Muvofiqlash layoqatlarini ya’ni chaqqonlikni rivojlantirish usuliyati
Muvofiqlash layoqatlarini rivojlantirishda pedagogga turli harakat amallarini boshqarish sifatini tavsiflovchi ham umumiy va ham xususiy masalalarni yechishga to‘g‘ri keladi (6 rasm).
Masalan, «Harakatning vaqt o‘lchamlarini differensia-siyalash qobiliyatini takomillashtirish» umumiy masalasi quyi-dagi xususiy masalalarni yechishni nazarda tutadi:
♦ harakat davomiyligini differensiatsiyalash qobiliyatini rivojlantirish;
♦ harakatning alohida bosqichlari davomiyligini differen-siatsiyalash qobiliyatini rivojlantirish;
♦ harakat sur’atini differensiatsiyalash qobiliyatini ri-vojlantirish. Muvofiqlash layoqatini rivojlantirish uchun mosla-shuvchanlik, harakatlarni tartibga solish, ularni bir butunga ay-lantirishga qaratilgan talablarni qo‘yuvchi mashqlar qo‘llaniladi. Ular quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
♦ muvofiqlash murakkabligiga, shug‘ullanuvchilar uchun mush-kullik tug‘dira olishi;
♦ tarkibida yangilik, g‘ayri oddiylik elementlari bo‘lishi;
♦ harakatlar bajarilishining turli shakllariga va harakat masalalarining kutilmagan yechimlari bilan ajralib turishlari;
♦ harakatning turli o‘lchamlarini tartibga solish, nazorat va o‘z-o‘zini baholash bo‘yicha vazifalarni o‘z ichiga olishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |