O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Abu  Rayhon  Beruniy.  Tanlangan  asarlar.  1-tom,  Toshkent,  1968,  150-bet



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

1  Abu  Rayhon  Beruniy.  Tanlangan  asarlar.  1-tom,  Toshkent,  1968,  150-bet.

2  O'sha  asar,  150-bet.

3  Q ‘sha  asar,  2-tom .  101—102-betlar.

160


Yolg‘onchilikning  o‘sib  borishi  bilan  inson  umri  zavol  topadi. 

0 ‘z  navbatida,  yolg‘onchilikning  ortib  borishi  bilan  yaxshilik 

kamaya  boradi.  Yaxshilikning  kamayib  borishi  nafaqat  kishilar 

umrini  qisqartiradi,  balki  ular  orasida  turli  mojarolar  keltirib 

chiqaradi.

Beruniy  yolg‘onchilikni  turli  guruhlarga  ajratadi.  Chunonchi, 

ba’zi  birovlar  bilmasdan  yolg‘on  xabar  berishsa,  ayrimlar 

o‘zlarining  so‘zlarining  yolg‘onligini  bila  turib  noto‘g‘ri  ma’lumot 

beradilar.  Yana  allakimlar  birovlarga  yaxshi  ko‘rinish,  o‘z  mar- 

tabasini  oshirish,  xushomad  qilib  boylik  orttirish,  kimlargadir 

o‘zini  yaqin  qilib  ko‘rsatish,  o‘zini  turli  jinoyatlardan  qutqa- 

rish,  kishilar  o‘rtasida  nizo  chiqarish  uchun  yolg‘on  gapiradilar. 

Shuningdek,  ayrim  kishilar  tarafkashlik,  o‘zi  yoqtirmagan  ki- 

shi,  toifa  yoki  guruhni  ataylab  yomonlaydilar,  o'zlarining  ham- 

tovoqlarini  maqtab  so‘zlaydilar.

Abu  Rayhon  Beruniy  axloqsiz,  odobsiz  kishilarni  qayta  tar- 

biyalash  mumkin,  deb  hisoblaydi.  Buning  uchun  o‘sha  axloqsiz, 

odobsiz  kishilarni,  birinchi  navbatda,  nafsoniy  hirs-havaslardan 

tozalamoq,  ularga  odob-axloq  normalarini  o‘rgatmoq  lozim. 

Boshqacha  aytganimizda,  Beruniyning  fikriga  asosan,  axloqsiz, 

odobsiz  kishilar  jamiyatdagi  yaxshi  odamlarga  ergashsalar  qayta 

tarbiya  topadilar.

Abu  Rayhon  Beruniyning  fikriga  ko‘ra,  inson  o‘z  mehnati 

bilan  ulug‘dir.  Mehnat  yordamida  inson  o‘z  badanini  turli  illat- 

lardan,  xususan,  dangasalikdan,  yalqovlikdan,  ishyoqmaslikdan 

qutqaradi.  Inson  mehnatsiz  shon-shavkatga,  hech  qanday  mar- 

tabaga  erisha  olmasligini  qayta-qayta  ta’kidlaydi.  Yuqori  martabaga 

mehnatsiz,  osongina  erishgan  kishi  farog‘at  va  rohat  soyasida 

yashaydi,  yaxshi  kiyinadi,  ammo  ulug‘lik  libosidan  mahrum, 

yalang‘och  bo‘ladi.

Beruniy  o‘zining  «Mineralogiya»  asarida  inson  mehnatini  og‘ir 

jismoniy  va  yengil  mehnat  turlariga  bo‘ladi.  U  binokor,  ko‘mir 

qazuvchi,  hunarmand,  ilm  ahli  mehnatini  og‘ir  mehnat,  deb 

ataydi.  Og‘ir  jismoniy  mehnat  qiluvchi,  xususan,  yer  ostidagi 

konlarda  ishlovchi,  yer  ostida  gavhar  qidiruvchilar  mehnatini 

jamiyat  qadrlashi,  ularga  ma’lum  imtiyozlar  berishi  lozim.  Ay­

niqsa,  yerga  ishlov  berib,  hammani  yedirib-ichirib  turgan  deh-

161



qonlarga  alohida  mehribonlik  ko‘rsatishi  lozim,  deb  ta’kidlaydi. 

Ilm  ahli  mehnatini  ta’riflab,  ilm  olish  o‘ta  mashaqqatli,  lekin 

jamiyat  uchun  eng  kerakli  mehnatdir,  jamiyat  olimlar  mehnatini 

hamisha  hurmat  qilishi,  qadrlashi  zarur,  deb  hisoblaydi.

Abu  Rayhon  Beruniyning  e’tirof  etishicha,  insonning  qadr- 

qimmati,  jamiyatdagi  o ‘rni  mehnati  bilan  baholanmog‘i  darkor. 

Mehnat  har  bir  kishining  kundalik  ehtiyojiga  aylanmog‘i  lo­

zim.  Har  bir  kishi  o‘z  xohish-istagi  bilan  mehnat  qilmog‘i 

kerak.  Odamlarni  majburiy  mehnat  qildirish  yo‘li  bilan  jamiyat 

hech  qachon  yuksaklikka  ko‘tarila  olmaydi.  Kishilar  xohish- 

istaklariga  qarshi  bo‘lib,  ularni  majburan  zo‘rlab  ishlatishga 

Beruniy  o‘rta  asr  sharoitidayoq  qarshi  chiqqan  edi1.  Mehnat - 

kash  kishiga  jabr-sitam  o‘tkazuvchi  ishboshilarni  bo'rilarga, 

kalxatlarga  o'xshatgan  edi.

Abu  Rayhon  Beruniyning  fikriga  muvofiq,  kishilarning 

madaniy  saviyasi  ortib  borishi  bilan  jamiyat  hayotining  madaniy- 

lashish  darajasi  ortib  boradi.  Insonning  madaniy  saviyasi  qancha 

baland  bo‘lsa  uning  shodlik,  xursandchilikka,  musiqaga  bo‘lgan 

ehtiyoji  ortib  boraveradi.  «Madaniylashgan  kishilar  ichidan  nozik 

(tabiatli)  odamlar  ko‘ngil  ochar  (shodlik  bag‘ishlaydigan)joylarga 

borib  turishni  odat  qildilar;  bunday  joylarga  faqat  nozik  (tabi­

atli)  kishilar  emas,  balki  boshqa,  musiqaga  yanada  kuchliroq 

tashna  bo‘lganlar  ham  ohang  tinglash  uchun  boradilar...  Ohanglar 

esa  ruhga  (qalbga)  tartibga  tushirilgan,  shaklga  kiritilgan 

bo‘lgandagina  kuchli  ta ’sir  qiladi:  Chunki  ruh  (qalb)  tartibga 

kirgan  narsani  tezroq  qabul  qiladi...»2

Beruniy  tushuntirishicha,  inson  boshqa  maxluqotlardan  olamda 

sodir  bo‘layotgan  hodisa,voqealar  sababini  bila  olish  bilan  ajralib 

turadi.  Olamda  bo‘layotgan  o‘zgarishlar  sababini  inson  o‘zining 

sezgilari  yordamida  bilib  oladi.  Inson  miyasida  hosil  bo‘lgan 

bilimlar  tashqi  olamning  ifodasidir.  Ushbu  ma’lumotlar  sezgi 

organlarining  bajargan  ishi  tufayli  sodir  bo‘ladi.  Agar  sezgi 

organlari  bo‘lmaganda  olamning  manzarasi  haqida  tasawurga  ega


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish