Numerologiya shaxs, uning xususiyatlari xaqida



Download 148,63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.04.2022
Hajmi148,63 Kb.
#591696
Bog'liq
NUMEROLOGIYA – SHAXS, UNING XUSUSIYATLARI XAQIDA



NUMEROLOGIYA – SHAXS, UNING XUSUSIYATLARI XAQIDA 
Numerologiya odamning ismi va familiyasidagi kodlashtirilgan raqamlarni 
izoxlaydi. Usul oddiy. Quyida berilgan jadvalga asosan siz shaxsiy 
xususiyatlaringizni va yaqinlaringizni xarakter xususiyatlarini aniqlay olasiz. 
Shaxsni o’rganish
Numerologiya 1 dan 9 gacha bo’lgan raqamlarga tayanadi, ushbu 
raqamlarning har biri o’z taosiriga ega. 
Uchta raqam Sizning xarakteringizni aniqlab, tavsiflab beradi: 
-intim raqam – siz bildirmaslikka urinayotgan xususiyatlaringizni ochib 
beradi 
-nasliy raqam – nasldan-naslga o’tayotgan xarakter xususiyatlaringizni 
ifodalaydi 
-ekspressiv raqam – xatti-harakatlaringiz boisini izoxlaydi. 
Intim raqam 
Ushbu raqam sizning ichki xohish-istaklaringiz, qiziqish va orzularingizni 
ochib beradi. Uni quyidagi jadval orqali aniqlaysiz. 
JADVAL 






YO(Ё) 


I Y 












TS (Ц) CH 
SH 
O’ 




YU(Ю) YA (Я)









NAMUNA 
Dilfuza
5+9+2+2+1+8+1=29 
5922181 
2+9=11; 
1+1=2 
Karim 
1+1+7+9+3=21 
11793
2+1=3 
Endi intim raqamlar tavsifi bilan tanishing: 
1.
atrofdagilar sizni ortiqcha talabchan, ikkilanishlarni suymaydigan shaxs, 
deb biladi. Siz ba’zan beraxmlik, ba’zan esa ochiq ko’gnillik qilib 
atrofdagilarni xayratga solasiz. O’z xohishingizga qarab ish tutasiz. 
2.
Siz taqdirga tan berib xayot kechirasiz. Go’zallikni, sanoatni ardoqlaysiz 
va xis-tuyg’ularga berilasiz. Xayotni faqat ijobiy xis etishga urinasiz. 
3.
Siz aqliy taraqqiyotingiz va harakatchanligingiz bilan ajralib turasiz. Har 
qanday 
imkoniyatdan 
foydalanishga 
harakat 
qilasiz. 
Samimiy 
munosabatingiz atrofdagilarga juda manzur. Do’stlashuvlar, sayoxat va 
uchrashuvlar – xayotingizda muxim o’ringa ega. 


4.
o’z oilangiz, uyingiz uchun qo’lingizdan kelganicha harakat qilib, boylik 
orttirishga harakat qilasiz. O’z maqsadingiz yo’lida borib, yo’ldan 
qaytmaysiz. Siz puxtalik bilan maosuliyatni sezib ish qilasiz. 
Dangasalarni xush ko’rmaysiz. 
5.
Siz doimo atrofdagilarning diqqat-eotiborida bo’lishni xohlaysiz. 
Xayotingizda o’z yo’lingizni topib, harakat qilishga, ammo ko’proq 
ertani o’ylamay, bugun bilan yashashni afzal ko’rasiz. Maydakashlik va 
dangasalikni yoqtirmaysiz. 
6.
Siz atrofdagilarga nisbatan xushyorsiz, ishlashni xam, kuzatishni xam 
bilasiz. Boshqalarga qulaylik yaratib beradigan mashg’ulotlar bilan band 
bo’lishni yoqtirasiz. Maosuliyatni yaxshi sezganingiz uchun 
muvaffaqiyatga erishasiz. 
7.
Siz muloqotga tez kirishuvchan, odamlarni magnit singari o’zingizga jalb 
etuvchi shaxssiz. Xayotingizda baxt va omadsizlikka katta axamiyat 
berib yashaysiz. Bekorchilikni yomon ko’rasiz. Siz sayoxatlarni va 
yaxshi xayotga intilib yashashni afzal ko’rasiz. 
8.
Sizda doimiy faollik tuyg’usi aolo darajada, tinib-tinchimas insonsiz. 
Ko’p savol berasiz va javobni xam o’zingiz izlaysiz. Qiyin muammolar 
va nizoli xolatlar sizning aqlu-zakovatingiz oldida «bosh egadi». 
9.
Har qanday sharoitga moslashuvchan va yaqinlaringizni tushunadigan 
shaxssiz. Siz muloqotga kirishuvchi odamsiz, lekin masofa saqlashni 
maoqul ko’rasiz (yaoni o’zingiz va odamlar orasida). Biroq yolg’izlikni 
xush ko’rmaysiz, xursandchilikni yaqinlaringiz bilan baxam ko’rasiz. 
NASLIY RAQAM: 
Jadval bo’yicha familiya xisoblab chiqiladi. Barcha raqamlarning yig’indisi 
xisoblab chiqiladi, ularning yig’indisi 1 dan 9 gacha oddiylashtirilishi lozim 
(namunada ko’rsatilgan singari). 
RAQAMLARNING IZOXI BILAN TANISHING: 
1.
Qiyinchiliklarni qo’rqmay yengib o’tasiz. Juda faol odam bo’lib, o’z 
vazifalaringizni birovlarga xech qachon yuklab qo’ymaysiz. Doimiylikni 
yoqtirmaysiz, har gal yangi usullarni izlab, mexnat qilasiz. 
2.
Oila uchun ardoqli bo’lgan fazilatlarga, yaoni sabr, doimiylik, tartiblik, 
saranjomlikka egasiz. Siz qulaylikni yoqtirasiz. Modddiy tomondan xam, 
odamlar bilan munosabatni o’rnatish tomondan xam qulaylik yaratishga 
harakat qilasiz. 
3.
Aql-zakovatingiz bilan ajralib turasiz. Uddaburonlik, dunyoqarash 
kengligi, xozirjavoblik fazilatlaringiz tufayli omma orasida o’z 
o’rningizga egasiz. Kamchiligingiz parishonlik. Amo siz tez fursatda 
o’zingizni qo’lga olasiz. 
4.
Siz ajdodlaringizning anchagina ijobiy fazilatlariga ega bo’lgan shaxssiz. 
Ular tufayli qanday yashashni va ushbu merosdan qay darajada 
foydalanishni yaxshi bilasiz. 


5.
O’yinlar va kutilmagan voqea-xodisalarni yoqtirasiz, atrofdagilarning 
eotiborini qozonishga harakat qilasiz. Bolalar ichida o’zingizni juda 
yaxshi xis etasiz, taolim-tarbiya berish xissi sizda yuqori darajada. 
6.
Siz juda tartib-intizomni xush ko’rgan, xayotni xam maqsadingizga 
muvofiq ko’zlaydigan shaxssiz. Atrofdagilarga yordam berishni 
yoqtirasiz. Bu esa sizning kayfiyatingizga xuzur bag’ishlaydi. 
7.
Siz san’atingizni ardoqlaysiz. Biroz sabr-toqatsiz ko’rinasiz. O’zgalarga 
qarshilik ko’rsatishni yoqtirmaysiz, o’z-o’zingizni boshqarishga harakat 
qilasiz. Lekin baozilar sizni qaysar va injiq deb biladi. 
8.
Siz xayotiy qiyinchiliklarni yengib o’tishga yordam beradigan ajoyib 
qobiliyatga egasiz. Atrofdagilarni ayrim xatti-harakatlaringiz bilan 
xayratga solasiz. CHunki baozida ularning ichki tuyg’ularini xis etasiz va 
oldindan bilasiz. 
9.
Siz kenglikni yoqtirasiz. «Tor joyda osh yeguncha, keng joyda musht 
yegan yaxshi» degan maqolga rioya qilasiz. SHu bilan birga o’z 
yaqinlaringizni xushnud etib, sovg’a ulashishni yoqtirasiz. 
EKSPRESSIV RAQAM: 
Xayotiy muammolarni xal eta olishingizni ifodalaydi. Bu raqam ism va 
familiyaning yig’indisidan kelib chiqadi va uni xam 1 dan 9 gacha oddiylashtirish 
lozim. 
1.
Sizning irodangiz, o’z kuchingizga ishonchingiz sizning obro’yingizni 
tashkil etadi. Rejalaringiz biroz bo’sh bo’lsa-da, doimo raxbarlik qilishga 
intilasiz. Xodim vazifasida ishlashni o’zingizga jazo deb bilasiz. 
2.
Siz ishbilarmon va epchil shaxssiz. Sizning xarakteringizda mexr-
muxabbat xislari mujassam. Juda taosirchan odam bo’lib, atrofdagilarga 
yaxshilik qilishni, maslaxat berishni yoqtirasiz. 
3.
Siz xayotni sevasiz, shu bilan birga atrofdagilarning diqqat-eoitborida 
bo’lishni istaysiz. Kasbiy maxoratingizda faollik yetishmaydi. Faollik va 
tezkorlik muvaffaqiyat garovi, shunday emasmi? 
4.
Fikr, muloxazali, barqaror xarakterli shaxssiz. Sizning xis-tuyg’ularingiz 
mukammal, vafodorlik sizga oddiy so’z emas. Unga rioya etishga harakat 
qilasiz. Faoliyat, ish sizga yoqadi. Siz bor kuchingiz bilan mexnat qilishga 
intilib yashaysiz. 
5.
Siz doimo harakatdasiz, sayoxatlarni yoqtirasiz. Erkinlik siz uchun eng 
zarur narsa. Ishqiy sarguzashtlarni sevgidan ustun qo’yasiz. Ish 
faoliyatingizda sizni asabiylik biroz qiynaydi., lekin siz har qanday 
sharoitga moslashishga harakat qilasiz. 
6.
Uy, oila, baxt – siz uchun eng katta boylik. Siz shular uchun harakat 
qilasiz. Ko’p xollarda o’z zimmangizga ortiqcha yuk olasiz. Baozida sizga 
tegishli bo’lmagan maosuliyatni xam olasiz va shundan sal asabiylashasiz. 
O’zligingizni unutmang. 
7.
Ichki dunyoingiz juda boy. O’y, fikrlar, xotiralar doimo xaqiqatni izlashga 
qaratilgan. Aloqa va uzilishlar doimiy xamroxingiz, yaoni siz sizni xurmat 
qilganlar bilan bog’lanasiz, qolganlari esa… 


8.
Boylik? Pul? – bu so’zlarni siz juda qadrlaysiz. O’zingizni boshqalar bilan 
taqqoslashni, o’zingizni biroz bo’lsa-da, ustun qo’yishni xush ko’rasiz. Ish 
faoliyatingiz sizni qo’rqitmaydi, ish – siz uchun moddiy manfaatdir. Ishqiy 
tuyg’ularni faqat ikkovingiz yolg’iz qolganda namoyon etasiz. 
9.
Siz biroz asabiy shaxssiz. Xudbin emassiz. Biroq o’z manfaatingizga 
ko’proq eotibor berasiz, shu bilan birga bergan vaodalar ustidan chiqish, 
sadoqatli bo’lish siz uchun juda muxim xislatdir. Sizda do’stlik va sevgi 
o’rtasidagi chegara biroz noaniq. 

Download 148,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish