Miqdoriy interpretatsiya tadqiqot davomida test orqali olingan umumiy ballarni, qo‘llanilgan me’yor ko‘rinishidan kelib chiqadigan, muayyan transformatsiya qilish qoidalariga rioya qilgan xolda, tortilgan ballarga o‘tkazishdan boshlanadi. Testdagi miqdoriy axborotdan samarali foydalanish me’yor xususiyatlari va xatolarning ehtimolli o‘lchamlarini taqozo qiladi. Shundagina, ikki kishi bir-biridan tadqiq etilayotgan xususiyat ahamiyatliligiga ko‘ra qay darajada farqlanishini hamda o‘lchanayotgan Shaxs xususiyatining intensivligidagi farqlarni topish mumkin. Test natijalariga nisbatan aniq miqdoriy yondashuvda profil shakli qo‘llaniladi. Zotan bexabar kishilar uchun bunday miqdoriy natijalarga asoslangan psixologik xulosa ancha tushunarsizdir.
!!! Psixodiagnostik tekshiruvda tanlanma to‘plam reprezentativligi muammosi
Reprezentativlik (frants. representatif- namunali) tanlanma to’plam bosh to’plam xususiyatlarini aks ettiradi degan ma`noni anglatadi. Reprezentativlik o’rganilayotgan belgilarning tanlanma to’plamda taqsimlanishi ularning real taqsimlanishiga ma`lum statistik xatolik bilan mos kelishini bildiradi. Har qanday tadqiqotda to’plam reprezentativligini ta`minlash uchun ma`lum sharoitlarga amal qilish kerak. Ulardan asosiylari quyidagilar: a) bosh to’plamning har bir birligi to’plamga tushish ehtimoli bo’lishi zarur; b) o’zgaruvchi to’plam o’rganilayotgan belgiga bog`liq bo’lmagan ravishda tanlanadi; v) tanlov bir xil to’plamlardan amalga oshiriladi; g) tanlovda birliklar soni ko’p bo’lishi lozim. Keng ma`noda reprezentativlik metodikaning validligi bilan bog`liq.
Hozirgi zamonda fanga ma'lum, insonning psixologik jarayonlar, xususiyatlar va holatlarini o‘rganish maqsadida tuzilgan psixodiagnostik metodikalar amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Yangi ilmiy tushunchalarni bayon qilish, ilmiyligini kafolatlash maqsadida, ularga xos belgilarni o‘rganish uchun eksperimental psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish borasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. XX asr boshlarida ancha yaxshi rivojlangan fanlarning, masalan fizika fanining tushuncha va tadqiqot metodlariga bir qancha talablar qo‘yildi va qabul qilindi, bu psixologiyaga ham fan sifatida taalluqlidir. Bu operatsionalizatsiya va verifikatsiya talablaridir.
bosh to’plamning har bir birligi to’plamga tushish ehtimoli bo’lishi zarur
o’zgaruvchi to’plam o’rganilayotgan belgiga bog`liq bo’lmagan ravishda tanlanadi
tanlov bir xil to’plamlardan amalga oshiriladi
tanlovda birliklar soni ko’p bo’lishi lozim
Operatsionalizatsiya talabi asosida shu narsa yotadiki, yangi ilmiy tushunchani fanga kiritishda albatta aniq, konkret muolajalar, usul va metodlarni ko‘rsatib berish va ular yordamida ilmiy tushunchalarni bayon qilishda bu ko‘rinishlar haqiqatdan mavjudligiga ishonch hosil qilish lozim. Operatsionalizatsiyada har qanday tadqiqotchi amaliy harakati ish jarayonida ilmiy tushunchadagi ko‘rinishlar bayoni haqiqatdan ham aynan shu xususiyatlarga ega ekanligiga ishonch hosil qila olsin.
Verifikatsiya talabi shuni anglatadiki, ilmiylik statusiga talabgor har qanday ilmiy tushuncha, fanga kiritilayotgan yangiliklar, albatta, haqiqiy ma'nosiga ega ekanligini aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tkazilishi shart. «Verifikatsiya» so‘zi «tekshirish» ma'nosini anglatadi. Bu har qanday tushuncha bo‘shliqdan paydo bo‘lmaganligini, haqiqatdan ham mavjudligini isbotlashda, unga mos psixodiagnostik muolajalar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, biz fanga «motiv» tushunchasini kiritmoqchimiz, u holda birinchi navbatda ushbu tushunchaga oid bizga ma'lum tushunchalar va ushbu tushuncha ma'nosiga oid diagnostik belgi, ko‘rinishlarni aniq tavsiflab bera olishimiz kerak. «Motiv» tushunchasini quyidagicha ta'riflab ko‘raylik. “Motiv – bu ichki, psixologik, o‘zini anglagan yoki o‘z-o‘zini anglamagan odam harakatini qo‘zg‘atuvchi manba hamda u bir maqsadga yo‘naltirilgan holda faollikni qo‘llab turadi”.
Bolalar psixodiagnostikasi amaliyotida faqat validli aniq va ishonchli metodlar qo‘llanilishi shart, aks holda natijalarning ishonchsizligi va noaniqligi hamda xulosa chiqarishda xatoliklar kelib chiqishi xavfi Yuzaga chiqishi mumkin.
Qo‘llanilayotgan metodlar sifatiga, uning yordamida olingan natijalarga, ya'ni unga ishonish mumkinligiga psixodiagnostik metoddan foydalangan Shaxs mas'uldir. Ta'lim tizimidagi muassasalarda pedagog-psixologlar mas'ul Shaxsdir. Bundan tashqari bolalar bilan psixodiagnostik tashxislar o‘tkazishda bir qator kasbiy-ahloq iy tavsifga ega talablar qo‘yilgan. Bu asosiy kasbiy-axloqiy talablar quyidagilardir:
Har qanday sharoitda ham psixologik tashxis natijalari bola Shaxsiga ziyon etkazish maqsadida qo‘llanmasligi shart.
Psixologik tashxisni faqat bolalarning va ota-onalarning roziligi bilan o‘tkazish mumkin (faqat ayrim holatlar bundan istisno, ya'ni tibbiyot va huquqiy sohalarda). Go‘daklik yoki balog‘at yoshigacha bunday qarorlarni ota-onalar bolalar ishtirokida qabul qilishi mumkin.
Ota-onalar, (ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar bundan mustasno) mutaxassis psixolog psixodiagnostik tadqiqot natijalari asosida tayyorlagan xulosalarni bilishga haqlidir. Psixolog o‘z navbatida ota-onalarning farzandlari ruhiyati haqidagi savollariga to‘liq, ishonchli va haqqoniy javob berishi shartdir.
Psixologik tashxis natijalari, Shaxs taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi har xil omillarni hamda ota-onalarning, pedagoglarning fikrlarini inobatga olmasdan, bolaning ta'lim va tarbiyasiga taalluqli takliflarni hal qilishga asos bo‘la olmaydi.
Ta'lim tizimida ishlayotgan psixolog, psixologik tashxis ishlarini o‘qituvchi va tarbiyachi bilan hamkorlikda olib borgan holda, ularni bola ruhiyati haqida zarur ma'lumotlar bilan ta'minlab borishi shart.
Psixodiagnostikada qo‘llanilayotgan ko‘pgina metodikalar yosh me'yorlari atamasi bilan bog‘liq. Bu, birinchidan, ruhan va jismonan sog‘lom hamda tasodifan tanlab olingan bolalar guruhida o‘rganilayotgan xususiyatlarning o‘rtacha taraqqiyot darajasi bilan bog‘liq holda tavsiflanadi. Bolada yosh me'yorlari o‘rganilayotgan xususiyatlar taraqqiyot darajasining og‘ishi, o‘tkazilgan tadqiqotdan olingan natijalar bilan aniqlanadi. Agar uning individual ko‘rsatkichlari me'yordan yuqori bo‘lsa, u holda bola o‘z tengqurlaridan ilgarilab ketgan, buning aksi bo‘lsa tengqurlaridan orqada qolgan degan xulosa chiqariladi.
Ikkinchidan – bu o‘z-o‘zidan me'yorlarni o‘rganib turishdir. Ma'lumki, jamiyatning rivojlanib borishi bilan bolalardagi intellektual, Shaxsiy va xulqiy taraqqiyotning o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘zgarib boradi. Bu, albatta, bundan o‘n yil oldingi me'yorlardan hozirgi paytda foydalanish mumkin emasligini ko‘rsatib beradi, shuning uchun ham har bir metodikani har 3 – 5 yilda albatta qayta tekshirib ko‘rish talab qilinadi.
Uchinchidan, boladagi u yoki bu psixologik xususiyatlarning taraqqiyot darajasini baholash bilan uning kelajakdagi taraqqiyoti haqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki bu nafaqat uning taraqqiyot darajasi bilan, balki bolaning uquvchanlik qobiliyati, yangi hayotiy tajribalarni o‘zlashtira olishi, ta'lim sifati hamda ko‘pgina boshqa omillar va sharoitlar bilan bog‘liqdir.
Bundan tashqari, har qanday psixodiagnostik metodikalarni qo‘llash va xulosa chiqarish uchun, avvalo uni sinab ko‘rish kerak.
Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish va sinab ko‘rish bosqichlari quyidagilardir.
Psixodiagnostika so‘zi psixologiyada ikkita asosiy ahamiyat kasb etadi. Birinchisi ilmiy psixologik bilimlar va tadqiqotlar sohasi hisoblansa, ikkinchisi psixologik bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish sohasidir. Ilmiy soha sifatida psixodiagnostika: printsiplar, har xil psixodiagnostik metodlarning ilmiyligini tekshirish muolajalarini va usullarini qamrab oladi. Amaliy soha sifatida psixodiagnostik metodlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini psixolog-diagnostda shakllantirishga qaratilgan.
Ilmiy va amaliy sohada ham odamning psixologik jarayonlari, xususiyat va holatlarini baholash haqida fikr yuritiladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida juda ko‘p psixodiagnostik metodlardan foydalaniladi, ammo ularning hammasi ham ilmiy asoslangan deb aytolmaymiz. Bundan tashqari, metodlar ichida tadqiqot va xususiy psixodiagnostik metodlar mavjud. Xususiy psixodiagnostik metodlar Shunday metodlar sirasiga kiradiki, ular o‘rganilayotgan psixologik xususiyatning aniq miqdoriy va sifatiy tavsiflarini ko‘rsatib bera oladi, ya'ni muayyan bir xususiyatni baholash maqsadida qo‘llaniladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan maqsad uchun qo‘llanilmaydigan metodlar, faqat psixologik jarayonlarni, insonning xususiyat va holatini o‘rganadigan metodlar tadqiqot metodlari deb yuritiladi. Ular asosan empirik va eksperimental ilmiy tadqiqotlarda qo‘llaniladi. Ularning asosiy maqsadi – ishonchli bilimlar, faktlarni olishdir. Psixodiagnostik va tadqiqot metodlari farqlarini ko‘rsatib beruvchi ikkita misol ko‘rib o‘tsak:
1-misol. Shaxsni psixodiagnostik tekshiruv metodi.
Bu 16 faktorli R.Kettell testi. Mazkur standartlashtirilgan savolnoma o‘ziga 187 ta mulohazani qamrab olgan bo‘lib, 16ta guruhga bo‘lingan shkalalar mavjud. Har bir shkala yordamida Shaxsning alohida bir belgisini baholash mumkin, bunda baholash standart ballarda beriladi. Ushbu testdagi mulohaza, ko‘rsatma, qo‘llashdagi muolajalar, natijalarni sharhlash va xulosalar – hamma voqea-hodisalarda bir xil qo‘llaniladi va o‘zgartirilmaydi.
2-Misol. Shaxsni tadqiqot qilish metodlari.
Masalan, odamni maxsus sharoitda kuzatish orqali, aniq bir xulqini o‘rganish uchun mo‘ljallangan eksperiment ishlab chiqilmoqda. Eksperimentni Shunday tuzish mumkinki, tadqiqotchini qiziqtirayotgan Shaxs xulqidagi ko‘rinish, belgilarning har birini alohida o‘rganish imkonini bersin. Sinovchi, sinaluvchilar xulqini kuzatish orqali Shaxs belgilarining alohida xususiyatlari va unga mos xulq-atvor shakllari haqida xulosa chiqarish uchun ishlab chiqilgan eksperiment o‘tkazadi. Bundan tashqari, bolalar bilan o‘tkaziladigan psixologik-pedagogik eksperiment, ularni maxsus eksperimental sharoitda kuzatish imkonini beruvchi izlanishlar ham tadqiqot metodi deb Yuritiladi.
Bu psixodiagnostik metodlar psixologiyaning turli sohalarida va har xil insonlar faoliyatida qo‘llaniladi. Ilmiy psixologiyada bu metodlar asosan eksperimental izlanish va bu jarayonni tashkil qilishda, amaliy psixologiyada esa – psixologik maslahat, psixokorrektsiyada hamda psixologning kasbiy faoliyatidagi boshqa jabhalarda, masalan, kasbga yo‘naltiruvchi malakali mutaxassislar tayyorlashda qo‘llaniladi.
To‘g‘ri tashkil qilingan eksperimentda hamma vaqt ham sinaluvchining u yoki bu psixologik xususiyati taraqqiyot darajasini aniq baholash zarur, chunki o‘tkazilgan eksperiment o‘rganilayotgan xususiyatga ta'sirini ko‘rsatdimi, yo‘qmi, bilib olishimiz shart. Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlar psixologik maslahat va psixologik korrektsiya ishlariga ham taalluqlidir. Psixologik maslahat olib borayotgan psixolog mijozdagi har xil psixologik xususiyatlarning taraqqiyot darajasini baholashi shart. Uning bu ishi shifokor mehnatini yodga soladi, ya'ni shifokor bemorning kasalini va muolaja metodini aniqlashda diagnostik ishlar o‘tkazadi.
Psixolog ham diagnostika bilan shug‘ullanar ekan, avval mijozning psixologik taraqqiyot darajasini tashxislab, so‘ngra maslahat va korrektsiya ishlarini amalga oshiradi.
Xulosa qiladigan bo’lsak, biz metodikaning validligi, ishonchliligi, aniqligi, tanlanma to’plam reprezentativligi haqida tushunchalarga ega bo’ldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |