Meʼmorligi. B. hududida oʻrta asrlar meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. 11 — 12-asrlarda roman (Lyej va Turndagi cherkovlar, Flandriya graflarining Gentdagi qoʻrgʻonlari), 13 — 14-asrlarda gotika uslubi (Gent, Bryussel va Aitverpendagi soborlar) rivojlandi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida dunyoviy ruxdagi meʼmorlik qaror topdi (Bryussel, Kortreyk, Gent, Lyoven ratushalari). Uygʻonish davrsha B. meʼmorlik sanʼati markazlaridan biriga aylandi. 18-asr barokko anʼanalari qisman sakdansa ham (V. O. Yansens, P. Y. Verxagen) unga Fransiya va Avstriya orqali klassitsizm prinsiplari taʼsir etdi (meʼmorlar: Ya. P. Baursxeydt, L. B. Devez; haykaltaroshlar L. Delvo, J. L. Godsharl, rassom A. Lsns va boshqalar). 19-asrda B.ning millim meʼmorligi shakllandi. 19-asr oxirida B. meʼmorlikdagi "modern" uslubining vatani boʻlib qoldi. 20-asr boshlaridagi meʼmorlar hashamdorlikdan voz kechnb, qulay va oqilona yechimlarni izladilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat va jamoat binolari, maʼmuriy imoratlar, yangi uy-joylar zamoiaviy talablarga moslab qurildi (X. van Kyoyk, R. Bram, L. Steynsn va boshqa meʼmorlar). - Meʼmorligi. B. hududida oʻrta asrlar meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. 11 — 12-asrlarda roman (Lyej va Turndagi cherkovlar, Flandriya graflarining Gentdagi qoʻrgʻonlari), 13 — 14-asrlarda gotika uslubi (Gent, Bryussel va Aitverpendagi soborlar) rivojlandi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida dunyoviy ruxdagi meʼmorlik qaror topdi (Bryussel, Kortreyk, Gent, Lyoven ratushalari). Uygʻonish davrsha B. meʼmorlik sanʼati markazlaridan biriga aylandi. 18-asr barokko anʼanalari qisman sakdansa ham (V. O. Yansens, P. Y. Verxagen) unga Fransiya va Avstriya orqali klassitsizm prinsiplari taʼsir etdi (meʼmorlar: Ya. P. Baursxeydt, L. B. Devez; haykaltaroshlar L. Delvo, J. L. Godsharl, rassom A. Lsns va boshqalar). 19-asrda B.ning millim meʼmorligi shakllandi. 19-asr oxirida B. meʼmorlikdagi "modern" uslubining vatani boʻlib qoldi. 20-asr boshlaridagi meʼmorlar hashamdorlikdan voz kechnb, qulay va oqilona yechimlarni izladilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat va jamoat binolari, maʼmuriy imoratlar, yangi uy-joylar zamoiaviy talablarga moslab qurildi (X. van Kyoyk, R. Bram, L. Steynsn va boshqa meʼmorlar).
- Tasviriy sanʼati
- B.da 11 — 12-asrlarda amaliy bezak sanʼati (bronza quymalar, zargarlik), 13 — 14-asrlarda devoriy rassomlik, dastgoh sanʼati, haykaltaroshlik va miniatyura rivojlandi. 16-asrda dastgoh rassomligi keng yoyildi (Ya. van Eyk, P. Breygel). 17 a.da B.da mustaqil rassomlik maktabi vujudga keldi va 18-asrgacha u flamand maktabi deb ataldi. Uning eng atokli namoyandalari: P. P. Rubens, A. van Deyk, Ya. Yordane, F. Sneyders, D. Tenirs va boshqa 19-asrdaportretchiF. J. Navez, manzarachi T. Furmua, grafik va rangtasvirchi F. Rops, J. Yenzor, haykaltarosh K. Menye va boshqa 20-asrda B.da A. Savereys, R. Magrit, K. Psrmeke, F. Mazerel, P. Polyus kabi rassomlar ijod qildilar. Amaliy bezak sanʼati: yogʻoch oʻymakorligi va miskarlik, kashtachilik va shahrik. rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |