Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

ASSOTSIATSIYA 
(lot. 
associo
birlashish, qo‗shish) — umumiy maqsadga 
erishish uchun tuzilgan uyushma, ittifoq, guruh. 
ATEIZM 
(yun. 
a
– inkor qo‗shimchasi, 
theos
– xudo; xudoni, dinni inkor etish) — 
dinni, diniy ta‘limotni, xudoni, umuman ilohiy kuchlarga e‘tiqod qilishni inkor etish. 
Diniy va ateistik dunyoqarashlar bir-biriga zid bo‗lib, buning zaminida idealistik va 
materialistok falsafiy yo‗nalishlar o‗rtasidagi kurash yotadi. A. qadimda ilk ateistik 
tasavvurlar paydo bo‗lgan davrdan hozirgi kungacha bir necha bosqichni bosib o‗tdi. 
Qadimgi Misr, Bobil, Hindiston va Xitoyda mil. av. III ming-yillikdan boshlab diniy 
aqidalarni tanqid qilgan asarlar paydo bo‘lgan. Antik dunyo, ya‘ni Yunoniston va Rim 
ateistlari tabiat hodisalarini materialistik asosda talqin qilishga, dinlarning vujudga kelish 
sabablarini ochishga urindilar. O‗rta a.larda dinning mavqei kuchli bo‘lgan sharoitda A. 
deyarli rivojlanmadi. Yevropada o‗rta a. mutaassibligi ustidan g‗alaba qozonilgach, 
Spinoza, fransuz materialistlari, Feyerbax kabi ateistlar o‗z faoliyatlarini Tavrotning 
tanqidi va dunyoviy ma‘rifatchilikni yoyishga qaratdilar. Umuman Marksgacha A. 
asosan dinni tanqid qilish bilan cheklangan holda uning jamiyatda saqlanib qolishi va 
muayyan maqsadlarga xizmat qilishini e‘tirof etish bilan xarakterlanadi. Marksistik A. 
bundan tubdan farq qiladi, zero u o‗z oldiga yerdagi hayotni inqilobiy yo‗l bilan 
o‗zgartirib, dindan holi bo‗lgan jamiyat barpo etishni maqsad qilib qo‗ygandi. Markschi-
leninchilar «kommunistik jamiyat qurilishi jarayonida diniy hamda o‗tmishning boshqa 
sarqitlaridan ozod bo‗lgan, ilmiy ateistik dunyoqarash bilan qurollangan yangi inson 
shakllanajagi» haqida da‘vo qildilar. Marksistik ateizm O‗zbekistonda ham o‗zining 
salbiy rolini o‗ynadi. 30-yillarda respublikada «Xudosizlar» nomi bilan o‗zbek tilida 
jurnal nashr etildi. Arab alifbosi bekor qilingach, minglab kitoblar yoqib yoki ko‗mib 
tashlandi, yuzlab masjid va madrasalar omborxonalarga aylantirildi yoki tashlandiq holga 


27 
keltirildi, arab tili va islom tarixining bilimdonlari quvg‗in ostiga olindi. Toshkent 
shahrida butun ittifoq Ilmiy ateizm institutining respublikalararo filiali ochilgani (1981-
yil) va, ayniqsa, O‗zbekiston KP MKning 16-plenumi (1984-yil) chaqirilganidan keyingi 
paytni O‗zbekistonda A.ning quturgan yillari deb atash mumkin. Zero shu yillari 
mamlakatda dinga uzil-kesil barham berishga qaratilgan tadbirlar o‗tkazildi. Jum., diniy 
bayramlar va marosimlar ta‘qiqlanadi; hatto sevimli xalq bayrami Navro‗zga ham 
«diniy» tamg‗a urilib, uni yo‗qqa chiqarishga harakat qilindi. SSSR qulagach, «ilmiy 
ateizm» umuman fan sifatida yo‗q bo‗ldi. Ilmiy-texnik jihatdan rivojlangan 
mamlakatlarda muayyan falsafaga (mas., neopozitivizm, ekzistensializm va h.k.) 
asoslangan ateistik qarashlar hozir ham sezilarli o‗rin egallaydi. Ayniqsa XX a. 2-
yarmida Bertran Rassel va Jan-Pol Sartrlarning asarlari bu borada katta rol o‗ynadi. 
AQSH va G‗arbiy Yevropa mamlakatlari aholisining 8-10% ateist hisoblanadi. Yer 
yuzida turli dinlar va mayda diniy firqalar misli ko‗rilmagan darajada ko‗payib ketgan 
bugungi real voqelikda A.ning o‗ziga ham e‘tiqod sifatida qarash urf bo‗layapti. 
Ko‗pgina xalqaro hujjatlarda, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida: 
«Har bir inson fikr, vijdon, din va e‘tiqod erkinligi huquqiga egadir», deb yozilgan. 
Zamonaviy demokratik jamiyatlarda, shu jum., O‗zbekistonda fuqarolar uchun haqiqiy 
vijdon erkinligi huquqi, ya‘ni har qanday dinni erkin tanlab olish yoki hech qanday dinga 
e‘tiqod qilmaslik Konstitutsiya bilan kafolatlangan. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish