshirig`i bilan ertaklar yozishdan boshlagan.U 

ertaklarni ko`rsatuv uchun tayyorlar va o`zio`qibberardi. U juda usta aktyor ed. 

O`z ertaklariga ifodali va qiziq rasmlar chizar edi. Eshittirish bor-yo`g`i 8 minut 

davo etardi, qog`ozga tushirilgan matn ham 2-3 betdan oshmasdi.1954-yilda 

“O`zing o`qi” degan kitoblar turkuminingbirinchisi bosilib chiqdi.Keyin shu 

yilning o`zida “Siz nimani xolasangiz o`shani aytib beraman”  degan yangi 

to`plami chop etildi. “Qolganini keyin aytaman”, “Axir bir kun aytib beraman” 

degan to`plamlarini chiqardi.Keyin uning navbatdagi ertaklari –  Yak degan 

birgina qahramonli “Yo`lbars bilan suhbatlar”, “Miranda degan o`rdakning 

sarguzashtlari”, “Tutun laqabli ot”, “Yik-tak amakining sayohatlari”, 

“Changalzorda kezish” kabi kitoblari bosilib chiqdi.Barcha kitoblarining rasmini 

o`zi ishlar edi. Donald Bisset Angliyada 57  ta film va teleserialda aktyorlik 

qilgan. Birinchi roli “Atrofda aylanib yurish” filmi bo`lib, 1949-yilda katta 

ekranga chiqqan edi. 1978-yilda “Atlantida dohiylari” filmida kichik bir rolni 

ijroetdi. Ammo butun jahon san’at ahllarining yodida qoldi.  

Angliya bolalar adabiyoti taniqli namoyondalaridan biri Redyard Kipling 

1865-yil Bombeyda dunyoga keldi.  Lekin ota-onasi Londonlik edi. Yosh 

Redyardning Bombeydagi bolalik yillari nihoyatda unitilmas baxtli onlarga boy 

 


bo`lib, u ajib ohang va manzaralardan bahramand bo`lardi. Redyard 6 yoshga 

to`lganda ota-onasi uni qattiqroq  usullarda tarbiyalash maqsadida Angliyaga 

yuborishgan va u Londonda kapitan Proys Ejyer xonadonida yashagan.

1

 



Redyard 12 yoshga to`lganda Baydford yaqinidagi Birlashgan Harbiy kuchlar 

kollejiga kiradi va u  yerda otasining do`sti Kormel Prays uning adabiy 

qobiliyatini kuchaytiradi. Redyard 16 yoshga kirganda ota-onasi yashayotgan 

joy Lahorga qaytadi. O`zining qisqa bo`sh vaqtlarida ko`pgina ajoyib she’rlar va 

hikoyalar yozadi.  Ushbu hikoyalar va she’rlarning  to`planib kitob tarzida chop 

etilishi Redyardning shuhrat qozonishiga asos bo`ldi. 

Kipling 1889-yilda Angliyaga qaytdi va “Kazarma balladasi” asari va bir 

necha mukammal hikoyalari unga keskin mashhurlikni olib keldi. Amerkalik 

do`sti va adabiy hamrohi Volkot Beylsterning vafotidan so`ng uning singlisi 

Kerriga 1892- yilda uylanadi. Dunyo bo`ylab sayohatdan so`ng, xotini Kerrining  

AQShga Botlborodagi oilaviy uyiga qaytadi va u yerda “Captain Courageous”  

va “The Jungle Book ” asarlarini yozadi.  Qayn-akasi  bilan kelishmovchiliklar 

sababli  Redyard  Kipling 1896-yilda Angliyaga qaytadi. 1899-yilda qizi 

Jozefinaning halokatli o`limiga qadar yozuvchining hayoti xursandchilikka boy 

va qoniqarli edi.  Jozefinaning o`limidan so`ng Redyard  Kipling uchun  hayot 

hech qachon avvalgidek bo`lmadi.

2

 

 



Redyard  Kiplingning “Parishonxotir tilanchi” (“The absent-minded 

Beggar”) she’ri “Bur” jangida Britaniya askarlari foydasiga katta miqdorda 

mablag` olib keldi.  R.  Kipling Birinchi jahon urushi bo`lishini oldindan ko`ra 

oldi va xalqni tayyorgarlik ko`rishga ehtiyoj borligi haqida ogoh etishga harakat 

qildi. 1915-yilda ikkinchi bor 18 yashar o`g`lini “Lu” jangida yo`qotishdan 

aziyat chekdi.  Shunga qaramay Kipling yozishda davom etdi. Uning urushdan 

keyin yozilgan hikoyalari uning  eng yaxshi asarlari hisoblanadi. Shuningdek , 

yozuvchi Janubiy Afrikadagi Armiya Gazetasi uchun yozgan. Kipling Imperial 

1

 Miraziz A’zam. Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi, 



2016.-B.31. 

2

  www.kiplingsociety.co.uk. 



 

                                                           



Vo Greyvz Kommissiyasida ishlagan va qirol Jorj V bilan yaqin do`st tutingan. 

U dunyo bo`ylab sayohatlar qilgan.  

 

Redyard Kipling faqat shoir emas, katta nosir ham edi, ko`pdan-ko`p 



chiroyli qissa, hikoya va ertaklar yozib qoldirgan. Uning “Maugli”, “Rikki-

Tikki-Tavi” ertak qissalari XX asrning 70 yillaridanoq o`zbek tilga tarjima 

qilingan va nashr etilgan. Keyingi yillarda yana uning “Yer tepingan parvona”, 

“Kitga bunaqa xartum qayoqdan kelgan?”, “Karkidonga bunaqa teri qayoqdan 

kelgan”, “Tuyaga o`rkach qayoqdan kelgan?” kabi ertaklar o`zbek tliga tarjima 

qilindi. 

 

R.Kipling bolalarga bag`ishlangan she`rlarida, xoh she’r kichik 



yoshdagilar uchun, xoh kattaroq yoshdagilar uchun bo’lsin, ularning aniq 

holatini mahorat bilan, goh kinoyali, goh yoqimli kulgi tabassum bilan 

ifodalaydi.  Poklik, ozodalik, mehnatsevarlik g`oyalarini ham xuddi shu yo`l 

bilan ilgari suradi.  Redyard  Kipling 1936-yil 18-yanvarda vafot etdi.U1907-

yilda adabiyot bo`yicha Nobel mukofotiga sazovor bo`ldi.

1

 



 

Angliya bolalar adabiyoti  mashhur vakillaridan yana biri Alan Miln juda 

ko`p pyesalar, she’rlar va nasriy asarlar yozgan. XX asr boshida bolalar uchun  

“Biz juda kichikligimizda” va “Biz oltiga kirganimizda”  degan ikki kitob 

chiqarganda, faqat bolalar o`rtasida emas , kattalar orasida ham dongdor bo`lib 

ketdi.  


 

Alan Miln Britaniya kino olamidagi bir necha film ssenariylarining 

muallifi hamdir. Ayrim filmlari Britaniya film institutining arxivida saqlanib 

qolgan.  Dastlab dramaturg sifatida nom qozongan Alan Miln  o`zining Vinni 

Pux asarini chop etishi bilan katta muvaffaqiyatga erishdi va mashhurlik 

cho`qqisiga yetdi. Keyinchalik bu asar ko`p tillarga tarjima qilinib  butun 

dunyoga tanildi.  Alan Milnning bu asari, ichida she’rlari ko`p bo`lgan 18 ta 

sarguzasht ertakchadan iborat.  Miln bolalar dunyoni qanday tushunishini, 

qanday idrok etishini juda yaxshi biladi.Kichkintoylarning topqirlikka oid 

1

Miraziz A’zam. Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi, 



2016.-B.31. 

 



                                                           

o`yinlari, so`z ixtiro qilishlari, xalq og`zaki ijodining turli andoza va 

yo`riqlaridan foydalanish-  mana shular alan Miln  ijodiyotining    o`ziga xos 

tomonlaridir.

1

 



 

A.Miln “Vinni Pux” asari yaratilishiga qadar dramaturg sifatida Atlantika 

okeanining ikki tomonida ham yuqori obro`ga erishgan, detektiv yo`nalishdagi 

ajoyib ijod mahsulini yaratgan. O`zi istagan yo`nalishda asar yozishni xush 

ko`radigan  va har gal yozish usulini o`zgartiganda kitobxonlarni jalb qila olgan 

A.Miln  uchun bolalar kitobini yaratishdagi keskin muvaffaqiyati  alam va jahl 

manbai bo`lgan. Bir kuni Miln  o`ziga xoslikdan xoli bo`luvchi asarlar 

yaratishga xohishi yo`qligini aytadi, chunki uning ilhom manbailaridan biri – 

uning o`g`li ulg`ayayotgan edi. 

 

Ingliz bolalarining sevimli yozuvchisi va shoiri Robert  Lyuis Stivenson 



1850-yil Shotlandiyada tug`ilgan. Hayotlik davomida ham taniqli bo`lgan R. 

Stivenson hozirda  dunyo bo`ylab asarlari eng ko`p tarjima qilinadigan yozuvchi 

shoirlar orasida 26-  o`rinni egallaydi.

2

 U o`z nasriy asarlarida romantik 



yo`nalishda  Angliyaning turmush tarzini va insonlarning xarakterlarini ochib 

berishga intilgan. “Xazinalar oroli” (“ Treasure Island”), “O`g`irlangan odam” 

(“Kidnapped ”),  “Qora o`q” (“The Black Arrow”) va boshqa bir qator romanlari 

bilan sarguzasht syujet ustasi sifatida tanildi. R. Stivensonning asl 

qo`lyozmalarining yarmi yo`qolgan. 

 

Yozuvchi va shoir Stivensonning “Bolalarning she’riy gulzori” nomli 



she’r to`plamida ham, romanlaridagi kabi, romantic shon-sharaflarga o`raglan 

insonlar timsollari yaratilgan. To`plamdagi kichik qahramonlar olami nurli va 

quvonchlidir. Stivensonning she’rlari benihoya musiqiy, tiniq bo`lib, borliq 

dunyoni ko`zga ko`rinadigan shirin xayollar va tovushlar olamida jonlantiradi. 

Daryolarning shovullashlari, yomg`irlarning shitir-shitiri,  dengiz to`lqinlarining 

1

Miraziz A’zam. Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi, 



2016.-B.78. 

2

 www.scottishpoetrylibrary.org.uk 



10 

 

                                                           



sirli sadolari tabiiy ravishda yoh kitobxon xayoliga o`rnahib qoladi. 

1

Stivenson 



she’riyati xalq og`zaki ijodi  an’analariga uyg`unligi bilan ajralib turadi.    

1.2.  Miraziz A’zamning o`zbek tarjimashunosligiga qo`shgan hissasi 

Insoniyatning eng qadimiy faoliyatlaridan hisoblanmish tarjimashunoslik 

dunyo xalqlari uchun o`zaro madaniy, iqtisodiy, ilmiy va adabiy aloqaning 

almashinuviga va shu orqali yuksalishga eltuvchi kuchli qurolga  aylandi.  

Tarjima  murakkab sohalardam biri hisoblanadi va bir tilda yaratilgan matnning 

shakl va mazmunini saqlagan holda boshqa til unsurlari yordamida  qayta qurish 

tarjimondan  yuksak ilmiy va adabiy  bilim,  mahorat talab qiladi. Tarjimachilik 

faoliyati so’nggi yillarda O`zbekistonda ham jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. 

Tarjima tarixi turli xalqlar adabiyotlarining bir-biridan ajralib qolganini 

emas, balki  aksincha hamma vaqt  –  juda  qadim zamonlardan tortib  hozirgi 

kungacha, bir-biriga intilib, yaqinlab borgani, bir-biridan ta’sirlanib taraqqiy 

etganligini isbotlamoqda. Ilk tarjima namunalari odamodning yodida qolmagan. 

Lekin ular odam, non, ota, ona, osmon, yer, yo`l, ot kabi so`zlardan va ularning 

boshqa tildagi tarjimalaridan iborat bo`lganligini tasavvur qilganligini tasavvur 

qilish qiyin emas. Bu so`zlardan tarjimalar folklor asarlariga o`tganligini ham 

andak fantaziya ishlatib ko`z o`ngimizda keltirishimiz mumkin. 

Bu shunday yirik madaniy hodisaki, tarjima adabiyotlari tarixdan ijtimoiy 

tuzumlar, tabaqalarning o`zgarishlarinigina emas,  insonning ongida kechgan 

o`zgarishlarning evolyutsion jarayonlarni ham aniq kuzatish mumkin.  Ayrim 

xalqlar o`z taraqqiyotlarida oldinroq ilgarilab ketgandirlar, ayrimlari orqaroqda 

qolgandirlar, bundan qat’iy nazar, tarjima onglaridagi, fikrlardagi, ma’naviy-

ruhiy qarashlaridagi, ilm-fanlardagi o`zgarish jarayonlariga juda chuqur va har 

tomonlama ta’sir ko`rsatgan deb ayta olamiz. 

Tarjima tarixi Eng Qadimi Dunyo, O`rta Asrlar, Yangi va Eng Yangi deb 

ataladigan, juda uzoq davom etadigan tarixiy davrlarni o`z ichiga oladi. Qadimgi 

zamonlardan bugungi kungacha tarjima Yer yuzining O`rta Yer dengizi havzasi, 

1

Miraziz A’zam. Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi, 



2016.-B. 25. 

11 


 

                                                           



Sharqda Ikki Daryo Oralig`ida yashovchi xalqlar (shumerlar,  suryoniylar, 

bobulonliklar, ossuriyaliklar, xettlar), Misr, Eron, Hindiston, Xitoy, Turon 

mamlakatlari mintaqalarida ayni bir vaqtning o`zida ham ijtimoiy madaniy 

aloqalar vositasi ham yozma adabiyotning bir turi, tarmog`i sifatida rivojlandi.

1

 

Tarjimonlik  ijtimoiy hayot taraqqiyoti bilan uzviy bog`liq, ya’ni 



madaniyat, san’at va adabiyot tarixi bilan uzviydir. Arab yurishlari siljib borgan 

mamlakatlarda, shu qatorda hozirgi O`zbekiston hududida Islom dini o`rta 

asrlarda yagona dinga aylandi, arab tili esa ilm-fan maqomiga aylandi. O`rta 

asrlarda Markaziy Osiyo madaniy hayotida tarixiy-adabiy janrlarga daxldor 

asarlar tarjimalari sezilarli o`rin tutdi. 

VII asrlarda fan, san’at, adabiyot, madaniyat yuqori darajada rivojlanib, 

Farobiy, Ibn Sino va Beruniy kabi mashhur olimlar yetishib chiqdi. Biz ularni 

qadimiy tarjimachilik madaniyatimizni boyitgan ilk tarjimonlar sifatida 

 

qadrlaymiz va Sharq Renessans davrining vakillari deb qaraymiz. Abu Rayhon 



Beruniy  qomusiy olim bo`lib, tarjimachilik haqidagi fikr-mulohazalarini yozib 

qoldirgan.  Beruniy o`zining “Hindiston” asarida Gomerning “Iliada” va 

“Odisseya” asarlaridan parchalar keltirgan. Biz uning kitoblarida yunon, rum va 

hind yozuvchilarning asarlaridan tarjima qilingan parchalarni ko`rishimiz 

mumkin. Uning tarjimalari orasida “Qissai Vomiqu Uzro”, “Qosimus-surur va 

aynul-hayot”, “Hurmizdiyor va Mehriyor”, “Bomiyonning ikki sanami”, “Dah, 

Moh va Kiromiduht”, “Nilufar” eposlarining tarjima kitoblari bor. U bu asarlarni 

fors tilidan tarjima qilgan bo`lib ular “qiziqarli va hayajonli hikoyalar deb 

“Fehrastda” ta’kidlangan. Beruniy 60dan ortiq asarlarni tarjima qilgan va hind 

tilidan arab tiliga o`girilganlari “Pantajala”

2

 nomi biln mashhurdir.  



Tarjimonchilik faoliyatida katta iz qoldirgan Mahmud Koshg`ariy ham 

o`zining  “Devonu lug`atit-turk” asarida turk qabilalarining  shevalariga xos 

so`zlarining arab tilidagi ekvivalentlarini keltirgan. Abulqsim Mahmud bin 

Umar Zamaxshariy Markaziy Osiyoda ilk bor arabcha-forscha “Muqaddimat-ul 

1

G`ofurov I., Mo`minov O.,Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent:Tafakkur Bo`stoni,2012.-B.51. 



2

Buyuk siymolar, allomalar. Toshkent: 1995, 1 kitob 48b. 

12 

 

                                                           



adab” (“Arab ilmiga kirish”) lug`atini yaratgan.  Olim so`zlarning 

etimologiyasiga alohida e’tibor qaratdi. 

Xorazmda tarjimonlik maktabining asoschilaridan biri Muhammad Rizo 

Ogahiydir.Ogahiy o`zbek tiliga Sharqning mashhur “Xaftpaykar”, “Guliston”, 

“Shoh va Gado”, “Yusuf va Zulayho”, “Bahoriston” kabi Ganjaviy, Sheroziy, 

Dehlaviy, Jomiy, Hiloliy asarlarini va “Zafarnoma”, “Nodirnoma”, “Ravzat us-

safo” kabi tarixiy asarlarni tarjima qilib, XIX asrning buyuk tarjimoniga 

aylangan. Ogahiy mahoratli tarjimon sifatida 19 ta asarni  fors tilidan o`zbek 

tiliga o`girgan va madaniy merosimizni boyitgan.

1

 



Ogahiy Munis Xorazmiy oxiriga yetkazmagan asari “Ravzas us-safo”ni 2-

3 jildlarini tarjima qilgan. Ogahiy quyidagi tarixiy asarlarini o’zbek tiliga 

tarjima qilgan: “Nodirnoma” (Muhammad Mahdixon), “Zafarnoma” 

(Sharafiddin Ali Yazdiy), “Tazkirai Muqimxoniy” (Muhammad Yusuf 

Munshiy), adabiy asarlardan: “Haft paykar”(N Ganjaviy), 

“Guliston”(S.Sheroziy), “Hasht-bihisht” (Xusrav Dehlaviy) “Yusuf va 

Zulayho”, “Solomomon va Ibsol”, “Bahoriston” (A.Jomiy), “Badoye ul-

vaqoye”,  “Qobusnoma” (Kaykovus) va boshqalar.

2

 

XX asrning 30-yillardan  ingliz adabiyoti  namunalari  tarjima  qilina  



boshlandi. Hozirgi kunga qadar bir qancha Amerika va Lotin Amerika 

yozuvchilarning, jumladan,  20 dan ortiq ingliz yozuvchilari va shoirlarning 

kitoblari o`zbek tiliga o`girilgan. “Robinzon Kruzoning sayohatlari” asari 

o`zbek tiliga ingliz adabiyotidan qilingan ilk tarjimadir. Bu kitobni 1911-yilda 

o`zbek tiliga Muhammad Fozil Otabek ozarbayjoncha bayon tarjimadan 

ag`dargan.  

O`zbek adabiyotida badiiy tarjimachilikdagi ilk yorqin misollar Xamza 

Xakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Hamid Olimjon, G`afur 

G`ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Mirtemir, Zulfiya boshqa ko`plab ijod 

ahllarining qalamiga mansubdir.   

1

G`ofurov I., Mo`minov O., Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent: Tafakkur Bo`stoni,2012.-B.89. 



2

G`ofurov I., Mo`minov O., Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent: Tafakkur Bo`stoni,2012.-B.90. 

13 

 

                                                           



1950-  yillarning oxiriga kelib O`zbekistonda tarjima tarixi tadqiq etila 

boshlandi, taniqli yozuvchi olim va tarjimon Jumaniyoz Sharipov 

“O`zbekistonda tarjima tarixidan”, “Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar” kabi 

monografiyalar chiqardi.  Taniqli olim va fan tashkilotchisi G`.Salomov 

“Tarjimaga nazariyasiga kirish”, “Tarjima nazariyasi asoslari” kabi darslik va 

qo`llanmalar yozdi, “Tarjima san’ati” kabi turkum to`plarini chiqarishga bosh-

qosh bo`ldi. 

O’tgan asrning o`rtalarida trajima nazariyasini keng qamrovli tadqiq etish 

davom etdi, ularda nazariyaga oid ko`p ma’lumotlarga  oydinlik va aniqlik 

kiritildi, tarjimonlar faoliyati o’rganildi. XX asrlarda O`zbekistpnda faol 

tarjimonlik maktabiga asos solindi. 

N. Kamolov, X.Karomatov, N.Vladimirovalar tarjima tarixini tadqiq etish 

ishini boshladilar. Hamidulla Kristofer Marloning  “Amir Temur” asarini 

o`rgandi, o`zbek tiliga o’girilgan matnning o`ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib 

berdi. N.V.Vladimirova esa ayniqsa G`arb bilan Sharq adabiyotini tarjima qilish 

sohasidagi ba’zi muammolarga yechim topishga intildi.  G`aybulla Salomov 

O`zbekistondagi tarjima nazariyasi asoslari asosida ilmiy faoliyat olib bordi. U 

tarjimada milliy xususiyatlarning aks etirishga katta e’tibor bergan va 

frazeologizmlarni tarjimada ifodalash  yo`llari, she’riy tarjimalarning o`ziga 

xosliklari ustida ishlagan. Shuningdek, G`aybulla Salomov chet el tarjimonlari 

tomonidan qilingan “Boburnoma” tarjimalarini mukammal tahlil qilib chiqdi. 

1922-yilda “Boburnoma” hozirgi fors  tiliga Murod Qarluqi tomonidan tarjima 

qilingan. Qarluqning tarjimasini G`aybulla Salomov asl nusxaga yaqinroq deb 

topdi. “Yaqinroq so`zining ma’nosi shundaki, u aniq, ya’ni to`g`ridan-  to`g`ri 

tarjima qilingan deb xulosa chiqargan.

1

 



Jumaniyoz Sharipov “Badiiy tarjima va mohir tarjimonlar” kitobida 

Ogahiy, Mirtemir va Zulfiyaning ijodiy mahoratini ochishga harakat qildi. 

1

 G`ofurov I., Mo`minov O., Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent: Tafakkur Bo`stoni, 2012.-B.90. 



14 

 

                                                           



Badiiy tarjimaning nazariy asosini,  she’riy tarjimaning  milliy uslubini, tarixiy –

nazariy tarjima metodologiyasini, tarjmonlar mahorati qirralarini tahlil qildi.

1

 

1970-1975-  yillarga Gyotening “Faust” (E. Vohidov), Dantening “Ilohiy 



komediya”, “Do`zax”(A.Oripov), Nozim Hikmatning “Inson manzaralari”(R. 

Parfi) kabi asarlarning o`zbek tilida chiqishi she’riy tarjimaga yangicha 

yondashuvlar paydo bo`lgani, Navoiy an’analari o`z ijodiy davomini topganini 

ko`rsatdi. 

Hozirgi zamon o'zbek bolalar she’riyatida shoir Miraziz A’zamning o'z 

o'mi bor. Bu albatta, uning izlanishi, mehnatkashligi, bolalarni va ularning 

adabiyotini qattiq sevishidan  dalolatdir. Ijodkor bolalar o'rtasidagi do'stlik, 

hamjihatlik, ona-Vatanga cheksiz muhabbat, odobli bo'lish, yaxshi o'qish uchun 

harakat qilish, kurashish kabi masalalami ko'proq ochib berishga harakat qiladi. 

Miraziz A’zam 1936 yilda Toshkent shahrida tug'ildi. Maktabda o'qib yurgan 

kezlaridayoq she’riyatga qiziqdi. She’riy mashqlarini Quddus Muhammadiy va 

keyinchalik Qudrat Hikmat boshchilik qilgan adabiy to'garakda sinovdan 

o'tkazar, ijodiy izlanish, o'qish va o'rganishni qizg'in davom ettirar edi. Adabiyot 

va she’riyatga bo'lgan chanqoqlik uni ToshMUga yetakladi.

  Uning   ijodi 

talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda “G’alati 

tush”  nomi bilan chop bo‘lgan.

  Adabiy mashqlari bolalar va o'quvchilar 

gazetalarida, “Gulxan”, “G‘uncha”  jumallarida bosila boshladi. Universitetni 

muvaffaqiyatli tamomlagan M. A’zam bir qator gazeta va  jumallarda ishladi. 

Shoirning “Metallurg”, “Aqlli bolalar”, “Senga nima bo'ldi?”, “G'alati tush”, “Er 

aylanadi”, “Erga dovruq solamiz”, “Haqiqatning ko'zlari”, “Sabot”, “Tuyg'ular”, 

“Bir cho'ntak yong'oq”  kabi to'plamlari bolalar kitob javonlaridan mustahkam 

o'rin olgan. Miraziz A’zamning juda ko'p she’r va qo'shiq, ertak, dostonlari 

kattakichik bolalaiga bag'ishlangan. U har bir asarida bolajonlar uchun, albatta, 

bir yangilik, bir yaxshi gap aytish ishtiyoqi bilan qaynab toshadi va buning 

uddasidan chiqadi. Masalan, «Yer aylanadi» she’rini olib ko'raylik. Bunday olib 

1

 G`ofurov I., Mo`minov O., Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent: Tafakkur Bo`stoni, 2012.-B.91. 



 

15 


 

                                                           



qarasangiz, bu bir oddiy gap. Axir necha ming asrdan beri u aylanadi, yana 

aylanaveradi, bu haqda jozibali she’r bo'lishi mumkin emas, degan tushuncha 

xayolingizdan o'tadi. Lekin she’mi o'qiydigan bo'lsangiz sizning tasavvuringiz 

butunlay o'zgaradi. Murg'ak qalb u yoqda tursin biz kattalar ham yerning 

aylanishi, onlarning o'tishi, shamolning esib turishi bilan o'sib ulg'ayishimiz, 

kamol topishimiz, bunyodkorlik ishlarimiz ko'z o'ngimizdan o'tadi. Qilgan 

yaxshi-yomon ishlarimizni o'ylaymiz. “Yer aylanadi”  — xuddi shu haqda bahs 

yuritadi: 

Asta-asta shamol esadi, 

Asta-asta yer aylanadi. 

Asta-asta odam o'sadi, 

Asta-asta yer aylanadi.

1

 

Kichkintoylar ko'pincha hayot murakkabligidan bexabar bo'ladilar. Ular 



kattalarning ko'magida, o'zlari tinglagan badiiy asarlari yordamida olam 

mo`jizalari, turmush bilan tanishib boradilar. Miraziz A’zamning “Bedananing 

buvisi”  she’ri kichik yoshdagi bolalaiga juda qo'l keladi. Bu she’r xalq og'zaki 

ijodi an’analari ta’sirida yaratilgan. Yosh kitobxonlar she’rda bedanalarning 

turmush tarzlari bilan yaqindan tanishib oladilar. Xuddi insonlar kabi ularning 

ham qavm-qarindoshlari, keksa-yoshlari bo`lishini, kasal-sog' yurishlarini buvi 

bedana kechmishlari orqali tushunib yetadilar. Buvi dardga chalinib, og'ir kasal 

bo'lib qoladi, tomog'idan ovqat o'tmaydi. Hammaning tinchligi, oromi buziladi, 

har kim qo`ldan kelgancha unga madadkor bo'lishga intiladi. Bu epizod chiroyli 

va ta’sirli chizilgan: Bedananing otasi bor ekan, nor ekan, Onasiga oriyat yor 

ekan, yor ekan. Dori-darmon, o`t-o‘lan keltirib, keltirib, Qari qushga tutishib, 

ichirib, yedirib, Aylanishib boshida turdilar. Sog‘ayishning chorasini ko'rdilar, 

ko'rdilar... Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq. Biz har doim bolalar adabiyotida o'y-

o'ylash, xayol surish, o'zining uchqur xayollari bilan yashash haqida yozilgan 

asarlarni qizg'in qo'llab  quvvatlaymiz. Miraziz A’zamning ham “Xayol surish” 

she’rining qahramoni har bir narsani tezroq bilib olgisi, uning poyoniga yetgisi 

1

www.Ziyonet.uz.  



16 

 

                                                           



keladi. Lekin u qanchalik o'ylanmasin, xayol surmasin, aqliy tafakkuri hali to'la 

rivojlanmaganligi sababli ko'p narsalami tushunmaydi, ojizlik qiladi. Ota 

o'g'ilini unchalik o'ylamaslikka chaqiradi. Otaning nasihati bilan bola o'zini 

tinchita  olmaydi:  Kun  qisqa  qanday  qilib  kun  chiqadi,  deb  о`ylayman,  Tun 

cho`zilsa, nega tun cho‘zildi, deb o`ylayman.

1

 Uni xayol qilaman, Buni xayol 



qilaman o`ylayman, bari bir, o`ylayman. Miraziz A’zamning «Biz yengamiz 

bo'ronlami» she’ri bugungi mustaqillikka juda qiyinchilik bilan, kurashlar bilan 

yetib kelganligimizni jarangdor misralar bilan chiroyli ifodalab beradi: Bizni 

bosdi dovullar, sellar  -  Omon chiqdik bo'ronlardan, Omon yashar botir ellar – 

Qo`rqmas vahshiy hayvonlardan, Qorli, muzli cho‘qqilar ham Qolib ketar 

poyimizda. Jasur qo'shiq bizga hamdam Har bir qo'ngan joyimizda.

2

 Shoir bu 



bilan chegaralanib qolmaydi. Hali oldinda qiladigan ishlarimiz, ulug‘ 

maqsadlarimiz borligini ta’kidlaydi, bolalarni yuksak axloq-odobli bo'lishga, 

kattalaming ishlarini davom ettirishga chorlaydi: Maqsadimiz tog'day ulug' — 

Chambarchasdir tutash qo'llar. Ozodlikning yo'li qutlug' —  Olg'a, do'stlar, 

og'aynilar!

3

 Miraziz A’zamning “Qirq bolaga qirq savol”, “G'alati tush”, 



“Nurxon bilan Burxon”, “Ota bilan bola”,  “Bir cho'ntak yong'oq” (turkum), 

“Alla”,  “Bola va ona”,  “Yo'tal bobo”  kabi she’r va qo'shiqlari bolalar 

adabiyotida katta o'rin  egallaydi. “Asror”,  “Erk qushi”,  “Ona yurt osmonida”, 

“Antiqa”  kabi doston, ertak-dostonlari ham bolalarda katta qiziqish uyg'otib 

kelmoqda.  

Miraziz A’zam haroratli, shijoatli publitsist hamdir. Uning madaniy-

adabiy merosni ko‘z qorachig‘idek asrashga da’vat etuvchi bir qator tarixiy-

adabiy maqolalari shular jumlasidandir. Adib mohir tarjimon, adabiyot va 

madaniyatning hormas targibotchisi ham. Uning turk, rus, nemis adiblaridan 

qilgan tarjimalari, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari ko‘pchilik 

mutaxassis va oddiy o‘quvchi ixlosini orttirdi. Miraziz A’zam ijodi gullagan, 

sermahsul, serfayz bo‘lishiga ishonsa bo‘ladi. 

1

 www.Ziyonet.uz 



2

 www.Ziyonet.uz 

3

 www.Ziyonet.uz 



17 

 

                                                           



Miraziz A’zam 50 yildan buyon o`zbek o`quvchilarini jahon bolalar 

adabiyoti bilan tanishtirib kelmoqda.  So`nggi yillarda bir qancha 

o`qituvchilar, o`quvchi va talabalar, adabiyot mutaxassislari  bolalar 

adabiyotiga oid barcha tarjimalarni jamlab berishni yozuvchidan so`rardilar. 

Keyingi ikki yil ichida ko`pchilikning mana shu ehtiyojlarini hisobga olib, 

yozuvchi va tarjimon M. A’zam tarjimalaridan to`plam tuza boshladi. Va 

nihoyat mazkur to`plam “Jahon bolalar adabiyoti” nomi ostida vujudga keldi, 

va   u  o`n tomdan iboratdir. To`plamdan Angiya Barto, Korney Chukovskiy, 

Redyard Kipling, Robert Stivinson, Alan Milln, Nozim Hikmat, Janni Rodari 

va boshqa ko`pgina mashhur yozuvchilarning asarlarini topishimiz mumkin.    

Kitob tayyor bo`lganda undagi kamchiliklar ko`zga tashlandi. Ispaniya, 

Vengriya, Portugaliya, Gretsiya kabi Yevropa mamlakatlaridan, Afrika 

yurtlaridan, Chilidan boshqa Janbiy Amerika mamlakatlaridan, Osiyoning 

Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Koreya kabi qator davlatlaridan, Avstraliyadan 

bolalar adabiyoti namunalari yo`qligi, bu yurtlarning tillarini biluvchi 

mutaxasislar uchun hali keng maydon ochiq qolganligini ko`rsatadi.  

Tanlangan millatlarning bolalar adabyoti namoyondalari va ularning 

faoliyati haqida to`laroq tasavvur uyg`otish va kitobning o`qishli bo`lishini 

ta’minlash maqsadida, kamida 5-6, ko`pida 10-15 she’r, ba’zan 1-2 bosma 

taboq hajmida 1-2 hikoya yoki bir necha ertak, doston va afsonalar tanlab 

tarjima qilindi. 


Download 407,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish