Kuch va o‘zgaruvchan massaning bog‘liqligi.
Rasm.4.
узининг тезлиги
Rasm 5
Sportchining tana massasi qancha katta bo‘lsa, uning kuchi ham oshib boradi.
Muskul kuchi va sportchining vazni. Har xil vazindagi kishilarning kuchini taqqoslash uchun nisbiy kuch tushunchasini qullaydilar. Nisbiy kuch deb - 1 kg tana ogirligiga teng keladigan absolyut kuchga aytiladi. Absolyut kuch deganda, biz insonni o‘z tana og‘irligiga nisbatan ko‘rsatiladigan kuchini aytamiz. Ayrim muskul guruhlari bilan ayrim harakatlarni bajarishda ham absolyut kuchni tushinishimiz mumkin. Masalan: shtangani jim qilishda, yoki dinamometrda kuchni sinash, o‘lchash.
Kuch qobiliyatini tarbiyalash vazifalari:
Jismoniy sifat tariqasidagi kuchni tarbiyalashning umumiy vazifasi harakatning turli faoliyatlarida uni har tomonlama rivojlantirish va yuqori imkoniyatlarga ta’minlashdan iboratdir.
Xususiy vazifalar:
1. Qobiliyatga erishish va uni takomillashtirish, kuchning asosiy turlari statik va dinamik, o‘ziga xos kuch va tezkor kuch, yenguvchi va yengiluvchi turlarini amalga oshirish;
2. Harakat apparatining hamma muskul guruhlarini kuchga nisbatan garmonik mustahkamlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |