Ma’lumki, muskullar quyidagi xillarda kuch ko‘rsata olishlari mumkin:
1. O‘z uzunligini o‘zgartirmasdan (statik, izometrik rejimida) ko‘rsatish. Misol: gimastikada - osilib turgan holda burchak hosil qilish.
2. O‘z uzunligini qisqartirib (yenguvchi, miometrik rejim)da ko‘rsatish. Misol: sakrashda - depsinish, irgitishda - buyumni qeyib yuborishdagi kuchlanish.
3. O‘z uzunligini o‘zgartirib (yengiluvchi, pliometrik rejim)da ko‘rsatish. Misol: boshqaning yordamida egiluvchanlik.
10 – jadval
3.Kuch qobiliyatlarini tarbiyalash metodikasi.
Absolyut kuch – bu o‘z tana og‘irligiga nisbatan ko‘rsata oladigan kuchi. Masalan,shtanga ko‘tarish, dinometrda kuchni ko‘rsatish.
Nisbiy kuch – 1 kg tana og‘irligiga teng kela oladigan absolyut kuchga aytiladi.
Nisbiy kuch = Absolyut kuch
Tana og‘irligi
Kuchni sharoitga qarab hosil bo‘lishi. Agar inson eng yuksak muskul kuchlanishi bilan, tanaga har xil massani o‘zgartirib, qator harakatlar bajarsa, kuchning paydo bo‘lishlik miqdori har xil bo‘ladi. Avval o‘zgaruvchi massaning tanaga ta’siri natijasida kuch o‘sib boradi (zona - A), ammo keyinchalik massaning oshishi kuchning ko‘payishiga olib kelmaydi (zona - B). (Rasm 4)
Kuch, va massaning bog‘liqligi jismoniy tarbiya amaliyotida ko‘p uchrab turadi. Misol: Sportchining yadro irg‘itishi uchun ketgan kuchi, shtanga ko‘tarish uchun ketgan kuchidan kam bo‘ladi va h.k.
Ammo, agar tana massasi katta bo‘lsa u holda odamning unga sarf qiladigan kuchining kattaligi o‘zgaruvchi massaga bog‘liq bo‘lmaydi va odamning kuch imkoniyati bilangina aniqlanadi.
Kuchning tezlikka bofiqligi. Har xil og‘irlikda bo‘lgan yadroni, uning uchish tezligini va mexanik kuchini o‘zgartirgan holda irg‘itsak, kuch va tezlik teskari proporsional bog‘lanishda bo‘ladi. Tezlik qancha katta bo‘lsa, ko‘rsatilgan mexanik kuch shuncha kichik bo‘ladi va aksincha. (Rasm 5)
Bu bog‘lanishni sxematik ravishda quyidagicha ko‘rsatishimiz mumkin. "A" nuqtasi izometrik sharoitlariga (tezlik O - ga teng, ko‘rsatilgan kuch maksimal", "B" nuqtasi og‘irliksiz harakatga (nagruzka 0 - ga teng, tezlik maksimal qiymatda) mos keladi. Jadvaldagi nuqtalar oraliq holatlarga to‘g‘ri keladi.
Kuch turlari.
1) Shaxsiy kuch bu statik rejim sekin bajariladigan harakatlardir (tana massasi oshishi bilan, absolyut kuch ham oshadi).
2) Tezkor - kuch (dinamik kuch) - tez bajariladigan harakatlarda. Tezkor - kuch 2 ga bo‘linadi: a) yenguvchi va b) yengiluvchi (amortizatsion kuch)
3) Portlash kuch deb, qisqa vaqt ichida katta kuch ko‘rsata olishlik qobiliyatidir.
Sport ustalari va yangi shug‘ullanayotgan sportchilarda joydan balandlikka sakrashda har xil va farqli kuch ko‘rsatishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |