Ayrim hayvon turlarini xonakilashtirishdagi izchillik. O’simliklarni madaniylashtirish, hayvonlarni xonakilashtirishga nisbatan qiyin, chunki o’simlik-lar passiv, odamlar va faol hayvonlarning xulq-atvori evolyutsiya jarayonida tarkib topgan. Har bir hayvon evolyutsiya davomida o’ziga xos xulq- atvorga ega bo’lgan. Hayvonlarning o’ziga xos xulq- atvori ularni qo’lga o’rgatishda katta to’siq hisoblanadi. Hozir ham hayvonlarni qo’lga o’rgatish qiyin. Bizni bilimlarimiz qadimgi odamlarga qaraganda yuqori bo’lsa-da.
Mushuklar uylarda yashasa ham yirtqichlik xususiyatini tashlagan emas. Hayvonlar xulq- atvori - ishonmaslik, qo’rqish, yirtqichlilik instinktlari ularni xonakilashtirishda doimo to’siq bo’lib kelgan. Qadimgi Misrda dastlabki davrda xonakilashtirilgan turlar ohu (kiyik) tulki, giena, turna, maymunlarning ayrim turlarini to’liq xonakilashtirib bo’lmagan. Itlar esa o’zining faolligi harakatchanligi, qiziquvchanligi, qo’rmasligi tufayli o’ng’aylik bilan qo’lga o’rgangan. Ko’p olimlarning qayd etishicha, bo’rilar va chiya bo’rilarning ayrimlari odamlar orqasida harakatlanishi, odam yashaydigan joydan uzoqda bo’lmasligi, odamga qiziqishi ularni qo’lga o’rgatishga qulaylik tug’dirgan.
Ko’p uy hayvonlari go’sht, syt olish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari ayrim hayvon turlari terisi uchun xonakilashtirilgan. Barcha xonakilashtirilgan hayvonlarni uch guruhga ajratish maqsadga muvofiq. Ko’p sonli va keng tarqalgan mahsulot beruvchi hayvonlar birinchi guruhga kiritilgan. Ularga shoxli qoramol, cho’chqa, qo’y, uy parandalari kiritiladi. Ular go’sht, sut, tuxum, jun, pat beradilar. Ikkinchi guruh uy hayvonlari minish, yuk tortish. Ularga ot, eshak, tuya, shimol bug’usi, yirik shoxli qoramol. Transport vositalari rivoj topmagan davrda ular sanoatda va qishloq xo’jaligida mexanik ravishda tashish vazifasini o’tagan. Uchinchi guruhga ovchilik, qo’riqchilikda ishlatiladigan hayvonlar kiradi hamda qishloq xo’jaligida yetishtirilgan ozuqalarni kemiruvchi zararkunandalardan himo-ya qiluvchilar ham uchinchi guruhga mansub. Bular asosan itlar va mushuklar.
Yuqorida qayd etilgan klassifikatsiya shartli sanaladi. Masalan, shoxli qoramol ham birinchi, ham ikkinchi guruhga, xuddi shunday fikrni shimol bug’usiga nisbatan ham aytish mumkin.
Mazkur hayvonlar qachon xonakilashtirilgan degan masalani yoritishda arxeologik ma’lumotlar yordam beradi. Lekin ular nihoyatda kam. Ularni xona-kilashtirish har xil vaqtda amalga oshgan. Masalan, otlar yuk tortuvchi kuch sifatida qadimdan ishlatib kelingan, shimol bug’usi esa keyinchalik xonakilashtirilgan. Qo’y,echki qadim zamonlarda xonakilashtirilgan. Parrandalarni xonakilashtirish keyinchalik bo’lgan.
Itlardan qo’riqchi sifatida qadimdan foydalanib kelingan, ulardan ulov sifatida foydalanish keyinchalik ro’y bergan. Itlar uy hayvon sifatida yuqori paleolitdan ma’lum. Ular bo’rilarni qo’lga o’rgatish orqali kelib chiqqanligi hozir ham ko’pchilik tomonidan e’tirof qilinadi.
Dastlabki vaqtda xonakilashtirilgan itlarning bo’rilardagi kalla skeleti, umu-man suyaklari tuzilishidagi o’zgarishlar juda kam sodir bo’lgan. Bunga asosiy sabab qadimgi odamlar ovchilik va termachilik bilan mashg’ul bo’lgan paytlarda itlarni yashash muhiti, hayoti, bo’rilarning yashash muhiti va hayotidan kam farq qilgan. Ularning bo’rilardan farqi faqat yirtqichlikni birmuncha kamayishidan iborat bo’lgan.
Olimlarning fikricha, Oldingi Osiyoda it yuqori paleolit va mezolit davrlarida qo’lga o’rgatilgan.
Oldingi Osiyo yovvoyi qo’yni xonakilashtirilgan markazdir. Bu yerda u xonakilashtirish har xil yo’nalishda amalga oshgan. Qo’ylarni qo’lga o’rgatish pleystosenda ro’y bergan. U eramizdan avvalgi VI ming yilliklarda amalga osh-gan.
Echkilar eramizdan oldin VII ming yilliklarda qo’lga o’rgatilgan. Bu oldingi Osiyoda bo’lgan. Uning yovvoyi formalari bezoarovoy va boshqa yovvoyi echkilar bo’lgan.
Eron va Iroqda eramizdan oldingi 4 ming yillikda tarqalgan buqalarning suyaklari topilgan. Shunga qarab bu yerlarda dastlab qoramollar xonakilashtirilgan degan xulosaga kelinadi. Shoxli qoramollarning kelib chiqishida tur – Yevropa shoxli qoramolidan tashqari qo’tos, zubr, xo’kizlar-qatnashgan degan taxminlar bor.
Otlar yovvoyi Prjevalskiy otidan emas, balki janubiy – rus cho’llarida yashab so’ng qirilib ketgan tarpandan kelib chiqqan deyiladi. Prjevalskiy otining xromosomalar to’plami 66 ta, xonaki otlarniki esa 64 ta. Otlarni xonakilashtirish eramizdan oldingi IV ming yilliklarga borib taqaladi. Otlar Yevropaning neolit davrida cho’l, o’rmon-cho’l joylarda yashagan qabilalar tomonidan xonakilash-tirilgan. Tuyalar keyinchalik xonakilashtirilgan. Shimol bug’usi esa undan ham keyin xonakilashtirilgan.
Shunday qilib jamiyatda xo’jalik orqali ishlab chiqarish mezolit oxiri va neolitda boshlangan bo’lib, bundan taxminan eng kamida 2000 yil avval mahsulot beradigan hayvonlar qo’lga o’rgatilgan. Dehqonchilik hech bir vaqtda chorva-chilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilmagan. U ovchilik bilan birga olib borilgan va ovchilikda o’rgatilgan itlar odamning ov qilishidagi yordamchisi hisoblangan. Mahsulot beradigan hayvonlarni xonakilashtirish tufayli ajdodlarimiz ov o’rniga xonaki hayvonlarni parvarish qilish bilan shug’ullanganlar va ovchilikda olinadigan go’sht o’rniga chorvachilikda yetishtirilgan go’sht muntazam va ko’p bo’lgan. Barcha xonakilashtirilgan qo’ylarda 54 xromosoma bor. Bunday xromo-soma to’plami faqat Yevropa emas, Osiyo hamda Yaponiya orallaridagi qo’ylarda ham bo’ladi. Yevro Osiyo va Shimoliy Amerikaning tog’li hududlarida tarqalgan va pastga tushmaydigan yovvoyi qo’ylar uchta kichik tarqalish arealiga bo’linadi.
1. Muflon O’rta Yer dengizi va Osiyoda 54 xromosomaga ega.
2. Ural, Oldingi Osiyo sharqiy rayoni va Turkmanistonning kopetdog tog’larida va Tojikistonning janubiy-g’arbiy rayonlarida tarqalganlari 58 xromoso-maga ega.
3. Sharqiy Pomirda, Altoy hamda Markaziy Osiyo tog’larida tarqalgan arxar va argalilarda 56 ta xromosoma bor.
Olimlar bu ma’lumotlarni paleozoarxeologik materiallar bilan taqqoslab Oldingi Osiyo qo’ylarining kelib chiqishi muflonlarga borib taqaladi degan fikrga kelishgan. Markaziy va O’rta Osiyo xonaki qo’ylari keyinchalik Oldingi Osiyoda tarqalgan degan xulosaga keldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |