Navoiy davlat konchilik instituti "elektr energetikasi" kafedrasi



Download 8,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/141
Sana03.02.2022
Hajmi8,18 Mb.
#427830
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   141
Bog'liq
Yo-nalishga-kirish-(Elektr-energetikasi)

 
 
Nazorat savollari 
1. Energiya zahiralarini tashkil etuvchi manbalar. 
2. Tiklanadigan va tiklanmaydigan energiya zahiralarini ta‘rifi. 
3. Energetik ishlab chiqarish jarayonining asosiy bosqichlarini ta‘riflab bering. 
4. Energiya zahiralarini iste‘molining hozirgi kundagi ahvoli. 
 
 
 


5 – MA`RUZA. KO„MIR, NEFT, TABIIY GAZ VA ATOM 
ENERGIYALARI ZAXIRALARI. SHAMOL VA QUYOSH 
ENERGIYALARI ZAXIRALARI. 
Reja: 
1.Ko‗mir energiyasi zaxiralari.
2.Neft energiyasi zaxiralari.
3.Tabiiy gaz energiyasi zaxiralari.
4.Atom energiyasi zaxiralari. SHamol energiyasi zaxiralari. Quyosh energiyasi 
zaxiralari.
5.O‗zbekistonda shamol va quyosh energiyasi zaxiralari. 
1. Ko„mir. Neft. Tabiiy gaz 
Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalardan bevosita yoki oraliq o‗zgartirish 
yo‗li orqali olinadi. Buning uchun tabiiy organik energetik resurslardan va yadroviy 
yoqilg‗i, shuningdek, qayta tiklanuvchan energiyalardan, ya‘ni daryolarning oqimi, 
sharshalar, okean oqimlari, quyosh radiatsiyasi, shamol, geotermal massalar va 
boshqalardan foydalaniladi. 
Elektr energiyasidan sanoat va qishloq xo‗jalik sohalarida, transportda, aloqa 
tizimlarida, fanda maishiy xizmatda keng foydalaniladi. Elektr energiyasini ishlab 
chiqarish va uni tarqatish energetika sohasiga tegishli hisoblanadi. SHuning uchun 
energetika xalq xo‗jaligining asosiy tarmog‗i hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizning elektrlashtirish tizimini yaratish va xalq 
ho‗jaligini turli sohalarini elektr energiyasi bilan ta‘minlash uchun elektr 
energiyasining ko‗p qismi (80% atrofida) issiqlik elektr stansiyalarida (IES) organik 
yoqilg‗ining kimyoviy energiyasini o‗zgartirish yo‗li bilan amalga oshiriladi. 
Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi bo‗yicha ikkinchi o‗rinda 
gidroelektrostansiyalar (GES) turadi. Bunda gidroturbinalar va gidrogeneratorlar 
yordamida elektr energiyasiga o‗zgartiriladigan daryolar oqimi energiyasidan 
foydalaniladi (masalan, Volga GESi, Bratsk GESi, CHorvoq GESi va boshqalar). 
Elektr energiyasini asosiy ishlab chiqaruvchilari qatorida issiqlik va gidroelektr 
stansiyalaridan keyin atom elektr stansiyalari (AES) turadi. Atom elektr 
stansiyalarining birlamchi energiyasi atomlar yadrolari energiyasi hisoblanadi. Bu 
energiya issiqlik energiyasiga o‗zgartiriladi, keyin esa elektr energiyasini olish 
sxemasi esa, issiqlik elektr stansiyasi sxemasiga o‗xshash bo‗ladi. 
Organik yoqilg‗i zahiralarining tez kamayishi, shuningdek issiqlik elektr 
stansiyalarining atrof-muhitga salbiy ta‘sirini hisobga olib elektr energiyasini olishni 
qayta tiklanuvchan elektr manbalaridan (QTEM) foydalanish asosidagi texnik va 
iqtisodiy echimlarini qoniqarli izlash amalga oshirilmoqda. 
Gaz sanoati.
Yoqilg‗i sanoatining eng yosh tarmog‗i bo‗lgan gaz sanoati 
keyingi yillarda jadal rivojlanmoqda. Gaz — yoqilg‗ining juda arzon turi. Gazdan 
sanoatda ham, maishiy hayotda ham foydalaniladi. Gaz qimmatbaho kimyoviy 
xomashyo hamdir. Yoqilg‗ining boshqa turlariga qaraganda gaz havoni eng kam 
ifloslantiradi. 
Mamlakatimizda ko‗mir va neftga nisbatan tabiiy gaz ancha ko‗p. Aniqlangan 
gaz zaxiralari 2 trillion kub metrga yaqin. Gaz konlari neft konlari bilan yonma-yon 


joylashgan. Gazning ozroq qismi (yo‗ldosh gaz) neft bilan birga qazib chiqariladi, 
lekin gazning asosiy qismi sof gaz konlaridan olinadi. Respublikamizda o‗tgan 
asming o‗rtalarida dastlab Farg‗ona vodiysidagi neft konlarida uchraydigan yo‗ldosh 
gazdan sanoatda va aholining maishiy ehtiyojida foydalanila boshlandi. 
1950-yillarda O‗zbekistonda jami 9 mln kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilgan 
bo‗Isa, endilikda yiliga qazib olinayotgan gaz 60 mlrd kub metrdan ortadi. Tabiiy 
gazdan foydalanish tufayli mamlakat yoqilg‗i balansida jiddiy o‗zgarish yuz berdi.
Farg‗ona vodiysidan tashqari Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo vilo- 
yatlari hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi hududidan boy tabiiy gaz 
konlari topilishi natijasida O`zbekiston gazni eksport qila boshladi. 
Gaz quvurlar orqali yuborilishi sababli transport xarajati har qanday yoqilg‗ini 
tashishdan arzon tushadi. 
Gaz quvurlarining uzunligi tez oshib bormoqda. Dastlabki tabiiy gaz quvurlari 
Farg‗ona vodiysida qurilgan edi. 0‗zbekistonda issiq kunlar ko‗pligidan faqat qish 
kunlari gaz ko‗p talab qilinadi. Gazni ko‗p iste‘mol qiladigan Toshkent, Farg‗ona, 
Andijon kabi shaharlarda yozda tejalgan gazni yerosti omborlariga yig‗ib qo‗yib 
qishda foydalaniladi. Gaz sifatli yoqilg‗igina emas, balki kimyo sanoatining qimmatli 
xomashyosi hamdir. Gazga bo‗lgan talab kimyo, issiqlik elektr stansiyalari va 
maishiy xo‗jalikda tobora ortib bormoqda. Shunga ko‗ra qo‗shimcha gaz chiqarish 
yo‗llari izlanmoqda, gaz quvurlarining gaz o‗tkazish imkoniyati oshirilmoqda. 
Neft sanoati. 
Neftsiz hozirgi zamon iqtisodiyotini yuritish mumkin emas. Neft 
xom holida ishlatilmaydi. Qayta ishlash natijasida undan turli xil yoqilg‗i, ya‘ni 
kimyoviy mahsulotlar olinadi. Neftni qazib chiqarish xarajati ko‗mimi qazib 
chiqarish xarajatidan o‗rta hisobda 4 barobar kam. Milliy iqtisodiyotda neftdan keng 
foydalanish juda ko‗p mablag‗ni tejashga imkon beradi. 
Mahsulot birligini olish (aytaylik, 1 tonna neft qazib chiqarish) uchun ketadigan 
pulda ifodalangan hamma xarajat 

Download 8,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish