Patriarxat taraqqiyotining ilk bosqichida qabilalar o‘rtasida tug‘iladigan janjallar ko‘pincha bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan qabila sakillarining kurashi (yakkama-yakka kurashi) bilan xal etilar edi. Ba’zan janjallar birgalikda shodiyona mehmondorchiliqlar tashkil etish, bir-biriga sovghalar berish, aka-o‘qa tutinish va hokazolar bilan tugar edi. Jismoniy mashqlar qabilalar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarining rivojlanishi va mustahkamlanishida katta rol o‘ynar edi. Qabilalar o‘rtasida o‘tqaziladigan musobaqalar jarayonida jamoa shon-sharaf, o‘zaro bir-birini quvvatlash ancha zaif raqibga rioyagarchiliq qilish tushunchalari va boshqa tushunchalar rivojlanib borar edi. Kelishmovchiliqlarni musobaqa yo‘li bilan hal etish patriarxat sharoitida yashagan ko‘pgina qabila va elatlarda ko‘rilgan. Masalan, eskimoslarda (XIX asrning boshlarida) turli guruhlarning to‘qnashuvi vaqtida har bir guruhdan jangchilar tanlab olishgan
Do'stlaringiz bilan baham: |