6
ning boshlarida paydo bo‘lgan) ShKlar birinchi avlodining 8
bitli mashinalaridan, to 64 bitli to‘rtinchi avlod (Pentium IV)
mashina larigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Bu vaqt ichida
taktlash chastotasi yuz barobarga, tezkor xotira hajmi yuzlab
Mbaytga, disklardagi jamlagichlarning hajmi o‘nlab Gbaytga
yetdi. Konstruktiv xususiyatlari
nuqtayi nazaridan barcha
ShKlarni shartli ravishda statsionar (stol kompyuterlari) va
nostatsionar (mobil, noutbuk, netbuklar) turlarga ajratish
mumkin.
Statsionar ShKlar keng funksional imkoniyatlarga va
rivojlangan tashqi qurilmalarga ega. Ular xususiy operatsion
tizimga ega bo‘lib, ma’lumotlarga ishlov beruvchi amaliy
dasturlar bilan jihozlangan. Ularning xotirasi ko‘p pog‘onali,
aloqa va ulanish uchun interfeys tizimi rivojlangan, ma’lu-
motlarni kiritish va chiqarish uchun ko‘p sonli portlari mavjud.
Noutbuklar, elektron planshetlar, elektron lug‘atlar kabi mobil
ShK turlari keng tarqalgan. Bu texnik vositalar yakka tartibda
qo‘llaniluvchi, imkoniyatlari cheklangan texnik vositalardir.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab chorak milliarddan ziyod
EXMning
turlaridan foydalanilyapti, bulardan 90 foizi shaxsiy
kompyu
terlardir. Amerikaning IBM, Apple, Hewlett Packard
(HP), DEC, Compaq kompaniyalarining shaxsiy kompyuterlari
ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib, ular jahon bozorida juda keng
tarqalgan. Ularning mahsulotlari foydalanuvchilar orasida
anchagina taniqlidir.
ShKni ishlab chiqarish bo‘yicha eng
katta kompaniya
IBM (Internationale Business Machina) hisoblanadi. Bu kom-
paniya yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida yetakchi kom-
paniya bo‘lib kelmoqda. Uning IBM PC XT, AT modellari
mashhurdir. Bugungi kunda eng keng qo‘llanilayotgan ShKlar
IBM firmasining Pentium II, III, IV protsessorlari qo‘llangan
kompyuterlar hisoblanadi.
7
IBMdan keyin ikkinchi o‘rinni Apple firmasining taniqli
Macintosh modelli ShKlari egallab kelmoqda.
Bu firma
1998-yildan boshlab yangi arxitekturali iMac ShKlar, Power
Book va iBook noutbuklar, Power Macintosh oilasiga mansub
ishchi stansiya modellarini ishlab chiqaradi.
HP firmasi HP Workstation sinfiga mansub bo‘lgan ishchi
stansiyalarni, HP Compaq sinfiga mansub bo‘lgan
ixcham
(mobil) ishchi stansiyalarni ishlab chiqaradi.
ShKlarning katta sinfini DEC firmasi (so‘ngi paytlarda
Compaq firmasi bilan birga) ishlab chiqarmoqda. Bular
HiNote modelli mobil ShKlar, Ventures, Celeries modelli stol
kompyuterlari, VAX Station va DEC Station ishchi stansiyalari,
shuningdek, yangi Alpha 212642
protsessorlari asosidagi,
taktlash chastotasi 500–1000MHz bo‘lgan zamonaviy ishchi
stansiyalardir.
ShKlarning keng turlarini Acer, Sun, Vio, Rossiya kompa-
niyalari Akvarius R-style kompaniyalari ishlab chiqarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: