halol kishi bilan suhbat qurish insonga ma’naviy kuch-quwat
bag'ishlashini tushuntirib berdilar. Ana shunday shirin xayollar,
hayotga muhabbat, kelajakka umid, yaxshi kunlar, farovon tur
mush istagi bilan yashagan shoiralar, afsuski, kundalik turmushda
batomom teskari odamlar bilan uchrashdilar. Bunday ikkiyuzlama
turmush tarzi ijodkorlar bag‘rini tilkapora qildi.
XIX asr sharoitida Nodira, Uvaysiy, Dilshod va Anbar otin
ayolning jamiyatda, ayniqsa, oilada tutgan o‘rnini tushuntirishga
harakat qildilar. Musulmon ayollarining jamiyatdan ajralib qol-
gan hayotini, tenglikka bo‘lgan intilishlarini bayon qildilar. Ayollar
haq-huquqining erkaklar bilan teng bo‘lishini talab qilgan shoi
ralar, avvalo, onalar haqida fikr yuritdilar. Onalarning insoni-
yat oldidagi buyuk xizmatlari, xususan, jamiyat kelajagi ular
bilan bog‘liq ekanligini tushuntirishga urindilar.
Ular dinlarni hurmat qilar, ularni umuminsoniy qadriyat,
deb tushunar edilar. Barcha dinlarning olam bilan odam
o'rtasidagi o‘zaro aloqadorligini tushuntirishdagi xizmatlarini o‘ta
qadrladilar. Shunday bo'lishiga qaramasdan, bunday buyuk umu
minsoniy qadriyat obro‘-e’tiborini tushirayotgan ba’zi dindorlar-
ni qattiq tanqid qildilar.
Xususan, tasavvuf hurfikrliligidan ilhomlangan Dilshod o‘zining
hajviy she’rlarida ayrim din rahnamolarining badkirdor qiliqlarini
fosh etdi. So‘zi bilan ishi bir xil bo'lmagan dindorlar ustidan
kuldi. Ularni islom qoidalari musaffoligini ta’minlashga chaqirdi.
Uvaysiy, Dilshod va uning shogirdi Anbar otin o‘z davri-
ning mahoratli muallimalari edilar. 0 ‘z shogirdlariga nafaqat
diniy, balki dunyoviy, aqliy, axloqiy tarbiya, hayotga muhab
bat, kelajakka ishonch, umid, turmush quvonchlari-yu tash-
vishlariga sabr-toqat bilan bardosh berish malakalarini shakl-
lantirishga e’tiborlarini qaratdilar. Erkin fikrlash, chiroyli so‘zlash
sirlarini o‘rgatar, aql-farosatni peshlovchi topishmoqlardan us-
talik bilan foydalanardilar.
U lar jam iyat hayotidagi qoloqlik sabablarini xonliklar
o'rtasidagi o‘zaro urushlardan, xon-u beklar o‘rtasidagi toj-u
taxt uchun bo'lgan kurashlardan izladilar. Kishilar ma’naviy-
axloqiy qiyofasidagi qashshoqliklarni ma’rifatsizlikdan qidirdilar.
Urushlarga barham berishni, ijtimoiy qoloqlikni, ma’naviyatsizlikni
tugatishning birdan-bir yo‘li — fuqarolarni bilimli, ziyoli qilish-
dir. Bilim, ziyo odamlami har qanday ijtimoiy baxtsizliklardan
qutqaradi, jamiyatni go‘zal, farovon qiladi, deb hisobladilar.
287
XIX asrning birinchi yarmida ijod etgan shoiralar orasida
Anbar otin o‘zining falsafiy fikr-mulohazalari bilan boshqa
shoiralardan ajralib turar edi. Uning «Qoralar falsafasi» asarida
bayon qilingan inson to ‘g‘risidagi falsafiy fikrlarning teranligi
buning yaqqol isbotidir.
Anbar otin fuqarolar turmush tarzidagi salbiy illatlami, in
son xulq-atvori, xatti-harakatidagi g‘ayriinsoniy qiliqlami jamiyat
hayotidagi turli noxushliklarni aql-zakovat imkoniyatlari yorda
mida bartaraf etish mumkin, deydi. Chunonehi, uning fikriga
ko‘ra, «Agar odamlar aqllarini vazir bilib, o‘z vazirlarini o‘zga
vazirlar ila hamkor qilib, mashvarat ila harakat qilsalar, aqlli
vazirlar dunyoni bosib yotgan qora zulmatni, hatto zulumotni
ham bartaraf etib, sof va olamni ravshan qilishga muyassar
0
‘lurlar»1.
Anbar Otin «Qoralar falsafasi» asarida jamiyatda odamlar
nasli-nasabi, millati, dini, irqidan qat’iy nazar, teng bo'lmoqlari
zarur, deb hisoblaydi. Odamlarni tani, rangi, irqiga qarab kam-
sitmaslikka da’vat etadi. Hindiston va Afrikadagi qora tanli xalqlar
hayotini aks ettiruvchi lavhalar bitar ekan, insonning inso
niyligi uning tashqi qiyofasining go'zalligi bilan emas, balki
m a’naviy-axloqiy fazilatlari, xususan, insonparvarlik g‘oyalariga
sadoqati bilan o ‘lchanadi, degan g‘oyani ilgari suradi. «Qoralar»
tushunchasi yordamida zulm, jabr-u jafolarga giriftor bo‘lgan
mehnatkash xalqni har tomonlama ulug‘laydi. Ularni jamiyatda
mavjud bo'lgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklaming bunyod-
kori, deb baholaydi.
Shunday qilib, XVI asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha
bo‘lgan davrdagi musulmon faylasuflarining inson to ‘g‘risidagi
qarashlari asosida, bir tom ondan sunniylik har tomonlama
ulug‘lagan insonparvarlik g‘oyalari yotsa, ikkinchi tomondan,
ratsionalizm va sensualizm yotardi. 0 ‘z navbatida, barkamol
insonni ulug‘lovchi insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ibot va tash-
viqot qilish Sharq ma’rifatparvarligining shakllanishi uchun asos
bo‘ldi. Sharq ma’rifatparvarligining vujudga kelish arafasidagi o‘ziga
xos xususiyat shundaki, bu davrda Sharq renessansi sharoitida
vujudga kelgan madaniy-ma’rifly an’analar, chunonchi, barkamol
inson to ‘g‘risidagi fikr-mulohazalar davom ettirildi, yangi dalil-
lar bilan boyitildi.
Do'stlaringiz bilan baham: