O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet369/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

k o ‘rish

  mum­


kin.

Insonning  hayot  va  mamot  oralig'iga  tushib  qolishi,  bunday 

og‘ir  sharoitda  yashash  muammosi  —  individuallikning  o‘zi  umum- 

insoniy  muammoga  aylanganligidan  dalolat  beradi.  O'z  navba- 

tida,  tarixiy  vaziyatning  o‘zi  bugun  hayot  va  mamot  oralig'iga 

tushib  qoldi.  Endilikda  insoniyat  yashashi  ham,  yer  kurrasida 

mavjud  bo‘lib  qolishi  yoki  qirilib  ketishi,  halok  bo£lishi  ham 

mumkin.  Insoniyat  tarixida  birinchi  marta  o‘lim  abstraktlikdan 

reallikka  aylandi.  Ana  shunday  sharoitda  inson  deb  ataluvchi  tirik 

mavjudot  (jins)  hayotida  ham,  yakka  individ  hayotida  ham  katta 

jasorat,  mustahkam  refleksiya,  baquwat  iroda,  nooqilona  inti-

373



lishlarga,  o‘ylovsiz  his-tuyg‘ularga  qarshi  kurash  malakasiga  ehtiyoj 

kuchaydi.

Inson  bolasining  dahshatli  hayot  va  mamot  o'rtasiga  tushib 

qolganligi,  har  bir  qo'ygan  o‘ylovsiz  qadami  ko‘z  ко‘rib,  quloq 

eshitmagan  fojialarga  olib  kelishi  mumkinligini  zudlik  bilan  ilg'ab 

olishi  darkor.  Hatto  bugun  ko'pchilikni  qamrab  olgan  qo'rquv 

tuyg‘usi  ham  yer  yuzasidan  insoniyatni  saqlab  qolishga  xizmat 

qilmog'i  zarur.  Awallari  yakka  kishiga  qo'llanilgan  ekzistensial 

tushunchalarning  butun  insoniyatga  nisbatan  ishlatilishi,  noyob 

individ  va  jamiyat  taqdiri  ajralmas  ekanligidan  dalolat  beradi.

Inson  o'zining  insoniyatdan  ajralmas  ekanligini  anglab  oli- 

shida  erkindir  va  u  buni  anglab  olishi  6hart.  Ekzistensializm 

falsafasining  tushUntirishicha,  insonni  har  qanday  vahima,  dah- 

shatlardan  taraqqiyot  saqlab  qoladi.  Ispan  faylasufi  X.Ortega-i- 

Gaset  (1883— 1955-y.)  ta ’kidlaganidek,  inson  substansiyasi 

hisoblangan  taraqqiyot  g'oyasi  yevropaliklar  va  amerikaliklardan 

radikal  xavf-xatar  tuyg‘usini  uxlatib,  so‘ndirib  qo‘yadi.  Agar 

insoniyat  taraqqiyot  tomon  doimiy  ilgarilab  boraversa,  oxir- 

oqibatda  biz  o'zimizni  hamisha  ehtiyotkor  bo'lish  tuyg'usidan 

xoli  qilgan  bo‘lamiz,  o‘zimizni  barcha  tashvishlardan  yiroqlash- 

tiramiz,  har  qanday  mas’uliyatlardan  ozod  qilamiz  va  insoni- 

yatning  o‘zini  yanada  takomillashtirishT  va  huzur-halovatda  ya- 

shashi  uchun  imkoniyat  yaratgan  bo‘lamiz.  Taraqqiyot  tufayli 

insoniyat  tarixi  har  qanday  dramatizmdan  ozod  bo‘ladi.

Shunday  qilib,  klassik  falsafiy  fikrlash  madaniyati  asosida 

ratsionalizm  yotgan  bo'lsa,  XX  asrga  xos  antiklassik  falsafada 

irratsionalizm  ruhi  hukmronlik  qildi.  Klassik  falsafa  bilan  anti­

klassik  falsafadagi  eng  muhim  kurash  —  ratsionalizm  bilan  ir­

ratsionalizm  o'rtasidagi  kurashda  o‘z  ifodasini  topdi.

Agar  ratsionalizm  falsafasi  inson  —  odam  deb  nomlanuvchi 

tirik mavjudotning  tipik vakili,  mustaqil  shaxsni  har  tomonlama 

o'rgangan  bo'lsa,  ekzistensializm  falsafasi  o'zining  butun  sa’y- 

harakatini  insonning  individual,  o'ziga  xos,  takrorlanmas  xu- 

susiyatlarini  o‘rganishga  qaratdi.  Boshqacha  aytganimizda,  ek­

zistensializm  falsafasining  tadqiqot  obyekti  —  inson  borlig‘ining 

individual  xususiyatlari,  inson  hayotining  ma’nosi  va  mazmuni, 

uning  bilimlari,  qadriyatlari,  bir  ibora  bilan  aytganda,  shaxs­

ning  «hayotiy  olami»dir.  Ekzistensializm  namoyandalarining  fikriga 

ko‘ra,  insonning  «hayotiy  olami»  —  moddiy  olamning  qanday-

374



dir  bir  lahzasi  emas,  balki  uning  ma’naviy  olamiga  ta ’sir 

o‘tkazuvchi  barcha  subyektiv  omillaming  ham  natijasidir.

XX  asrning  inson  falsafasi  —  ekzistensializm  tarixiy  taraq- 

qiyot  negizida  vujudga  keldi  va  inson  borlig‘ining  barcha  jabha- 

larini  o‘zida  qamrab  oldi.  0 ‘z  navbatida,  ekzistensializm  XX 

asrning  ijtimoiy  inqirozi  zamonida  shakllandi  va  rivojlandi.  In­

sonning  eng  og‘ir  damlardagi  holati,  ichki  kechinmalarini 

o‘rgandi.  Bunday  og‘ir,  murakkab  vaziyatdan  chiqish  muam- 

molarini  har  tomonlama  tahlil  etgani  uchun  ekzistensializm 

falsafasiga  Yevropada  ba’zi  birovlar  «inqiroz  falsafasi»,  degan 

yorliq  ham  osdilar.  Shunday  bo'lishiga  qaramasdan,  ekzistensia- 

list  faylasuflar  inqirozga  yuz  tutgan  siyosiy  tuzumlar,  ijtimoiy- 

iqtisodiy  doktrinalar,  madaniy-ma’naviy  an’analar  markazida 

turgan  inson  haqida  o‘ylay  boshladilar.  Inson  haq-huquqlari, 

baxt-saodati,  shaxs  erkinligini  himoya  qila  boshladilar.

Ekzistensializm  falsafasi  inson  o'zining  olijanob  gumanistik 

maqsadlariga  erishmog'i  uchun,  eng  awalo,  mutlaqo  erkin 

bo‘lmog‘i  zarur,  deb  tushuntirdi1.  Erkinlik  —  bu  onglilikdir.  Inson 

erki  o‘z  qo'lida  bo‘lsa,  o'zining  hayotdagi  ma’naviy-axloqiy  po- 

zitsiyasini  o‘zi  tanlash  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Kundalik  amaliy 

faoliyatini  xuddi  shu  pozitsiyadan  turib  boshqaradi.  Inson  tur- 

mush  tarzida  erkinlik  barqaror  bo'lgandagina  ular  o'zlarining 

amaliy  faoliyatlarini  tashqi  muhit  ta ’sirida  emas,  balki  ichki 

ta ’sirlanish,  ichki  uyg‘onish  ta’sirida  umuminsoniy  manfaatlar 

tomon  boshqaradilar.


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish