Fuqaroning bog‘chasidan sulton uzsa bir olma,
Navkarlari q o ‘poradi daraxtlaming ildizin.
Zo ‘rlik bilan beshta tuxum ola qolsa podshoh,
Askarlari sixga tutar tovuqlardan besh yuzin2,
Sa’diy Sheroziy odamning inson darajasiga ko‘tarilishida tar-
biyaning roli katta ahamiyatga ega deb biladi. Shuning uchun
ham tarbiya berishni insonning yoshligidan boshlash zarurligiga
e’tiborni qaratadi.
Kimga yoshligidan berilmas odob,
Ulg‘aygach b o ‘ladi, baxtsiz dili g ‘ash.
H o ‘l navda egilar qay xilda egsang,
Quruqni to ‘g ‘rilar fa q a t o ‘t-otash3.
Sheroziy tarbiyani nasli-nasabi toza bolaga berish lozim, deb
hisoblaydi. Nasli-nasabi toza bolaning xulq-atvori, xatti-haraka-
tida, hatto biron nuqson mavjud bo‘lsa ham uni tarbiya yor
damida to ‘g‘ri yo‘lga solish mumkin. Nasl-nasabi past bolaga
berilgan tarbiya, dili qora kishiga qilingan pand-u nasihat be-
foydadir, deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |