garchi asosiy omillar o'z-o'zicha raqobat ustunligining ishonchli manbai bo'lmasa-da, ular asosida turdosh rivojlangan omillar
yaratish uchun yetarlicha sifatli bo'lishi lozim.
Omillarni bo'lishning ikkinchi muhim printsipi - ularning ixtisoslashuvi bo'yichadir. Umumiy omillar - avtomobil yo'llari
tarmog'i, debet mablag'lar, oliy ma’lumotli (yuqori haq to'lanadigan, demakki ushbu firmada ishlashdan manfaatdor bo'lgan)
xodimlardir; Ulardan keng tarmoqlarda foydalanish mumkin.. Ixtisoslashgan omillar - tor mutaxassislikdagi xodimlar, o'ziga xos
turdagi infrastruktura, bilimlarning ma’lum bir sohasidagi ma’lumotlar bazasi va tor doiradagi tarmoqlarda yoki hatto bitta
tarmoqda qo'llaniladigan boshqa omillardir. Bunga misollar - optika sohasidagi
ilmiy-tadqiqot instituti, kimyoviy yuklarni
ortishga ixtisoslashgan port, qobiliyatli avtodizayner xodimlar dasturiy ta’minot ishlab chiqishni moliyalashtirishga yo'naltirilgan
vensur kapitalidir. Rivojlangan omillar ham garchi har doim bo'lmasa-da, ixtisoslashish tendentsiyasiga ega. Masalan, yuqori
malakali dasturchilar rivojlangan omil hisoblanadi, lekin ulardan keng tarmoqlar doirasida foydalanilishi mumkin.
Ixtisoslashgan omillar, umumiy omillarga qaraganda raqobat ustunligi uchun salmoqliroq va uzoq muddatli asosni
tashkil qiladi. Umumiy omillar faqat chelangan xarakterdagi ustunliklarni beradi. Ular odatda ko'plab mamlakatlarda mavjud,
global tusdagi faoliyat olib bora turib, ularni topish nisbatan oson. Ularsiz ham ish ko'rish yoki ular asosidagi ustunliklarni
yo'qqa chiqarish ham mumkin. Umumiy omillardan faol foydalanib olib boriladigan faoliyatni (masalan, past malakali
mehnatni jalb qilgan holda ko'p ish talab qiladigan yig'ish opreatsiyalari) ko'pincha bazaviy mamlakat hududidan tashqarida
amalga oshirish mumkin.
Bazaviy mamlakatda ixtisoslashgan omillar albatta mavjud bolishi shart. Xorijiy filialda esa ular unchalik ham muhim
emas. Bundan tashqari, xorijiy firmalar ham ixtisoslashgan, ham rivojlangan omillarni olishda qiyinchiliklarga duch keladilar.
Masalan, yapoinyada faoliyat yuritayotgan xorijiy firmalar o'z shtatlariga yapon texnik oliy o'quv yurtlarining bitiruvchilarini jalb
qilishlari yoki mahalliy oliy o'quv yurtlarining tadqiqot dasturlariga yapon firmalari bilan bir xil asosda yetishishlari qiyin.
Eng barqaror va muhim raqobat ustunligiga mamlakatda ushbu tarmoqda muvaffaqiyatli raqobat uchun zarur bo
lgan omillar (bir vaqtning o'zida ham rivojlangan, ham ixtisoslashgan hisoblangan) tashkil qilinganda erishiladi. Ixtisoslashish
darajasi ham tobora ortib borayotgan tamoyillardandir. Bugungi ixtisoslashgan omillar ertaga
umumiyga aylanib qolishi
mumkin. Elektrotexnika kollejlarining bitiruvchilari bir vaqtlar ixtisoslashgan omil edi va faqat ba’zi tarmoqlardagina ulardan
foydalanilardi. Endilikda esa ular ko'plab tarmoqlarda talab qilinadi, elektrotexnika bo'yicha injener mutaxassisligi esa o'z ichiga
ko'plab «kichik mutaxassisliklar»m oladi.
Omil resursi agar uni doimiy takomillashtirib va ixtisoslashganroq qilib bormasa, uzoq muddatli raqobat uchun asos
sifatida qadrini yo'qotadi. Ayniqsa malakali kadrlar va bilimlar (aytish mumkinki ular raqobat ustunligini kuchaytirish uchun eng
muhim omillardir). Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, har qanday paytda omillar asosida ustunlikka ega bo'lish
mamlakatning uzoq muddatli ustunligini tushuntirish uchun yetarli emas. Yuqorida eslatilgan omillarni farqlashning yana bir
printsipi
116
quyidagicha: ular mamlakatda o'z-o'zidan paydo bo'lganmi (masalan, tabiiy resurslar yoki jo'g'rofiy holat) yoki sun’iy
yaratilganmi. Yuqoriroq darajadagi yoki barqarorroq raqobat ustunligiga erishish uchun eng muhim bo'lgan omillar har doim
sun’iydir. Masalan, mamlakatdagi telekommunikatsiyalar yoki mikrobiolog kadrlar tizimi manfaatdor shaxslar, raqobat kurashi
uchun yangi qurollar qidirayotgan firmalar, jamiyat yoki iqtisodiyot uchun farovonlik qilishga intilayotgan jamoat tuzilmalari
yoki hukumatlardan tushadigan kapital qoyilmalar yordamida yaratiladi. Butun dunyo bo'ylab oimllarga bolgan o'sib
borayotgan talablar shunga olib keladiki, bir martalik kapital qoyilmalar omillar asosida raqobat ustunligini olish uchun yetarli
emas va omillarning sifatini oshirish maqsadida uzluksiz moliyalashtirish talab qilinadi. Rivojlangan va ixtisoslashgan omillar
eng katta va uzoq muddatli kapital qo'yilmalarni, boz ustiga, buni amlga oshirishning eng qiyin shakllaridagilarini talab qiladi.
Mamlakatlar milky «romb» (bu termin bilan raqobat ustunligi determinantlari tizim sifatida nomlangan) eng qulay
xususiyatga ega bo'lgan tarmoqlarda yoki ularning segmentlarida muvaffaqiyat uchun eng yuqori imkoniyatlarga ega bo'ladi.
Ayni paytda bu mamlakatning har bir firmasi muvaffaqiyatga erishadi degan gap emas. Aksincha mamlakatdlagi muhit
qanchalik dinamik bo'lsa, ulardan ba’zilari muvaffaqiyatsizlikka ehtimoli ko'proq. Chunki hamma firmalarda ham bir xil resurslar
va texnologiyalar mavjud emas. Shuningdek mamlakatdagi holatdan ularning hammasi har xil foydalanidi. Kimdir yaxshiroq,
boshqasi esa yomonroq. Lekin baribir bunday sharoitda voyaga yetgan firmalar xalqaro raqobatda muvaffaqiyatga erishishi
tabiiyroqdir.
Milliy «romb» - tarkibiy qismlari bir-birini kuchaytiradigan tizimdir. Har bir determinant boshqasiga ta’sir ko'rsatadi.
Faqat bir yoki ikki determinant asosidagi raqobat ustunligi tabiiy resurslarga juda bog'liq bo'lgan tarmoqlarda yoki murakkab
texnologiyalra kam qo'llaniladigan tarmoqlardagina mumkin. Bunday ustunlikni
saqlab qolish juda qiyin, chunki u bir
mamlakatdan ikkinchisiga o'tib turadi. Global firmalar esa keng miqyosli strategiyalar yordamida bunday ustunlikni bartaraf
qila oladilar. Barcha determinantlar bo'yicha ustunliklarning o'zaro hamkorligi kuchayib boradigan yutuqli holatlarni
ta’minlaydi. Bunday ustunlikni xorijiy raqobatchilar yo'q qilishi yoki undan nusxa olishi juda qiyindir.
Har bir mamlakatda iqtisodchilar ishlab chiqarish omillar deb taydigan omillar mavjud. Bu har qanday tarmoqdagi
firmalar faoliyati uchun zarur bo'lgan komponentlardir.
Standart, an’anaviy savdo nazariyasi ishlab chiqarish omillariga tayanadi. Ushbu nazariyaga muvofiq, turli mamlakatlar
har xil omillar miqdoriga ega. Mamlakat ishlab chiqarilishida ushbu mamlakatda nisbatan katta miqdorda mavjud bo'lgan
omillardan jadal foydalaniladigan tovarlarni eksport qiladi
Eng barqaror va muhim raqobat ustunligiga mamlakatda ushbu tarmoqda muvaffaqiyatli raqobat uchun zarur bo'lgan
omillar (bir vaqtning o'zida ham rivojlangan, ham ixtisoslashgan hisoblangan) tashkil qilinganda erishiladi.
Ixtisoslashish darajasi ham tobora ortib borayotgan tamoyillardandir. Bugungi ixtisoslashgan omillar ertaga umumiyga aylanib
qolishi mumkin. Elektrotexnika kollejlarining bitiruvchilari bir vaqtlar ixtisoslashgan omil edi va faqat ba’zi
117
tarmoqlardagina ulardan foydalanilardi. Endilikda esa ular ko'plab tarmoqlarda talab qilinadi, elektrotexnika bo'yicha injener
mutaxassisligi esa o'z ichiga ko'plab «kichik mutaxassisliklar»ni oladi.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, har qanday paytda omillar asosida ustunlikka ega bo'lish mamlakatning uzoq
muddatli ustunligini tushuntirish uchun yetarli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: