Ibtidoiy jamoa jismoniy tabiya sohasida o‘z a’zolari zimmasiga ma’lum majburiyatlar yukladi. Yosh qiz va yigitlar xayotda kerak bo‘ladigan epchiliq, chidamliliq, chaqqonlik, jasurlik va qatiyatlik kabi qobilyatlarga ega bo‘lishi lozim edi. Ba’zi qabilalarda masalan, baroro va qonella (sharqiy Brazilya)larda yigitlar ma’lum sinovlardan o‘tmagunlaricha hatto uylanishlari ham mumkin emas edilar. Kurash va yugurish eng asosiy sinovlardan edi. Patriarxat ( otalik urugchilik) davrida jismoniy madaniyatni rivojlanish xususiyatlari Temir plug va boltaning paydo bo‘lishi, plug bilan ishlash dehqonchiligi va chorvachiliqning rivojlanishi ovning ho‘jalik ahamiyatini barbod qildi. Chorva mollari tutish va dehqonchiliq qilish uyda erkak kishini ng hukumron bo‘lishini ta’minladi. Oila katta patriarxat oilaga aylana boshlaydi. Monogamiyaga-yagona nikohlikka o‘tila boshlanadi. Patriarxat oilalar yig‘indisi patriarxal, urug‘ini yoki urug‘chiliq jamoasini tashkil etadi, urug‘lar yig‘indisi va umum qabila yerlariga ega bo‘lish qabilalarni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |