Umar Xayyom dir
(1048-1123). M ashshoiyyun-mutafakkirlar ichida u alohida ajralib
turadi. Umar Xayyom Forobiy va Ibn Sino izidan borib, falsafa, mantiq, astronom iya
va boshqa fan sohalariga doir yirik asarlar yaratdi. Uning estetik qarashlari ko’proq
1 Ibn Sino.Salom on va Ibsol, -Т.: G ’.G ’ulom nomidagi Adabiyot va san ’at nashriyoti. 1980. 100-b.
2 Ibn Sino. Sherlar va tibbiy doston-T.: 1988. 52-b.
3 Qarang: Abdulla Sher «Sog’lom avlod » jurnali. 1996. № 9-10.
42
ruboiylari
va
«N avro’znoma»
asaridan
joy
olgan.
Xayyom
qarashlarini
ekzistentsiyachilikning ibtidosi deyish ham mumkin.
Xayyom murakkab faylasuf-shoir, uning merosiga faqat bir tomonlama
yondashish mumkin emas. Ayniqsa faylasufning ruboiylari m uallif dunyoqarashining
k o ’pqirraliligi bilan ajralib turadi. Shunisi muhimki, Xayyom o’z dunyoqarashini
risolalaridan k o ’ra, she’riyatida teranroq ifodalagan, uni estetik shaklda - nafis
adabiyotning ruboiy janrida o ’quvchiga yetkazishga intilgan, go’zaliik va xunuklik,
fojeaviylik va kulgiiilik mezoniy tushunchalari prizmasidan o ’tkazib taqdim etgan.
Xayyom
nazdida
inson,
keyinchalik
ekzistentsiyachi
Karl
Yaspers
(a’kidlaganidek, ertaga nima bo’lishini, u o ’zini qaerda va qanday holatda ko’rishini
bilmaydi, «u hamma hodisalarda bir xil bo’lolmaydi, u - yo’l»1. Ruboiylaming
ko’pchiligida, ekzistentsiyachilar sevgan ibora bilan aytganda, inson o ’z holiga
tashlab qo’yilganini - unga ixtiyor erkinligi berilgani va taqdir kinoyaga mavzu
bo’ladigan darajadagi hodisa ekanini ko’ramiz; har bir mavjudlikni Alloh yaratgan,
lekin uning xususiyatlarini keyinchalik o ’zgartirmaydi - «o’z holiga tashlab
qo’yadi».
Xayyom ham o ’z salaflari kabi g o ’zallikka alohida e ’tibor beradi, uni inson
bilan bevosita yoki bilvosita bog’liq holda olib qaraydi. Jumladan, narsaiar go’zalligi
ham inson bilan bog’liq. Masalan, oltin nima uchun go’zal? U qimmatbaho rangli
metalligi uchun emas, balki insonga bezak b o ’lgani, inson tashqi a’zolarini
go’zallashtirishga xizmat qiigani sababli g o ’zaldir. U xulqiy go’zaliik haqida fikr
yuritar ekan, tashqi va ichki go ’zallikning uyg’unligi masalasiga alohida urg’u beradi,
barcha mashshoiyyun faylasuflar kabi g o ’zallik bilan ezgulikning yaxlit namoyon
b o ’lishi to’g ’risida to ’xtaladi; go ’zallikni go ’zal yuz bilan bog’lab talqin etadi:
«G o’zaliik barcha tiilarda v asf etiladi va har qanday aqlga xush keladi, - deb
yozadi mutafakkir «Navro’znoma» asarida. - Dunyoda yaxshi narsaiar ko’p, ularni
ko ’rib bahramand b o ’lish odamlami shod etadi va tabiatlarini pokiza qiladi, ammo
hech narsa go’zal yuz o ’mini bosa olmaydi, Chunki go’zal yuz shunday quvonch
bahsh etadiki, boshqa hech qanday quvonch unga teng kelolmaydi. Aytadilarki,
go ’zal yuz dunyoda saodat sababchisidir. Agar go’zal yuz yana yaxshi xulq bilan
uyg’unlashsa, baxt-saodatning eng yuqori darajasi bo’ladi. Agar odam ham tashqi
ko’rinishidan, ham tabiati bilan yaxshi bo’lsa, Xudo va odam lar uchun sevimlidir.
G o’zal yuz to’rt fazilatga egadir. Ulardan biri shuki, go’zal yuz uni ko’rgan
odamning shu kunini xayrli etadi, ikkinchisi, hayotdan baxramand bo’lish onlarini
shirin qiladi, uchinchisi, u odamni ochiq ko’ngilli va olijanob etadi, to ’rtinchisi,
boylikni ko’paytiradi va yuqori mansab ato etadi»1.
Shuni aytish kerakki, may u davrlarda biz hozir tushunadigan «bir yayrash»
uchun ichilgan emas, Xayyom ham, uning salaflari ham mayga boshqacha munosabat
bilan yondashganlar. Xayyom mayni insonning asl o ’ziligini namoyon qiluvchi
vosita, estetik hissiyotni uyg’otuvchi m odda sifatida olib qaraydi, unga alohida
falsafiy maqom - mahaklik (qimmatbaho toshlarni sinaydigan tosh) maqomini
beradi. Bu bejiz emas. Chunki Xayyom insonni koinotning eng qimmatbaho moddasi
deb biladi:
1 U inar Hayyom. N avro'znom a, - Т.: “M ehnat”, 1990. 54-b.
43
Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aqi ko’zin qorasi — javhari ham biz.
T o’garak jahonni uzuk deb bilsak,
Shaksiz uning ko ’zi - gavhari ham biz1.
Ana shu ulug’ insonning real hayoti, uning mavjudligi mohiyatiga to’g ’ri
kelmasligi, ulkan fojeaviylik sifatida X ayyom da skeptisizmga, gohida agnostizmga
moyillik tug’diradi.
Imom G ’azzoliyning san’at va go’zallikka manfaatsiz munosabat haqidagi
qarashlari O ’rta asrlar musulmon Sharq estetikasida mashshoiyyunlik yo’nalishi bilan
birga tasavvufiy y o ’nalish ham vujudga keldi. Uning buyuk vakili ta s a w u f falsafasi
asoschisi, tengi kam faylasuf - ilohiyotchi
Do'stlaringiz bilan baham: |