Mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Irodaviy harakatlar va uni boshqarish. Shaxsning irodaviy sifatlari



Download 48,89 Kb.
bet3/5
Sana11.01.2022
Hajmi48,89 Kb.
#352791
1   2   3   4   5
Bog'liq
Obidova Shahnoza...

3. Irodaviy harakatlar va uni boshqarish. Shaxsning irodaviy sifatlari.

Iroda-avvalo kishining oʼzini qoʼlga ola bilishi, oʼz intilishlari, hissiyotlari va ehtiroslarini bosa bilishi demakdir. Iroda kishining oʼz- oʼzini idora qila olishi, oʼz xulqi va faoliyatini anglab, bilib tartibga solish va boshqara olish qobiliyati demakdir.

Kishining ichki toʼsiqlarni yenga olish, oʼzini boshqarish va oʼz ustidan hukmronlik qila olish qobiliyati odatda ichki iroda deb yuritiladi. Kishi irodaviy zoʼr berish yoʼli bilan tevarak-atrofdagi voqelikda uchraydigan tashqi toʼsiqlarni yengishi zarur boʼladi. Kishi oʼz oldiga qoʼyilgan maqsadni amalga oshirishga qarshilik qilayotgan toʼsqinliklarni yengib oʼtadi, voqelikni oʼz maqsadiga muvofiq ravishda oʼzgartiradi va uni oʼz ehtiyojlariga moslashtiradi. Insonning toʼsiqlarni, tashqi qiyinchiliklarini yenga olish qobiliyati tashqi iroda deb ataladi.

Аmmo irodani faqat shartli ravishda ichki va tashqi deb ikkiga boʼlish mumkin. Inson irodasi bitta, lekin u tashqi olamdagi oʼzgartirish va boshqarishga qaratilishi bilan birga shaxsiy, subʼektiv holatlarni va jarayonlarni boshqarishga qaratilishi ham mumkin. Modomiki, shunday ekan, tashqi toʼsqinliklarni yengish ichki toʼsqinliklarni yengish bilan chambarchas bogʼliqdir.

Inson tashqi olamga taʼsir etar ekan, tashqi olam hodisalarini boshqarish bilan bir vaqtda oʼzini, oʼz organizmini, qoʼl-oyoq muskullarini ham boshqaradi, ularning tarangligini kuchaytiradi yoki susaytiradi; ularning harakatlarini uygʼunlashtiradi, butun organizmning moslashish vaziyatini vujudga keltiradi va zarur paytda bu vaziyatni oʼzgartiradi va hakozo. Shu bilan birga ixtiyoriy harakatlar, asosan mehnat faoliyatida odamning ixtiyoriy faollik koʼrinishlarini toʼxtatib va bosib turishga toʼgʼri keladi. Shuning uchun odamning irodaviy zoʼr berishi va ixtiyoriy harakatlari tashqi toʼsqinliklarni yengishga qaratilishi bilan bir vaqtda organizmning ichki ahvolini ham oʼzgartiradi. Inson tevarak-atrofdagi voqelikni oʼzgartirar ekan, oʼzini-oʼz vujudini ham oʼzgartiradi.

Irodaviy harakatlar bajarilgandan keyin ularga baho beriladi. Qaror ijro etilgandan keyin, baʼzan esa qarorni bajarish jarayonida ham koʼpincha harakatlarga baho berish, qarorni qanday ijro etilganligiga baho berish kerak boʼladi. Qarorni ijro etish yuzasidan qilingan baho berish qabul qilingan qarorni hamda qilinadigan ishni maʼqullash, oqlash yoki qoralashdan iborat boʼladi. Bu baho qabul qilingan qaror yoki bajarilgan harakatlardan mamnun boʼlish yoki mamnun boʼlmaslik tufayli kelib chiqqan maxsus hissiy kechinmalarda ifodalanadi. Salbiy baho koʼpincha qilingan ishlarga pushaymon boʼlish, achinish, uyalish va afsuslanish kabi hislar tugʼilishiga sabab boʼladi. Qilinayotgan yoki qilinadigan ishlarga beriladigan baho qabul qilingan qarorni yoki bajarilgan harakatlarni maʼqullovchi, oqlovchi yoki qoralovchi maxsus hukmlarda ifodalanadi.

Kishining xarakterini taʼriflaganimizda falon kishi dadillik qildi, rost gapirdi demasdan, balki bu odam dadil, rostgoʼy, toʼgʼrisoʼz deb ataymiz. Buning maʼnosi shuki dadillik va rostgoʼylik, toʼgʼrisoʼzlik shu odamning xususiyatlaridir, xarakter xislatlaridir, tegishli sharoitda bu kishi dadillik, rostgoʼylik, toʼgʼrisoʼzlik xislatlariga ega ekanligini namoyon qildi deb aytamiz. Kishi xarakterini, xislatlarini bilib olgach, uning biron ish-harakatda qanday yoʼl tutishini ancha aniq bilib olamiz, oldindan aytib bera olamiz.

Iroda kuchi va xarakter qatʼiyati. Iroda maʼlum kuch bilan yuzaga chiqadi: baʼzi hollarda kishining irodasi kuchli surʼatda namoyon boʼlsa, boshqa hollarda kuchsiz namoyon boʼladi.

Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida koʼrinadi. Iroda kuchi avvalo ehtiyojlarni his qilishda va intilishda koʼrinadi, biz kuchli hamda kuchsiz intilishlarni, kuchli hamda kuchsiz hoxishlarni farq qilamiz.

Iroda kuchi ravshan va aniq maqsad qoʼyishda, shuningdek mazkur maqsadga yetishishga yordam beradigan yoʼl, vosita va usullarni ochiq tasavvur qilishda namoyon boʼladi. Bu ochiq ravshanlik darajasi esa kishining turmush tajribasiga, bilimiga va umumiy saviyasiga bogʼliq. Аniq maqsad qoʼyishda inson tafakkuri va ayniqsa real xayollar (fantaziya) ning taraqqiy etishi xususiyatlari katta rolʼ oʼynaydi.

Iroda kuchi tezlik bilan qarorga kela olishda va qarorni mustahkamligida, sabotlilikda koʼrinadi. Yuksak gʼoyaviy tamoyillarga asoslangan oqilona qatʼiyatlik va sabotlik kuchli iroda belgilaridandir. Qatʼiyatsizlik ikkilanish, qabul qilingan qarorning bajarilishiga shubha bilan qarash va sabotsizlik kuchsiz iroda belgilaridandir.

Iroda kuchi jasorat deb ataladigan dadillikda ayniqsa ravshan koʼrinadi. Jasorat kishining shunday holatiki, bunda kishi tez qarorga keladi va uni bajarishga ahd qiladi. Hatto salomatligini va hayotini xavf ostida qoldirishi mumkinligi hayoliga ham kelmaydi. Jasorat kishining boshqa kishilarga emas, balki oʼziga bergan amridir. Kishi ahloqiy burchining talabiga koʼra, buyuk maqsadga erishish uchun bir zumda hayot bilan oʼlimdan birini tanlab olsa, bunday jasorat iroda kuchi ekanligini koʼrsatadi.

Jasorat shunday qarorki, u goʼyo ish-harakatga aylanadi. Bu ish-harakat esa kuchli zoʼr berishni talab qiladi. Xarakter xislati boʼlgan dadillikda odamning qanchalik puxta oʼylab ish koʼrishiga qarab, bu dadillik maxsus tusga kiradi.

Puxta oʼylab ish koʼrishni oʼzi yuksak gʼoyaviylikka va kishining axloqiy tamoyillariga asoslangan taqdirda ijobiy xislat hisoblanadi. Oʼylab, shoshmasdan bir qarorga keladigan kishilarni mulohazakor kishilar deb ataymiz.

Odatda oʼzgaruvchan ayrim hislar kayfiyatlar taʼsirida tez bir qarorga keladigan xarakterli, dadil kishilar ham mavjud. Bular hissiyotga beriladigan tasodifiy kayfiyatli kishilardir. Bunday kishilar odatda sabotsizligi, shoshma-shosharligi va kalta oʼylashi bilan ajralib turadilar.

Kishi uncha ikkilanmasdan oʼylab, eʼtibor bilan toʼgʼri bir qarorga kelsa va shu qarorni dadil amalga oshira bilsa, dadillik xarakterning ijobiy xislati boʼladi.

Bir necha imkoniyatdan birini tanlab olishga toʼgʼri keladigan ish – harakat bir qadar xavf-xatar bilan bogʼlangan bir murakkab vaziyatda dadillik ayniqsa yaqqol koʼrinadi. Qatʼiyatsizlik xarakterning salbiy xislatidir, qatʼiyatsizlikda kishi sustlik bilan bir qarorga keladi, qabul qilgan qarorini koʼpincha oʼz vaqtida bajarmaydi. Bunday odam qabul qilgan qarori toʼgʼriligiga shubhalanadi, turli imkoniyatlardan birini tanlab olishda ikkilanadi, ayniqsa qiladigan ish-harakatlari xavf-xatar bilan bogʼlangan boʼlsa, shunday ahvolga tushadi. Shu sababli qatʼiyatsiz kishilar koʼpincha kam faolliklari bilan ajralib turadilar yoki umuman passiv boʼlib, yalqov, tanbal degan taassurot tugʼdiradilar.

Sabotlilik dadillikka chambarchas bogʼliq boʼlib, xarakterning ijobiy xislati hisoblanadi. Xarakterning bu xislatiga ega boʼlgan kishilar qabul qilgan qarorlarini odatda oʼzgartirmaydilar, bekor qilmaydilar va bu qarorlarini bajarmasdan qoʼymaydilar. Bu kishilar vaʼdalarining ustidan chiqadilar, aytgan soʼzlarini albatta qiladilar, ularning gapi bilan ishi bir boʼladi. Ularga ishonsa boʼladigan subutli insonlardir.

Qabul qilingan qarorlarini koʼpincha bekor qiladigan, bergan vaʼdalarini ustidan chiqmaydigan, aytgan soʼzidan tonadigan kishilar subutsiz hisoblanadi.

Kishi irodasining kuchi va qatʼiyati xarakterning irodaga bogʼliq boʼlgan qaysi xislatlarida ifodalangan boʼlsa oʼsha xislatlar eng yorqin xislatlardan hisoblanadi. Bu xislatlar har bir kishining xarakterida bir qadar namoyon boʼladi. Аmmo hamma kishilarni va har qanday odamni irodasi kuchli, xarakteri kuchli deb boʼlmaydi. Balki shu sifatlari bilan boshqa kishilardan ajralib turgan odamlargina irodasi kuchli, xarakteri qatʼiy deb ataladi. Iroda kuchi va qatʼiyati odamning oʼzini tuta bilishida, jasurligida, matonatida va chidamliligida namoyon boʼladi.

Iroda kuchi qabul qilingan qarorni oʼz vaqtida bajarishda koʼrinadi. Shuning uchun qarorni bajarmaslik yoki uning bajarish muddatini doimo paysalga solish, galdan- galga qoldiraverish, boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilmaslik irodaning kuchsizligi alomatidir.

Lekin qabul qilingan qarorni bajarish har qanday qilingan ish-harakatning, irodaning kuchli ekanligidan darak beravermaydi. Iroda kuchi asosan irodaviy harakatlar yordami bilan qanday toʼsiqlar yengilganiga va shu yoʼl bilan qanday natijalarga erishilganligiga qarab aniqlanadi. Irodaviy zoʼr berish vositasida bartaraf qilinadigan qarshilik va qiyinchiliklar darajasi va xarakteri iroda kuchining obʼektiv koʼrsatgichi boʼlib xizmat qiladi.

Kishi katta toʼsqinliklarni, qiyinchiliklarni, qarshiliklarni irodaviy zoʼr berish va irodaviy harakatlar yordami bilan bartaraf qilib, zoʼr muvafaqqiyatlarga erishsa, bu kishi irodasi kuchli ekanligini koʼrsatadi.

Kosmonovtlar mislsiz iroda kuchini butun jahonga namoyish qilishadi. Bu qahramonlar kosmik parvozlarga tayyorlanish davrida ham, parvoz paytida ham oʼz irodalarining yuksak sifatlarini namoyish etadilar. Bu qahramonlar kuchli iroda va uning xilma-xil koʼrinishlari oʼz xarakterining asosiy xislati boʼlgan kishilarning yorqin misolidir.

Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas toʼsqinliklarni ham bartaraf qila olmasligida koʼrinadi. Masalan, baʼzan kishi biron kerakli xatni yozishga yoki biror zarur ishni boshlashga oʼzini majbur eta olmaydi.

Irodaning kuchsizligi odatda irodasizlik deb ataladi. Qarorni bajarish jarayonidagi ixtiyoriy ish-harakatlardagi iroda kuchi oʼzini tuta bilishda, jasurlik, sabot va matonat, chidam va toqatda namoyon boʼladi.

Oʼzini tuta bilish nomidan ham bilinib turibdiki, kishining oʼzini idora qila bilishi va oʼzini qoʼlga ola bilishi demakdir. Oʼzini tuta bilish kishining oldiga qoʼygan maqsadlariga yetishuvida toʼsqinlik qiluvchi, irodasini boʼshashtiruvchi ichki holatlarni yengishda koʼrinadigan kuchli irodadir. Bunday holatlarga masalan, qoʼrqish, oʼz kuchlariga ishonmaslik, zerikish, qaygʼurish hissi kiradi. Bunday holatlar kishini faoliyat koʼrsatmaslikka ragʼbatlantiradi yoki qoʼyilgan maqsadlarga qarama-qarshi boʼlgan gʼayri ixtiyoriy harakatlarda oʼz ifodasini topadi. Bunday holatlar har kimda boʼladi. Аmmo odamning shaxs sifatidagi xususiyati shundan iboratki, u oʼzidan ana shu salbiy va keraksiz holatlarni iroda kuchi bilan oʼzgartira oldi yoki bartaraf qila oladi. Bu borada K.D.Ushinskiy quyidagi soʼzlarni keltirib oʼtadi: “Qoʼrquvni his qilmasdan xavf-xatarga oʼzini uradigan kishi mard emas, balki eng kuchli qoʼrquvni ham bosa oladigan va qoʼrquv taʼsiriga berilmagan, xavf-xatarni oʼylamaydigan kishi marddir”.

Oʼzini tuta bilish kishi xarakterining xislati boʼlib, asosan ichki irodaning namoyon boʼlishidan iborat. Bu xislat kishining oʼz xulq-atvorini nazorat qila bilishda oʼzini, oʼz harakatlarini, nutqini qoʼlga ola bilishida, shu sharoitda keraksiz yoki zararli deb qaraladigan harakatlardan oʼzini tiya bilishida ifodalanadi. Xarakter shu xislatiga ega boʼlgan kishilar oʼzlarini qoʼlga ola biladilar. Ular oʼzlarini tuta biladilar, ular uyushqoq kishilardir.

Oʼzini tuta bilmaslik irodaning kuchsizligini yaqqol koʼrsatuvchi belgidir. Odam oʼzini qoʼlga ola bilmaganda oʼz mayllarini, ixtiyorsiz harakatlarini nazorat qila olmaganda gʼayri ixtiyoriy faollik koʼrinishlari reflekslar, instinktlar, tasodifan koʼngildan kechadigan hislar, qoʼrquv, hadik-shubha, gumon, hazab, rashk, ichiqoralik, affektiv holatlar va shu kabilar kishi irodasini boʼgʼib qoʼyadi. Bunday hollarda odam oʼzini tiya olmay qoladi.

Oʼzini tiya olmaslikning eng yomon koʼrinishi boʼzuqlikdir. Boʼzuqlik butunlay instinktlar va salbiy emotsiyalar taʼsirida boʼlish demakdir.

Jasurlik kishining omonligi va hayoti uchun havfli boʼlgan toʼsqinliklarni bartaraf qilishda koʼrinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashyutchi har gal oʼzini samolyotdan tashlaganda jasurlik qiladi. Jasurlik oʼzini tuta bilishga chambarchas bogʼliq. Jasurlik bor joyda oʼzini tuta bilishlik mavjud. Kishi oʼzini tuta bilsa jasurlik qila oladi. Biron maqsadga yetishish yoʼlida mutassil jasurlik koʼrsatish, dovyuraklik jasorat deyiladi.

Oʼzining hayoti uchun xatarli toʼsqinliklarni yengishga doimo tayyor turgan va shunday toʼsqinliklarni yenga oladigan kishilarni jasur kishilar deb ataymiz. Bular xavf-xatardan choʼchimaydigan, xarakteri kuchli, dovyurak, botir kishilardir.

Jasurlikning yoʼqligi irodaning kuchsizligini koʼrsatadi. Buni qoʼrqoqlik, nomardlik deb ataymiz. Irodasi kuchsiz boʼlgan bunday kishilar odatda qoʼrqoq, yuraksiz kishilar deb ataladi. Sabot, matonat maʼlum maqsadga yetishda koʼpincha oʼzoq vaqt davomida irodamizga taʼsir etib turuvchi katta toʼsqinlik va qiyinchiliklarni bartaraf qilishga toʼgʼri keladi. Irodaning bunday koʼrinishi shaxsning eng muhim sifati boʼlib, iroda kuchining yaqqolligini koʼrsatadi.

Sabot, matonat – qandaydir bir aniq maqsadni koʼzlab, muntazam ravishda irodaviy zoʼr berish demakdir.

Аmmo kishilarning hayoti va faoliyatida baʼzan shunday hollar ham boʼladiki, kishi oʼz oldiga qoʼygan qandaydir zarur maqsadlarni bajarishda yetib boʼlmaydigan yoki kishiga shunday boʼlib tuyuladigan toʼsqinliklarga uchrab qoladi. Bunday hollarda kishi baʼzan qabul qilgan qarorni oʼzgartiradi, bekor qiladi, u qiyinchiliklardan qoʼrqishi va oʼz oldiga qoʼygan maqsadidan voz kechishi mumkin. Baʼzan shunday boʼladiki, talaba toʼsatdan oʼqishni tashlaydi. Ilgari tanlagan ehtiyojidan voz kechadi, boshlagan ishini oxiriga yetkazmay, oʼlda – joʼlda qoldirib ketadi.

Kutilgan maqsadga yetishda katta qiyinchiliklar va yengib boʼlmaydigan toʼsiqlar boʼlsa, kishi shu maqsadga yetishi uchun zarur yoʼl, vosita va usullarni oʼzgartirib, yangi usullarni qidirib topishi mumkin. Katta toʼsqinliklarni bartaraf qilib, oʼzoq qunt qilib, maqsadga yetishda koʼrinadigan bunday iroda kuchi sabot - matonat deb ataladi. Shunday iroda sifatiga ega boʼlgan kishi esa sabot-matonatli, kuchli irodali, qatʼiy xarakterli kishi deb ataladi.

Har qanday faoliyatning, jumladan oʼqib, oʼrganishning muvaffaqiyati sabot-matonatga bogʼliq. Bilimli boʼlmoq uchun sabot-matonat kerak. Har bir sohada-texnika, sanʼat, moʼzika, sport va shu kabi sohalarda bilim va malaka ortirmoq uchun sabot-matonat kerak.

Sabot-matonat xarakterning eng qimmatli xislatidir. Bu xislat kishining maqsadga yetish yoʼlida qanday qiyinchilik va toʼsqinliklar boʼlishidan qatʼiy nazar shu maqsadga erishishida oʼz ifodasini topadi.

Xarakter xislati boʼlgan sabot-matonat baʼzi kishilar faoliyatining hamma sohalarida namoyon boʼladi boshqa kishilarda esa bu xislat ularning manfaatlari bilan bogʼlangan, va ayrim faoliyat sohalarida koʼrinadi.

Sabot-matonatli kishilar boshlagan ishlarini hamisha oxiriga yetkaza biladilar. Ular oʼzlariga nisbatan ham boshqa kishilarga nisbatan ham talabchan boʼladilar.

Sabot-matonatli kishilar muvaffaqiyatsizlikka uchraganda ruhini tushirmaydi, balki aksincha, maqsadga erishish uchun ishga yanada qatʼiyroq kirishadi, shu maqsadga erishishning yangi yoʼl va vositalarini izlab topadi.

Sabot-matonatli kishilar oʼziga va boshqa kishilarga nisbatan talabchanligi bilan ajralib turadilar. Ular belgilangan yoʼldan yurishlari-ga toʼsqinlik qila oladigan hamma narsaga qarshi tura oladigan, bu toʼsqinliklarni yenga oladigan matonatli kishilardir.

Sabot-matonat irodaning chidam va toqat degan sifati bilan ham chambarchas bogʼliq.

Maqsadga yetishda bartaraf qilinadigan toʼsqinlik va qiyinchiliklar kishidan kuch va vaqt sarf qilishni talab etibgina qolmay, balki koʼpincha jismoniy va ruhiy azob beradi ham.

Kishining oʼz faoliyatida baʼzan sovuq va issiqdan, yomgʼir va qordan, qattiq toliqish, och qolishdan, hamma turli kasalliklardan azob chekadigan kishi oʼz oldiga qoʼygan maqsadiga sodiq boʼlib shu maqsadga yetishga intilaversa, bunday intilishlarda koʼrinadigan iroda chidam va toqat deb ataladi. Odamning organizmidagi yemirilish jarayonlarini yengishda ifodalanadigan ajoyib iroda oʼzini tuta bilish va matonatni koʼrsatadigan misollar talaygina boʼlib, u quyidagi misollardan birida keltirib oʼtiladi.

Sobiq sovet uchuvchisi Аlievning bir oʼzi havo jangida dushmanning yettita samolyotiga qarshi mardonavor kurashdi va hammasini urib tushirdi. Kuchlar teng boʼlmagan bu jangda Аlievning samolyotini dushman oʼqlari teshib yuborgan edi. Аliev oʼzi bir necha bor yaralandi. Аmmo u oʼzini yoʼqotib qoʼymay, samolyoti bilan oʼz aerodromiga borib qoʼndi. Аerodromiga yetib borguncha dushman egallab olgan yerlardan uchib oʼtishi kerak edi. Dushmanning zenit toʼplari Аlievning samolyotini qattiq oʼqqa tutdi va samolyotining bir necha joyini snaryad parchalari teshib yubordi. Uchuvchi yana bir necha marta yaralandi. Lekin Аliev bu safar ham sarosimaga tushmay samolyotini boshqarib boraverdi va uni oʼz aerodromiga eson-omon qoʼndirdi. Samolyot kabinasi ochilganda uchuvchi oʼlgan edi. U ikki qoʼlidan, oyogʼidan, kuragidan, yelkasidan, orqasidan, jagʼidan va boshidan yaralangan edi. Vrachning aniqlashishicha, ogʼir yarador boʼlgan Аlievning bu holda ucha olishi sira mumkin emas edi. Аmmo Аliev samolyotini boshqarib, aerodromga toʼgʼri qoʼna olgan. Uchuvchining irodasi va oʼzini tuta bilishi tufayli oʼqning yemiruvchi kuchlaridan gʼolib kelib, umrining soʼnggi daqiqalarini choʼzishga erisha oldi.

Sabot-matonatli chidamli va toqatli kishilar maqsadga yetishishda va qiyinchiliklarga qarshi kurash jismoniy va ruhiy azoblarga hamda boshqa mashaqqatlarga chiday oladilar. Ular har qanday vaziyatda oʼzlarini tuta oladilar, jasurlik, mardlik, botirlik, qatʼiyat koʼrsata oladilar .

Bunday xarakterli kishilarga optimallik kayfiyati, hayotga quvnoqlik bilan qarash, porloq kelajakka doim ishonch bilan boqish, boshqa kishilarga oʼz kuchlari va mehnat imkoniyatlariga yetishish kabi xislatlar xosdir.


Download 48,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish