Namangan davlat unuversiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi



Download 150,54 Kb.
bet1/6
Sana22.07.2022
Hajmi150,54 Kb.
#839665
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
dissertatsiya eng oxirgi varianti Alhamdulillah ТАХРИРЛАНГАН


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNUVERSITETI
INGLIZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

DAK ga tavsiya etaman” “DAK ga tavsiya etaman”


Magistratura bo‘limi boshlig‘i Kafedra mudiri
_________ R.Jalalov _______Z.Sodiqov
___”___________2022 yil “___”___________2022 yil


GʻANIYEVA BARCHINOY MAHMUD QIZINING

XX ASR OʻZBEK ROMANCHILIGIDA ZAMONAVIY QAHRAMON QIYOSIY TAHLILI”




5A120101-«Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti)» mutaxassisligi bo‘yicha


Magistrlik darajasini olish uchun


MAGISTRLIK
DISSERTATSIYASI
Ilmiy rahbar: f.f.n., dots. V.A. Vositov


Ilmiy maslahatchi: (PhD) dots. B.S. Jafarov


NAMANGAN- 2022
MUNDARIJA

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi va zarurati: XX asr oʻzbek adabiyoti jadid adabiyoti sifatida maydonga chiqib, bir asrdan oshiqroq davrda buyuk shoir va yozuvchilarni yetishtirib berdiki, ularning asarlari nafaqat yangi oʻzbek adabiyoti balki jahon adabiyoti taraqqiyotiga ham hissa qoʻshgan deyish mumkin. “Jahon adabiyoti” deganda nafaqat Yevropa yoki Amerika balki, Osiyo Afrika va sobiq ittifoq xalqlari adabiyoti ham tushuniladi. XX asr oʻzbek adabiyoti rivoji uchun muhim davr boʻlib, bunga asosiy sabab bu davrda xalqimiz hayotidagi ulkan baxtsizlik boʻlmish mustaqillikni yoʻqotishga befarq boʻlmay uning fojiali oqibatlarini idrok etishga va erkinlik uchun kurashga chorlovchi asarlar yaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qolaversa, bu davrga kelib oʻzbek sanʼati va adabiyotida tub burilishlarga sabab boʻlgan yangi janrlar ham kirib keldi. Teatr va matbuotning kirib kelishi bilan yangi janrlar paydo boʻla boshladi, maqolalar, pyesalar va boshqa turli sahna asarlari yaratildi. Qisqa qilib aytganda, tarixga nazar solar ekanmiz avvalo, bu davrdagi ijtimoiy- siyosiy oʻzgarishlar adabiyotga ham oʻz taʼsirini oʻtkazganligini koʻrishimiz mumkin. XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi oʻzbek adabiyoti jadidchilik adabiyotining yuzaga kelishi bilan1 ushbu davrda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi oʻzgarishlarni aks ettiradi. Mazkur ilmiy ish aynan shu davrda yaratilgan oʻzbek romanlari, xususan, Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” va Choʻlponning “Kecha va kunduz” romanlarini qiyoslash asosida asardagi zamonaviy qahramonlarning oʻziga xosliklari , oʻxshash va farqli jihatlarini oʻrganishni maqsad qilganligi bilan ahamiyatli. Oʻzbek xalqi va uning atrofida markazlashgan turkiy xalqlarga jahondagi barcha xalqlar uzoq tarixda hamisha maftun-mahliyo boqavermagan, koʻp hollarda unga gʻayirlik va baxillik koʻzi bilan qaragan, albatta. Shu boisdan bu muqaddas zaminga koʻz olaytirib kelgan har bir bosqinchi ikki tarixiy atamadan — "turk" va "oʻzbek" soʻzlaridan oʻlgudek qoʻrqqan. Bu soʻzlarda mujassamlashgan oʻlmas milliy ruhni har bob bilan bosib-yanchib, choʻktirib, zanjirband sherdek tutqunlikda ushlab, tuyadek burnidan ip oʻtkazib, otdek jilovlab-tizginlab olishga, ilojini topsalar,
oti-zotini quritishga jon-jahdlari bilan uringanlar. Buyuk "Alpomish" dostonidagi "Boʻshalsa oʻzadi oʻzbekning oti" satrida, jiddiyroq oʻylab qarasangiz, olam-jahon maʼnolar mujassamdir. Masalan, arab bosqinchilari avvalo "oʻzbek" va "turk" atamalarini imkon qadar tilga olmaslik, milliy ruhni yuzaga chiqarmaslik maqsadida, masalan, "musulmon millati" degan sunʼiy atamani oʻylab topgan edilar. Oʻrni kelganda aytib oʻtish kerakki, xuddi bolshevizm dohiysi Vladimir Ilich Lenin oʻzining "Oʻqi, oʻqi va yana oʻqi" shiorini Qurʼoni Karimdan yuzsizlarcha oʻzlashtirib olganidek, bu soxta dohiyning izdoshlari keyinchalik arab bosqinchilarining "musulmon millati" atamasidan oʻzlaricha nusxa koʻchirib, "sovet xalqi" degan sunʼiy atamani oʻylab topgan edilar. Holbuki, musulmonchilik milliy ruh emas, diniy eʼtiqod ekanligi butun jahonga besh qoʻldek ayon edi. Xuddi shuningdek, "sovet xalqi" ham Xudo yaratgan yaxlit bir butun xalq emas, aslida, yuzdan ortiq millatlar va elatlarni oʻzida qamragan "xalqlar qamoqxonasi"ning aholisi edi, xolos.
Buyuk Choʻlponning "Kecha va kunduz" romanida oʻzi yashab turgan mustamlaka tuzumining ichki qurilishi va mustamlakachi Noyib toʻraning
feʼl-atvori xususida jiddiy oʻylarga tolar ekan, Miryoqub epaqa, yodingizda boʻlsa, jumladan, shunday xulosaga keladi: "Imperiyasi tagʻin ham botmasinmi! Necha ming, necha lak fuqaroning joni manavilarning qoʻlida, manavilarning joni esa, anavinaqa manjalaqilar qoʻlida... Demak, imperiyasi botishga tomon boradi". Miryoqub nazarda tutgan manjalaqilar har bir xalq, har bir tuzumda oʻziga yetarli, albatta. Ulardan, ayniqsa, mustamlaka tuzumlarda qaram xalqlarni idora qilishda hamisha ustalik bilan foydalanilgan.2 Oʻzbek badiiy nasrida soʻz vositasida goʻyoki jonli odam qiyofasini badiiy gavdalantirish, nasrda toʻlaqonli adabiy qahramon siymosini yaratish Abdulla Qodiriy ijodi, xususan, "Oʻtkan kunlar" romanidan boshlandi. Yana shunisi ham borki, oʻzbek romanchiligining asoschisi oʻzining "Oʻtkan kunlar" va "Mehrobdan chayon" romanlarida u yoki bu adabiy qahramonning insoniy qismati, boshidan kechirganlari, saʼy-harakatlari, tashqi qiyofalarini ipga tizilgan marjondek izchil va aniq-tiniq tasvirlab koʻrsatish, ayrim hollarda esa, taʼriflash yoʻlidan boradi. Garchi jahon romanchiligining yutuqlaridan yaxshigina xabardor boʻlsa-da, anʼanaviy dostonlar ruhida tarbiyalangan oʻzbek kitobxonining idrokini nazarda tutgan holda qahramonning muayyan ruhiy holati, oʻy-kechinmalari, ruhiy olamini mutlaqo tahlil etmaydi. Mohir rassomdek ichki dunyoni tashqi qiyofada va xatti-harakatlarda berishni maʼqul koʻradi. Holbuki, deylik, "Otello" fojiasidagi Otello obrazining beqiyos taʼsir qudrati bu rolni qoyilmaqom ijro etayotgan Abror Hidoyatovning tashqi qiyofasi va xatti-harakatlarida, hattoki gapirayotgan gaplarida emas, buyuk aktor har bir soʻzga joylagan yoniq qalb kechinmalari, ehtiroslar quyuni, qalb qoʻri, yurak yolqini, pafos, qoʻying-chi, ruhiy holatning qoyilmaqom akterona tahlilidadir. Jumladan, "uv-v-v" va "im-m-m" singari uvvos va imolardadir. Demoqchimizki, masalan, Abdulla Qodiriyning oʻrnida Fedor Dostoevskiy va yo Odil Yoqubov boʻlganida, deylik, sevimli xotini Kumushni sevmas xotini Zaynab zaharlab oʻldirganidan keyingi Otabekning ruhiy holatini — ayni shu ruhiy holatni butun boshli bir romanda atroflicha tahlil etishi ehtimol edi. Lekin Abdulla Qodiriy, yana takrorlaymiz, jahon romanchiligining bu boradagi yutuqlaridan xabardor boʻlgani holda, oʻzbek kitobxonining idrokini nazarda tutib, qahramonning muayyan ruhiy holatiga chuqur kirib borishdan oʻzini tiyadi, ruhiyatni tahlil etmaydi, balki uni tashqi qiyofada va xatti-harakatlarda koʻrsatadi.3
Agar oʻzbek romanchiligiga Abdulla Qodiriy asos solgan boʻlsa, oʻzbek romanida ruhiy holat tahliliga asos solgan yozuvchi, shak-shubhasiz, Abdulhamid Choʻlpondir. "Kecha va kunduz" romanida atigi birgina oʻrinda ruhiy holat tahlili namunasini koʻramiz. Bu Bibi Maryam (Mariya Stepanovna Astrova)ni islovotxonadan olib chiqib, jismonan tozalanish va ruhan poklanish yoʻlini qidirib turgan Miryoqubning oʻz-oʻzini sud qilishi bilan bogʻliq iztiroblari qalamga olingan sahifalardir. Asardagi boshqa biron qahramon biron joyda oʻz-oʻziga aqalli birrovgina nazar tashlab, qalbiga quloq solmaydi. Deylik, Stendal qahramonlari singari ichki nutqqa, iztirobli oʻylarga berilmaydi. Aqalli biron marta "Nima qilyapman oʻzi?" deya oʻylab koʻrmaydi. Faqat pichoq borib suyakka qadalganida — bor-yoʻq bud-shudlari, koʻzlarining oqi-qorasi, yolgʻiz zuryodlari Zebi Sibirga surgun qilinganida munis-mushtipar ota-ona beixtiyor portlaydi: Qurvonbibi fitna aqldan ozadi, Razzoq soʻfi piri murshidi Hast Eshonning qotiliga aylanadi. Razzoq soʻfining Eshonga qarata aytgan gaplari "Kecha va kunduz" romanidagi nasriy soʻzning badiiy jihatdan eng yuksak choʻqqisi, chunki u oddiygina gap emas, dil soʻzlari, yurakdan aytilgan gap, nafaqat Eshon, balki jami tinglovchilar va oʻquvchilar oldiga koʻndalang qoʻyilgan jiddiy savollar, jon achchigʻida aytilgan achchiq va haq SOʻZ!.. Asar soʻnggida aqldan ozgan Qurvonbibi fitna tilidan Zebi taʼrifida keltirilgan sheʼriy satrlar esa, nafaqat munis-mushtipar onaning dil rozi, balki butun asarning avj pardasi, qahramon ruhiy holatini sheʼriy tahlil qilishning goʻzal namunasi hamdir.4
Oʻzbek romanchiligi tarixida dunyoga kelgan bir necha yuzlab asarlarda, ayniqsa, "Qutlugʻ qon", "Ufq", "Mashʼal", "Umid", "Yulduzli tunlar", "Odam boʻlish qiyin", "Girdob" asarlarida ruhiy holat tahlili bobida muayyan tajribalar toʻplandi. Lekin Odil Yoqubov yaratgan olti roman, ayniqsa, adib ijodining oʻziga xos gultojlari boʻlmish "Ulugʻbek xazinasi" va "Diyonat" romanlari bu borada favqulodda ibratli jihatlarga ega, aytish mumkinki, oʻzbek romanchiligi tarixidagi benazir asarlardir.
Oʻzbek romanchiligi va undagi ruhiy holatlar tahlili sanʼatining tadrijiy takomilida betakror oʻrin tutuvchi bu ikki roman boshqa bir qator ibratli jihatlarga ham ega. Agar "Oʻtkan kunlar"da XIX asrning birinchi yarmi, "Mehrobdan chayon"da shu asrning ikkinchi yarmi, "Kecha va kunduz"da mazkur asrning soʻnggi oʻn yilligi, "Qutlugʻ qon" bilan "Sarob"da XX asr boshlari, "Navoiy"da esa, XV asrning ikkinchi yarmida yashagan oʻzbek xalqining hayoti va ruhiy holati haqqoniy aks ettirilgan boʻlsa, "Ulugʻbek xazinasi"da XV asr (qariyb bir asr!), "Diyonat"da esa, XX asr (asrning 10-yillaridan to 70-yillariga qadar) eslash, muqoyasa qilish, qayta idrok etish kabi ruhiy tahlil vositalari orqali loʻnda va haqqoniy tarzda badiiy gavdalantirib berildi. Agar bu har biri qariyb bir asrlik tarixni xronologik izchillikdagi tasvirda koʻrsatuvchi anʼanaviy yoʻlda yoritilganida bir necha oʻnlab jildlik asarlar ham kamlik qilishi ehtimol edi.
“Oʻtgan kunlar “ va “Kecha va Kunduz” romanlari va ulardan keyin dunyoga kelgan talaygina asarlarda ruhiy holat tahlili bobida toʻplangan boy tajribalar kelgusida ulkan tadqiqotlarga asos boʻlib xizmat qilib kelmoqda. Qodiriy oʻzining "Oʻtkan kunlar" romanida yaratgan tom maʼnodagi nuroniy va ruhoniy zot Yusufbek hoji, garchi ruhoniy sifatida qori, mufti, shayx.emas, nihoyati hoji boʻlsa-da, adabiyotimizda oʻz qadrini ham, oʻzgalar qadrini ham, xalq va Halloq qadrini ham gʻoyat baland tutgan eng oliy tabaqa, oliyjanob, qadri baland, qadrshunos, qadrdon zotdir. "Bu dargohdan hech kimning norizo boʻlib ketmogʻi mumkin emas". Shu birgina gapda insonning oʻzini va oʻzgalarni nechogʻli yuksak qadrlashi bor! Oʻz xonadonini oddiygina boshpana emas, Haq Taoloning dargohi deb bilish bor. Tilga koʻchgan shu kabi har bir soʻzi, bosgan har bir qadamida Haqning yodi va andishasi bor, xullas, Qadr bor! Lekin "Mehrobdan chayon" romanidagi Solih Mahdumda, "Kecha va kunduz" romanidagi Razzoq Soʻfida va Hazrati Eshonda, qadrdan urvoq ham yoʻq. Binobarin, bu adabiy qahramonlar tom maʼnodagi ruhoniy zot emas, garchi ular "mahdum", "soʻfi", "eshon", deb atalsalar-da, bular qarib quyulmagan, oʻz koʻngillaridagi bebaho ruhiy qadriyatlardan mahrum boʻlib ruhan qashshoqlashgan tuban kimsalardir.
Xalqning ishongani, suyangani, ruhiy tayanchi — mahdum, soʻfi, eshon, oqsoqol, qori, mufti, shayxdek ruhoniy zotlarning ruhidan putur ketib, ular tubanlika yuz tutgan joyda ana oʻsha xalqning holiga voy! Masalan, "Kecha va kunduz " romanidagi norasida qizaloq Zebining boshiga bexos yogʻilgan jamiki koʻrgiliklarning tub ildizi Razzoq soʻfidek muridlarga toʻgʻri yoʻnalish bermagan va Akbarali mingboshidek haddidan oshgan amaldorlarni bir ogʻiz insofga chaqirolmaydigan, oʻzi ham qalbidagi insof va qadr kabi bebaho ganjinalardan mahrum boʻlib tubanlashgan Hazrat Eshonga borib taqaladi. Xalqimizning "Eshonim deb eshagimdan ayrildim" degan istehzoli maqoli ham Xoʻja Nasriddin afandidek eng soʻnggi bud-shudi, suyanchigʻi, kundalik tirikchilik tayanchidan ajragan odamning koʻnglidan beixtiyor otilib chiqqan oʻziga xos oh-faryoddir.5
Oʻz qadrini naqadar baland tutishi oʻzbek xalqining nainki hikmatli gapida, shohbaytida, gʻazalida, dostonida...ham ayon koʻrinib turadi. Keyingi qariyb bir asrdan buyon u, ayniqsa, uch nasriy janr — hikoya, qissa va romanda ayon koʻrinmoqda.
Maʼlumki, birinchi oʻzbek romani "Oʻtkan kunlar" jahon adabiyotining peshqadam janri — romanning, oʻzbek tili va oʻzbek adabiyotining qadrini tushiradigan emas, aksincha oshiradigan, oshirganda ham, jahonshumul dovrugʻiga yangi dovrugʻ qoʻsha oladigan asar boʻlib chiqdi. Bunday har jihatdan barkamol asarning ilk roman sifatida paydo boʻlishini favqulodda hodisa, hattoki tasodifiy hol deb qarash anchagina keng tarqalgan. Xolbuki bu oʻrinda mutlaqo tasodif yoʻq, balki aksincha ulkan qonuniyat bordir. Hamisha oqqan ariqdan suv oqqanidek, oʻzbek xalqining xalq sifatidagi oʻzligini, oʻz qadr-qimmatini yana bir karra anglash va oʻzining nimalarga qodirligini jahonga yana bir karra koʻr satish imkoniyati, salohiyati bunda mujassamdir. Zotan, Abdulla Qodiriy XX asr boshlaridagi jahon romanchiligini, oʻziga ruhan yaqinroq hind, arab va turk romanchiligini, ayniqsa, Jurji Zaydonning tarixiy romanlari, Rashod Nuri Guntekinning "Choliqushi", Ismoilbek Gasprinskiyning "Dorulrohat musulmonlari" romanlarini, bu asarlarning badiiyat darajasini juda yaxshi bilar edi. Binobarin, oʻz oldida nafaqat birinchi oʻzbek romanini yaratish, balki uni, xuddi Alisher Navoiy oʻz "Hamsa"sini Nizomiy, Dehlaviy va Jomiy "Hamsa"laridan oshirganidek, Jurji Zaydon, Guntekin va Gasprinskiy romanlaridan oshirish vazifasi ham turganini, oʻzbek xalqining xalq sifatidagi shaʼni ham shuni taqozo etishini, oʻzi va oʻz xalqi bunga munosib va qodirligini juda yaxshi tushunar edi. Qodiriy bu har ikki vazifani sharaf bilan qoyilmaqom qilib ado etdi! Bu ulugʻ ustozning Choʻlpon, Oybek, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirovdek eng munosib shogirdlari ham, mustamlaka sharoitida aql bovar qilmas darajadagi mushkul vaziyatlarda ham oʻzbek romanchiligining olamshumul qadrini baland tutib keldilar. Shuni komil ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bugungi kunda jahon romanchilik maktablarining hech biridan qolishmaydigan, baʼzi bir jihatlardan, xususan, inson ruhiy dunyosiga chuqur kirib borish — teran ruhiy tahlil bobida anchagina oʻzib chiqqan qudratli oʻzbek romanchilik maktabi, buyuk Qodiriy oʻziga va oʻz xalqiga munosib tarzda asos solgan maktab havas qilsa arzigulik darajada ishlab turibdi. Lekin ochigʻini aytish kerak, jahondagi boshqa xalqlarga nisbatan oʻzbek xalqida bu maktabning tugʻilishi, yashab ketishi va rivojlanishi beqiyos darajada ogʻir kechdi. Buning tub sabablarini mustamlaka tuzumning kirdikorlaridangina emas, oʻzbek xalqining xalq sifatidagi milliy mentalitetidan ham qidirish kerak boʻladi. Gap shundaki, oʻzbekning hinddan, arabdan, turk bilan tatardan, jahonning boshqa eng qadimiy va hozirda taraqqiy etgan xalqlaridan bir farqli jihati borki, deylik, butun hind xalqi yoppasiga oʻz yoʻlboshchisi Maxatma Gandiga yakdil, yaktan, yaknafas boʻlib birlashib ketganidek, bu xalq aksariyat hollarda bir yoʻlboshchining atrofida koʻngildagidek birlasholmaydi. Oʻziga xon, oʻziga bek, har bir vakili oʻzicha bir poshsho xalqqa hamisha qattiq pand beradigan eng oqsoq jihat ham shu!.
Mustamlaka tuzumlar, ayniqsa, mustabid Shoʻro tuzumi jonini jabborga berib ishlayotgan fidoyi zahmatkash va xalqni yangi yoʻlga boshlayotgan fidoyi yoʻlboshchini har bob bilan yomonotliq qilishga tayyor Yortiboy oqsoqoldek kaltabinlardan, uzoqni koʻrolmaydigan, baxil, boshi qovushmaydigan noahil, nazari past, tuban kimsalardan ustalik bilan foydalandi. Ukani akaga, jiyanni togʻaga, bolani otaga, nevarani boboga qarshi qayrab solib, odam bolasini oʻz shaxsiy manfaati yoʻlida hammani va hamma muqaddas qadriyatlarni, hatto oʻz vijdonini ham arzimas choychaqaga sotib yuboradigan, xullas, oʻz insoniy qadrini mutlaqo bilmaydigan tuban kimsaga, ongsiz bir maxluqqa aylantirishga urindi. Tabiiyki, bunday gʻayriinsoniy holatlarga qarshi isyon koʻtarib, insof va qadr, diyonat va adolatga daʼvat etgan fidoyi zotlar bu tuzumning ashaddiy dushmanlari sifatida yana-da qattiqroq yomonotliq qilindi. Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat kabi fidoyi zotlarga otilgan malomat toshlarining qoq yarmi mustabid tuzumga, qoq yarmi ana oʻsha otasini ham sotadigan kimsalarga tegishli edi. Holbuki bu xalqning "oʻzidan chiqqan balolar" mustamlaka sharoitidagina emas, mustaqillik sharoitida ham bir xalqqa yetib ortgulik darajada edi. Mana shunday nohaq malomatlardan va xizmatga tuhmatlardan yuragi oʻrtangan buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiy besh yarim asr muqaddam oʻzining eng purhikmat shohbaytlaridan birini ukasi Darvishaliga atab shunday bitgan edi: "Navosiz ulusning navobaxshi boʻl, Navoiy yomon boʻlsa, sen yaxshi boʻl". Qariyb toʻqqiz asr muqaddam avliyolar sarvari Ahmad Yassaviy hazratlari esa, bu xalqqa xos eng manfur illatlar oldida oʻzining nochor-noilojligini izhor qilib, shunday oʻta sodda, etti yoshdan etmish yoshgacha har bir oʻzbek oson tushuna oladigan hikmatli satrni bitgan edilar: "Yer ostiga qochib kirdim nodonlardin..." Shuning uchun ham xalqimizda yuzaki qaraganda yengil kulgu uchun, aslida achchiq istehzo bilan aytilgan bir hikmatli gap borki, "Botir botir emas, yomondan qochib qutulgan botir". Xullas, shunisi aniqki, har qanday yangilik ham, buyuklik ham, qahramonlik ham boshqa xalqlarga nisbatan oʻzbek xalqida bir necha baravar koʻproq qarshilikka uchrab, ming mashaqqat bilan oʻziga yoʻl ochadi.6
Oʻzbekiston davlat mustaqilligi yillarida oʻzbek xalqidek buyuk bir xalqning olamshumul dovrugʻiga yangi dovrugʻ qoʻshadigan, xalq va Vatan qadri hamda obroʻsini yana-da oshira oladigan gʻoyaviy-badiiy jihatdan barkamol asarlar talaygina yaratildi. Har jihatdan havas qilsa, ibrat olsa va jahonga "Mana, Oʻzbek!" deya koʻz-koʻz qilsa arzigulik adabiy qahramonlar ham yaratildi va yaratilmoqda. Ayniqsa, Sohibqiron bobomiz Amir Temur hazratlari, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Imom Buxoriy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Nasr Forobiy, Mahmud Torobiy, Boborahim Mashrab singari koʻpdan-koʻp ulugʻ ajdodlarimiz haqidagi yangi tarixiy-biografik asarlar bilan har qancha faxrlanishga haqlimiz. Said Ahmadning "Oftob oyim" hikoyasi, Odil Yoqubovning "Qaydasan, Moriko?" qissasi, Muhammad Alining "Men koʻrgan Amerika" va "Abadiy sogʻinchlar" kitoblari, Xayriddin Sultonovning "Boburiynoma" maʼrifiy romani, Qamchibek Kenjaning "Hind sorigʻa" safarnomasi kabi xorijiy mamlakatlar hayoti bilan bogʻlik sara asarlar ham oʻzbek xalqining xalqaro hamjamiyatdagi qonuniy oʻrnini yana-da muqimlashtirish va qadr-qimmatini yana-da oshirishdek xayrli ishga munosib hissalar hisoblanadi. Mustamlaka sharoitida dunyoga kelgan Abdurauf Fitratning "Hind ixtilolchilari", Oybekning "Nur qidirib" va "Pokiston taassurotlari", Shuhratning "Jannat qidirganlar", Yoqubbek Yakvalxoʻjaevning "Qaytar dunyo" asarlarida qalamga olinib boshlangan bu mavzu endi, mustaqillik sharoitida yangi yuksakliklarga koʻtarilishi shubhasiz. Zamonamiz qahramonlarining ulkan bunyodkorlik ishlari, umumxalq qurilishlari, tadbirkorlar, fermerlar, siyosiy arboblar, jahon taniydigan olimlar va boshqa shular kabi ilgʻor dunyoqarashli zamondoshlarimizning har qancha ibrat olsa arzigulik ishlari xususidagi kitoblar, publitsistik maqolalar va ocherklar ham talaygina yaratilmoqda. Bular yaxshi. Lekin publitsistika oʻz nomi bilan publitsistika. "Ninachining ming urgani — Bosqonchining bir urgani" deganlaridek, mingta publitsistik asar bitta barkamol nasriy asar — hikoya, qissa va roman oʻrnini bosolmaydi. Binobarin, zamonaviy mavzudagi barkamol nasriy asarda oʻz qadrini yaxshi biladigan, oʻz xalqi, vatani, mamlakati bilan astoydil faxrlanadigan, qahramon desa arziydigan, oʻquvchi havas bilan qaraydigan dunyoqarashi keng, ruhiyati boy, maʼnaviyati yuksak, maʼrifatli, xullas, toʻlaqonli adabiy qahramonlar yaratish yozuvchilarimiz oldida turgan eng muqaddas va dolzarb vazifadir.7
Mustaqillik asnosida, umumbashariy qadriyatlarga tayangan, goʻzallik-ezgulik-adolat prinsiplariga asoslangan adabiyot ilmi qaror topdi; yangi-yangi talqin va tahlil metodlari, usullari bilan oʻz imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda, ildiz otib, palak yozmoqda. Bu borada, birinchi prezidentimiz Islom Karimovning “Istiqlol va maʼnaviyat”, “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch”, “Adabiyotga eʼtibor – maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” asarlarida ilgari surilgan ijtimoiy-falsafiy, adabiy-estetik nazariy gʻoyalar adabiyotshunosligimiz uchun ham metodologik asos vazifasini oʻtamoqda.
“Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarning amaliy natijasi oʻlaroq, adabiyot va sanʼat, madaniyat, matbuot sohasi mafkuraviy tazyiqdan butunlay xalos boʻlganini qayd etish lozim, – deya taʼkidlaydi, birinchi prezidentimiz “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” asarida. – Har qanday ijod namunasi, badiiy asar sinfiy boʻlishi va qandaydir gʻoyaga, kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qilishi kerak, degan qarashlar bugun oʻtmishga aylandi. Erkin ijod uchun, milliy qadriyatlarimiz va boy maʼnaviyatimizni, xalqimiz tarixini, uning bugungi sermazmun hayotini toʻlaqonli va haqqoniy aks ettirish uchun zarur sharoitlar yaratildi” (133-bet)

Download 150,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish