Mutolaa madaniyati va ritorika



Download 0,51 Mb.
bet13/64
Sana16.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#678027
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64
Bog'liq
Mutolaa madaniyati va ritorika

Mark Tulliy Sitseron (mil. avv. 106-43 yy.) rimlik mashhur notiqlardan biri bo‘lib, u Rim yaqinidagi Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keladi. Uning bolalik yillari Arpina shahridagi otasiga qarashli erlarda o‘tadi. Otasi farzandiga yaxshi ta’lim-tarbiya berish maqsadida Rimga ko‘chib o‘tadi. Sitseron u yerda yunon murabbiylari qo‘lida tahsil oladi. Yunonistonning mashhur so‘z ustalari Lisiy, Litsiniy, Krass va Mark Antoniy kabi notiqlardan so‘z san’atining nozik sir-asrorlarini o‘rganadi, ularning ajoyib nutqlarini tinglaydi.
Bo‘lajak notiq falsafa bilan ham shug‘ullanadi. Lekin uni ko‘proq notiqlik san’ati qiziqtiradi. Sitseron notiqlarning turli mimika va harakatlar bilan so‘zlayotganini ko‘rib, notiq bo‘lish uchun aktyorlikdan ham xabardor bo‘lish kerak ekan, degan xulosaga keladi. Shu bois Ezop va Rossiy kabi o‘z davrining mashhur aktyorlaridan saboq oladi.
Sitseron uzoq tayyorgarlikdan so‘ng, 25 yoshida ilk bor xalk oldida nutq so‘zlashga jur’at etadi. U avval fuqarolik, so‘ngra jinoiy ish jarayoni bo‘yicha nutq so‘zlaydi. Biroq uning bu nutqiga davlat rahbarlari qarshi chiqadilar. Shundan so‘ng u notiqlik san’ati va falsafadan mukammal bilim olish maqsadida zamona-sining buyuk notiqlaridan hisoblangan Antonio Askalonskiydan ta’lim oladi. So‘ngra mashhur so‘z ustalaridan notiqlik san’ati sir-asrorlarini o‘rganish maqsadida Kichik Osiyoning bir qancha shaharlarini kezib chiqadi. U ancha vaqt nutq so‘zlashda yangi usullar qidiradi. Sitseron o‘z zamonasining ko‘pchilik so‘z ustalari singari o‘z faoliyatining ilk davrlaridayoq nutqida uslubning chiroyliligi, iboralarining jonliligi, jumlalarning nafisligiga katta e’tibor beradi.
Sitseron Osiyoga sayohat qilib, notiqlik san’atining sirlarini o‘rganib yurgan vaqtida Rim hukmdori Sull vafot etadi. Shundan so‘ng yosh notiq Rimga qaytib keladi va 31 yoshidan boshlab davlat ishlarida ishtirok etadi. Sitseron konsullik lavozimiga saylangach, butun notiqlik mahoratini siyosiy nutqlarga bag‘ishlaydi. U suddagi nutqlarida o‘zi yaratgan uslubdan foydalanib, raqiblarini taslim qildi. Rim hukmdori vafot etgach, uning raqiblari Sitserondan qasos olishga va uni Rimdan badarg‘a qilish to‘g‘risida qonun chiqarishga harakat qilishadi. Dushmanlari qasos olishi muqarrar ekanligiga ishongan mutafakkir Yunonistonga jo‘nab ketadi. Ko‘p yillik mashaqqatli mehnati samarasi sifatida, uning uch kitobdan iborat «Notiqlar haqida» nomli asari dunyoga keladi.
Sitseronning fikricha, notiq shunchaki sud ishlarining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladigan emas, balki davlat ishlarini chuqur tushunadigan, xalq dardiga hamdard bo‘la oladigan davlat arbobi bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun notiqlik san’atiga qiziqqan har bir kishi faqat ritorikaga oid bilimlar bilan cheklanmasdan, balki turli fanlarni o‘qib o‘rganmog‘i darkor. Qolaversa, notik odamlarning turli-tuman xarakterlarini sezmasa, inson tabiatidagi umumiy xususiyatlarni bilmasa, hech qachon maqsadiga erisha olmasligini ta’kidlaydi.
Sitseron o‘zining «Brut», «Notiq» nomli asarlarida Rim notiqlik san’ati tarixi haqida batafsil fikr yuritib, Attikachilarning (O‘rta Yunoniston janubi sharqidagi dengiz ichkarisiga ancha yorib kirgan yarim orol Attika deb ataladi) nazariyalariga qarshi mulohazalar bildiradi. Uning ta’kidlashicha, har qanday notiqning asosiy maqsadi tinglovchining zavqini uyg‘otish va ularni o‘ziga jalb qilishdan iborat. Notiq sharoitga qarab mavjud uslublarning hammasidan baravar foydalanishi kerak. Sitseron bu fikrni davom ettirib, «kimki jo‘n narsalar haqida oddiygina, kundalik voqealar haqida o‘rta darajada, ulug‘ hodisalar haqida esa zavq-shavq bilan gapirsa, shu odam so‘z san’atining chinakam ustasi bo‘ladi» - deydi. Sitseron so‘zlarning ohangdorligi, talaffuz etish, grammatika qoidalariga katta e’tibor berish kabi notiqlik san’atining muhim masalalarini ham o‘z asarlarida to‘la ifoda etgan. Tinglovchini toliqtirib qo‘ymaslik uchun nutq davomida ko‘tarinki ruhni beruvchi usulni bir parda pasaytirib, nutk mavzuiga aloqador shaxs bo‘lsa, ularning goh salbiy, goh ijobiy tavsifini berish, ilgari o‘tgan mashhur zotlar haqida biror latifani eslatib o‘tish, lozim bo‘lganda ayrim hayotiy manzaralar va fojiali voqealarni eslash, o‘rniga qarab biror hikmatli so‘z, maqol va qochiriq gaplar keltirish Sitseronning sevimli usullaridan bo‘lgan.
Sitseron Demosfenni yunon notiqlarining yo‘lboshchisi sifatida bilib, o‘z davrining notiqlarini undan o‘rganishga chaqirgan. Shu bilan birga, Sitseron shu davrdagi mashhur rimlik aktyorlardan ham o‘rgangan. U o‘z chiqishlarida aktyorlik usullaridan samarali foydalangan.
Rimda Tsezar vafotidan so‘ng davlatni uning nabirasi Oktavian boshqaradi. U o‘z davlatini mustahkamlash maqsadida Sitseronning Senatdagi mavqei va obro‘sidan foydalanmoqchi bo‘ladi. Biroq Sitseron Oktavianga ishonmaydi. Sitseronning dushmanlari yangi hukmdorni o‘zlariga og‘dirib olgach, undan buyuk notiqni qatl etishni talab qiladilar. Shunday qilib, so‘z san’atining mohir ustasi shafqatsiz jazoga hukm etiladi. Oldin uning o‘ng qo‘li qirqib tashlanadi, so‘ngra boshi tanasidan judo qilinadi. Sitseronni butun insoniyat oldida ulug‘lab, obro‘sini oshirgan narsa uning ajoyib nutqlari, ya’ni «Arxiyaning himoyasiga bag‘ishlangan nutq», «Verresga qarshi nutq», «Plankning himoyasiga bag‘ishlangan nutq», «Kluentsiyning himoyasiga bag‘ishlangan nutq», «Kvint Ligariyning himoyasiga bag‘ishlangan nutq», «Murenning himoyasiga bag‘ishlangan nutq», «Sekst Rostsiyning himoyasiga bag‘ishlangan nutq», «Shoh Deyotarning himoyasiga bag‘ishlangan nutq» kabilardir. Shuningdek, Sitseronning xatlari ham mavjud bo‘lib, ular: «Mark Brutga xati», «Attikaga xati», «Kvintga xati», yaqinlariga xati va boshqalardir.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish