Okeanlarning kuchli to‟lqini
tutash dengizlar suvini bir necha metrga
ko‘taradi. Masalan, okeanning kuchli to‘lqini Belomor va Oxot dengizlari qirg‘oq
suvini har 12 soat 25 minutda 9-18 metrga ko‘taradi. Suvning ko‘tarilishi katta
energiyaga ega. Uning faqat Yevropa qismidan yiliga 40 milliard kilovatt soat elektr
energiya olish mumkin. Suvning bunday ko‘tarilishi hisobiga ishlaydigan unchalik
katta bo‘lmagan elektr stansiya bundan 40 yillar burun tajriba uchun Kislogub
(Rossiya Federatsiyasi) da qurilgan edi. U hozirga qadar turibdi. Suvning ko‘tarilishi
va dengiz to‘lqinlari ekologik toza energiya manbalaridir. Afsuski, bunday energiya
manbalari va ulardan foydalanish imkoniyati bizning O‘zbekiston Respublikamizda
yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |