Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan


Nazariy bilimlar va ularga asoslangan pedagogik ko‘nikmalar - bu o‘qituvchi kasbining asosiy, ob’ektiv mazmunidir



Download 4,66 Mb.
bet83/404
Sana31.01.2022
Hajmi4,66 Mb.
#420371
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   404
Bog'liq
1-Kurs Abilqosimov Samandar

Nazariy bilimlar va ularga asoslangan pedagogik ko‘nikmalar - bu o‘qituvchi kasbining asosiy, ob’ektiv mazmunidir.
Akmeologiya fan sifatida yetuk insonlarning kasb mahorati cho‘qqilariga ko‘tarilish jarayonidagi ijodiy salohiyatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini izlab topishga yo‘naltirilgan. (N.V.Kuzmina). Shuning uchun aytish mumkinki, kasbiy tayyorgarlik, kadrlarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogik texnologiyalar akmeologik texnologiyalar (AT) hisoblanadi. Har xil sohalarda mutaxassislar tayyorlashning akmeologik texnologiyalari, umumiy xususiyatlarga ega bo‘la turib, ma’lum bir farqlarga ham ega. Pedagogik kadrlar tayyorlash tizimi uchun – bu pedagoglar tayyorlash va ularning kasbiy mahoratini oshirishning akmeologik texnologiyalari.
Didaktik o‘yinlarni akmeologik texnologiyalar shakli sifatida qarash mumkin. Bunda o‘quv yurtlarida pedagoglarning kasbiy tayyorlashga yo‘naltirilgan didaktik o‘yinlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bu didaktik o‘yinlar pedagoglarning malakasini oshirishga, ta’lim tizimi muammolarini hal qilish yo‘llarini ijodiy izlashga yo‘naltirilgan.
Pedagogik jarayonni texnologiyalashtirish (jumladan, didaktik o‘yinlar yordamida) variantlari har xil bo‘lishi mumkin. Mavjud tajribani tahlil qilish asosida texnologiyalarni tasniflashga quyidagicha yondashish taklif etiladi.

  1. Texnologik tizimlar (yirik texnologik tuzilmalar) - ushbu holda butun pedagogik jarayon yaxlit jarayon sifatida barcha tarkibiy qismlari bilan birga texnologik yondashuv bilan qamrab olinadi.

  2. Texnologik zanjirlar (o‘rtacha texnologik tuzilmalar) – ushbu holda pedagogik tizimning tarkibiy qismlaridan qaysidir bir qismi shu jarayonning ma’lum bir mazmunini yoki qandaydir siklini o‘rganish davri davomida texnologik yondashuv bilan qamrab olinadi. Masalan, ta’lim vositalari kabi tarkibiy qismi tanlab olinishi va ularni ma’lum bir didiaktik konsepsiya asosida qo‘llash kompleksi ishlab chiqilishi mumkin. Bunday texnologik zanjirni bu sirtqi bo‘limning 4 – bosqich talabalari bilan o‘tkazilgan pedagogikaning “Didaktika” bo‘limi bo‘yicha mashg‘ulotlarda qo‘lladik. Bunda ko‘rgazmali qurollardan va barcha mavzular bo‘yicha texnik vositalardan foydalandik.

  3. Texnologik zvenolar (kichik texnologik tuzilmalar) - ushbu holda pedagogik jarayonning qaysidir bir qismi texnologik yondashuv bilan qamrab olinadi. Bu texnologik tuzilma nisbatan mustaqil yoki texnologik tizimning bo‘g‘ini bo‘lishi mumkin. Texnologiyalashtirish tamoyiliga asosan tashkil qilingan o‘quv mashg‘uloti bunga misol bo‘la oladi. Buni biz sirtqi bo‘limning 4-bosqichida didaktik o‘yinlar shaklida seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida amalga oshirdik.

  4. Texnologik mikrotuzilmalar – bu texnologik zveno elementi. Texnologik mikrotuzilma zvenoning qandaydir bir qismini qamrab olishi mumkin. Masalan, o‘quv mashg‘ulotida ma’lum bir tarzda tashkil qilingan nazorat. Bunday yondashuv biz tomonimizdan pedagogikaning uchta asosiy bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, didaktika, tarbiya nazariyasi asoslari bo‘yicha yakuniy nazorat o‘tkazishda amalga oshiriladi. Shu maqsadda tezkor teskari aloqani o‘rnatishga imkon beruvchi testlar tizimi ishlab chiqilgan.


Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish