Kirish. Zamonaviy o`qitish kompyuter, multmediya, video va teleapparaturalar, masofadan o`qitishda internetdan foydalanish kabi bir qator yngi texnologiyalar asosida olib bormoqda.
Shu o`rinda fizik jihozlarni bevosita o`quv jarayonida qo`llanilishini ahamiyatini takidlab o`tish joizdir. Bu jihozlar fizika fanini o`qitishda yordam beradigan 80 dan ziyod turli xil fizik asbob- uskunalar va laboratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan universal tok manbalari, o`zgaruvchan va o`zgarmas toklarni o`lchovchi ampermetr va voltmetrlar, Uitstom ko`prigi, elektron va shayinli tarozilar, giometrik optika uchun to`plam, solenoidlar kabi ko`plab jihozlar keltirildi. Bu jihozlarning texnik parametrlari to`g`risida qisqacha ma’lumotlar berilgan bo`lib, lekin ular asosida o`tkazishi mumkin bo`lgan labaratoriya ishlari uchun ilmiy – uslubiy ko`rsatmalar bayon etilmagan. Shu sababli ham laboratoriya ishlarining nazariy qismi hamda amaliy bajarilish tartiblarini ishlab chiqish zaruriyati tug`ldi. Fizika o`quv dasturida nazariy ahamiyat kasb etuvchi materiallar fizik ta’lim mazmuning deyarli uchdan ikki qismini tashkil etadi. Bugungi kunda o`qitish samaradorligini oshirishda amaliy xarakterdagi o`quv materiallarini ko`paytirish borasida ijodiy ishlar qilinmoqda.
Mazkur uslubiy qo`llanma o`z mazmuniga ko`ra talabalar ihtiyoridagi laboratoriya ishlarini bajarish uchun kengroq imkoniyatlar yaratishga yo`naltirilgan. Professor oqituvchilar tomonidan yaratilgan virtual ishlanmalar fizik jihozlardagi ba’zi bir etishmovchliklar to`ldirilib, yanada ko`proq imkoniyatga ega bo`lish mumkin. Mazkur qo`llanmaga fizika o`quv dasturiga kiritilgan 20 ta laboratoriya ishlarining tafsiloti keltirilgan. Shuningdek ayrim laboratoriya ishlarining olingan taxminiy natijalar va talabalar tomonodan bajarilishi lozim bo`lgan hisobot jadvali berilgan.