O ’z b e k is t o n r espu bl 1k a si o L iy va o ’rta m a X su s ta 'lim V a z ir L ic I


-mavzu: Estetika fanining predm eti, maqsad va vazifalari. Estetik tafakkur



Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/78
Sana19.02.2022
Hajmi3,18 Mb.
#457589
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78
Bog'liq
Etika,estetika va mantiq.2014

3-mavzu: Estetika fanining predm eti, maqsad va vazifalari. Estetik tafakkur
tarixi va uning asosiy bosqichiari.
Reja:
1. Estetika fanining predmeti, vujudga kelishi va asosiy tushunchalari.
2. Estetika fanining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o ’rni.
3. Estetik tafakkur tarixi va uning asosiy bosqichiari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
nafosat, estetik tafakkur, mumtoz 
nafosatshunoslik, din, sotsiologiya, psixologiya, pedagogika, ekologiya, estetik 
baholash, estetik tafakkur, estetik faoliyat, estetik bilish, odob estetikasi
Foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. Buyuk va m uqaddassan, mustaqil Vatan. O ’zbekistonning 21 yillik mustaqil 
taraqqiyot y o ’lida qo’lga kiritgan yutuq va natijalari, m am lakatimizning salohiyati va 
qudrati, tub islohatlaming mohiyati va ahamiyatini aholining keng qatlamlariga 
etkazish, joylarda tashkiliy-amaliy, m adaniy-m a’rifiy tadbirlar, targ’ibot-tashviqot 
ishlarini amalga oshirish uchun m o’ljallangan ilm iy-ommabop nashr. - Т.: 
«Iqtisodiyot», 2012.
2. O ’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Т.: “O ’zbekiston” , 2010-yil.
3. I.A.Karimov. 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy M ajlis Qonunchilik palatasi va 
Senatining qo’shma majlisidagi “M amlakatim izda dem okratik islohatlami Yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jam iyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” mavzusidagi 
m a’ruzasi.-“Xalq so’zi” gazetasi, 2010-yil 13-noyabr soni.
4. I. A. Karimov. “Yuksak m a ’naviyat yengiimas kuch”, - Т.: “M a’naviyat”, 
2008- yil.
5. Karimov I .A. Donishmand xalqim izning mustahkam irodasiga ishonaman. 
«Fidokor» gazetasi, 2000-yil, 8-iyun soni.
6. I.A.Karimov. «Barkamol avlod orzusi», -Т.: “O ’zbekiston”, 2000-yil
7. I.A.Karimov. «O ’zbekiston XXI asr b o ’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», -Т.: “O ’zbekiston” , 1997-yil.
8. Karimov I.A. “ H alollik va fidoyilik faoliyatimizning asosiy mezoni bo ’lsin”, 
-Т.. 1994-yil.
9. I.A.Karimov. «O ’zbekiston XXI asrga intilmoqda», -Т.: “O ’zbekiston” , 1997-
yil.
10. Avloniy A. “Turkiy guliston yoxud axloq” , -Т.: 1992-yil.
11. Abdulla Sher, B.Husanov, E.Umarov. Estetika. (Uslubiy qo’llanma),-Т.: 
Universitet, 2008.
12. Kagan M. Estetika как filosofskaya nauka. Spb., 1997.
1. 
Olamdagi m axluqotlar orasida aql-idrok sohibi bo’lgan Odamga yorug’likni 
qorong’ulikdan (kunni tundan), ranglam i (oqni qoradan) farqlay olish, mushohada 
etish, qo’yingki, nafosat, go’zallik, ezgulik, ulug’vorlik, olijanoblik olamiga intilish 
bilan birga xunuklik, xudbinlik, loqaydlik, johillik, pastkashlik kabi illatlarga qarshi 
kurash olib borish qobiliyati in’om etilgan. Inson shu qobiliyati tufayli o ’zligini
32


anglab, komillik sari intilib kelmoqda. Insonning o ’ziga, o ’zi yashayotgan turmush 
muhitiga havodek zarur bo’lgan g o ’zallik, nafosat dunyosini yaratishdagi mashaqqatli 
mehnati tufayli shu qadar ulug’vor ahamiyatga molik bo’lgan m a’naviy boyliklami 
vujudga keltirgan. Ularga hayrat bilan boqib, insonning aql - nafosat qudratiga 
tahsinlar aytamiz.
N afosat va go’zallik dunyosi shu qadar xilma-xil, rango-rang, jozibali, ehtirosli, 
m o’jizali, sehrliki, unda moddiy go’zallik bilan m a’naviy go’zallik uyg’un holda 
chiroy ochib turadi. Insonning nafosat olamini anglashga intilish atrof - voqelikni 
anglashga intilishi bilan chambarchas bog’liqdir. Inson moddiy go ’zallik dunyosini 
bunyod etish jarayonida m a’naviy go’zalliklami ham kashf eta borgan, ya’ni nafosat 
olamining yaratilishi jarayoni uni anglash, mushohada etish jarayoni bilan 
uyg’unlikda sodir bo’lgan.
N afosat olamini yaratish bilan bir qatorda uni angiash, idrok etish, o ’zlashtirish 
maqsadi, ya’ni nafosat olamini tadqiq va tahlil etish zaruriyati paydo bo’ldi. Ayni 
m ahalda bu zaruriyat nafosat (estetika) sohasidagi bilim va tajribalami to ’plashga 
imkon yaratdi. Nafosat odamni o’rganadi, tadqiq va tahlil etish zaruriyatini voqelikka 
aylantirish, mazkur sohada ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, uning mohiyatini 
odam larga anglatish, o ’qitish kabi maxsus vazifalarni estetika fani va o ’quv darsi 
bajaradi.
«Estetika» atamasi Yunoncha «estezis», ya’ni hissiyot, sezish, hayajon 
qo ’zg ’ash m a’nolariga ega b o ’lgan so’zdan olingan. Lekin bu so’z tor mazmun 
doiradan allaqachonlar chiqib ketgan. Aslini olganda, estetika fani va o ’quv darsi 
falsafiy bilimlar majmuida o ’ziga xos, alohida ahamiyatga molik bo’lib, u bir 
tomondan, insonning atrof - muhit, voqelikka munosabatini, ikkinchi tomondan, 
go ’zallik va xunuklik qadriyatlari doirasidagi olamni yaratish jarayonidaga faoliyatini 
namoyon etadi.
Estetika fanining bu ikki tomoni mutanosibligi nihoyat darajada murakkab 
tizim ga ega bo’lib, uni soddalashtirib qolipga solishga urinishtar ko’p hollarda kulgili 
vaziyatlarga olib keladi. Uning bir tomonini bo’rttirib, ikkinchi tomonini unga 
bo’ysundirib qo’yish ham estetika fani mohiyatini buzilishiga olib keladi. Masalan, 
atrof - voqelikni go’zallik mezoni bilan baholashni bo’rttirib yuborish estetikani faqat 
«go’zallik falsafasi» qolipiga zo’rlab sig’dirishga, inson badiiy faoliyati sohasini esa 
faqat «san’at falsafasi» darajasiga tushirib yuborishga sabab bo’ladi.
Estetikaning fan, keyinchalik esa o ’quv darsi sifatida shakllanishi jarayonida 
uni bir qator mustaqil bilim sohalariga bo’lib yuborishlar, y a’ni estetikani «estetik 
qadriyatlar nazariyasi», «estetik idrok etish nazariyasi» va «umumiy san’at 
nazariyasi» sohalariga ajratib o ’rganish hamda o ’qitish maqsadga muvofiq deb 
ko’rsatilgan edi.
Insonning 
estetik 
faolligi jarayonida 
tabiat 
va jam iyat 
qadriyatlari 
munosabatlari tizimidagi estetik xususiyatlar (go’zallik va xunuklik, ulug’vorlik va 
pastkashlik, foxishalik va kulgililik) qonuniyatlari namoyon bo ’ladi. Insonning estetik 
faolligi sifati va darajasi esa estetik qadriyatlar bilan estetik baholash qobiliyati, 
estetik 
idrok 
etish 
bilan estetik 
amaliyot o ’rtalaridagi 
uzviy 
aloqadorlik 
madaniyatning barcha sohalaridagi badiiy va estetik o ’zaro bog’liqlik mezonlari bilan 
o ’lchanadi.
33


Estetika fani hech vaqt faqat atrof - voqelikni estetik va badiiy idrok etish 
qonuniyatlarini o ’rganish bilan chegaralanib qolmay, u tadqiq va tahlil ishlarini 
istiqbol 
maqsad - manfaatlariga yo’naltirib turgan. Estetikaning istiqbolga 
m o’ljallanganligi shu bilan izohlanadiki, u voqelikni nafosat nuqtai nazaridan 
baholashda, badiiy mezon o ’lchovlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqib, amaliy faoliyatga 
tatbiq etishda o ’z ifodasini topadi.
Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari 
uning ijtimoiy - ruhiy, mafkuraviy - g ’oyaviy, siyosiy - m a’naviy intlishlari ham 
tobora tiniqlashib boradi. Chunki, estetik tafakkur insonning maqsad - manfaatlarini 
estetik - badiiy vositalarda nazariy asoslab beradi, estetik madaniyat va badiiy 
am aliyot asoslarini o ’rganish, tahlil qilish bilan boyitadi, estetik nazariyalarning 
falsafiy asoslarini ochib beradi, voqelikni estetik in’ikos etish jarayonlarini k o ’rsatib 
beradi.
Shunday qilib, 

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish