Mundarija: Kirish I. Byudjet daromadlarining zarurligi va ularni shakllantirish


Davlat byudjetida to’g’ri soliqlarning ulushi va uning tahlili



Download 236,25 Kb.
bet10/14
Sana17.09.2021
Hajmi236,25 Kb.
#176404
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi Byudjet daromadlarini shakllantirishda to'gri soliqlarning salmo'gi

Davlat byudjetida to’g’ri soliqlarning ulushi va uning tahlili


Iqtisodiyotda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida to’g’ri soliqlarning mohiyati, soliq munosabatlaridagi ahamiyati, soliq tizimida va davlat byudjetining daromadlaridagi salmog’ini nazariy va amaliy ma’lumotlarga tayangan holda tahlil etish va o’rganish bugungi kun talabi hisoblanadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek to’g’ri soliqlar tarkibiga daromaddan va mulk va yer egaligidan hamda resusrlardan foydalanganlik uchun soliqlar kiradi. Bu soliqlardan daromadlar byudjet daromadlari tarkibida alohida o’rin tutadi. Aniqroq ma’lumotlarga ega bo’lish uchun bevosita soliqlarni daromdidan undiriladigan va mulk va resusrlardan undiriladigan soliqlarga bo’lib tahlil qilamiz.

Jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq to’g’ri soliqlar ichida salmoqli o’rinni egallaydi.

Soliq Kodeksiga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilari hisoblanadilar.

Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:



  • mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar

  • mulkiy daromadlar

  • moddiy naf tarzidagi daromadlar;

  • boshqa daromadlar.

O’zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga ko’ra jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalari quyidagi guruhlarga bo’linadi:

    • jismoniy shaxslarning ish haqi, mukofotlar va boshqa daromadlariga solinadigan tabaqalashgan progressiv soliq stavkalari;

    • jismoniy shaxslarning dividend va foiz tariqasida oladigan daromadiga soliq stavkasi (10%);

    • norezident jismoniy shaxslarning daromadlariga to’lov manbaida solinadigan soliq stavkalari (faoliyat va daromad manbaiga qarab tegishlicha 6%; 10%; 10%; 20%);

    • imtiyozli soliq stavkalari.

1998-1999 yillarda jismoniy shaxslar daromadlaridan soliq besh pog’onali 15%, 25%, 35%, 40% va 45% shkala bo’yicha olingan bo’lsa, 2001-2014 yillardan boshlab uchta pog’onali shkala bo’yicha undirilgan.

2015 yilning 1 yanvaridan e’tiboran respublikamizda to’rt pog’onali soliq stavkalarini qo’llash tartibi joriy etilib, bu jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblashda eng kam ish haqining bir baravarigacha bo’lgan eng quyi pog’onadagi miqdoriga «0» darajali stavkani qo’llash tartibini nazar tutadi. Boshqacha aytganda, fuqarolarning eng kam ish haqining bir baravari (118400 so’m)gacha daromadlari soliqqa tortilmaydi .

O’zbekiston Respublikasidagi to’lov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar jami daromaddan chegirib tashlanadi

Soliq solinadigan baza jami daromad bilan soliq kodeksiga asosan chegrib tashlanadigan xarajatlar o’rtasidagi farq, shuningdek foydaning kamaytirilish summalar hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni inobatga olgan holda belgilanadi.

Shu bilan birgalikda soliqlardan eksporter korxonalar uchun imtiyoz belgilangan, ya’ni o’zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining erkin almashtiriladigan valyutadagi ulushi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksportchi korxonalar uchun sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha belgilangan stavka 30%ga pasaytiriladi, sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqori bo’lsa belgilangan stavka 50%ga pasaytiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan ro’yxatda keltirilgan xom ashyo mahsulotlari bundan mustasno.

Bu soliq stavkasi yillar mobaynida kamayib i 2009 yilda 8%ni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilga kelib, har yili 1%dan kamayib sanoat ishlab chiqaruvchilariuchun 5%ni, umumiy sohada faoliyat yuritayotganlar uchun 6%ni tashkil etmoqda.

O’tgan yil yakunlari bo’yicha asosiy (soha) faoliyat turi savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat bo’lgan yuridik shaxslar soliq kodeksda belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq to’lovini to’lashi kerak.

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar yagona soliq to’lovini davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan e’tiboran joriy yil tugaguniga qadar, 1 oktyabrdan keyin ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik shaxslar esa keyingi yil tugaguniga qadar to’laydi.



Mamlatimiz soliq tizimida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun, shu sohada faoliyat yuritadigan kichik korxona va mikrofirmalarni hisobga olgan holda alohida soliq stavkalari joriy etilgan va ushbu soliq stavkasi yillar mobaynida o’zgarmagan 10 foizni va umumta’lim maktablari, maktab internat,o’rta maxsus va oliy ta’lim muassalariga xizmat ko’rsatuvchi korxonalar uchun esa imtiyozli tarzda 8 foiz qilib belgilangan.

Bundan tashqari chakana va ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi savdo korxonalari va dorixonalar uchun joylashish joyiga qarab tabaqalashtirilgan

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchi yuridik shaxslar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi rezidentlar bo’lib, soliq tsavasi yillar mobayniad o’zgarmagan, ya’ni sof foydadan 8 foizni tashkil etadi.

Mol mulk solig’ini to’lovchilar ham yuridik, ham jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilar quyidagilardir:



  • O’zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar — O’zbekiston Respublikasining rezidentlari;

  • agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududida o’z mulkida ko’chmas mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar — O’zbekiston Respublikasining norezidentlaridir.

Quyidagilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilar bo’lmaydi:

  • notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, ushbu bo’limda nazarda tutilgan tartibda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilardir;

  • soliq kodeksiga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.

Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo’rlardan undiriladi.

Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyektidir:



  1. dehqon xo’jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

  2. yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

  3. jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;

  4. xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;

  5. meros bo’yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o’tgan yer uchastkalari;

  6. qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;

  7. tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

Yer solig’ining stavkalari zonalar bo’yicha, qishloq xo’jaligidagi yerlar bo’yicha esa yerlarning bonitetiga qarab soliq stavkalari belgilanadi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchilar O’zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardir:



    • yuridik shaxslar — O’zbekiston Respublikasi rezidentlari;

    • faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari;

Alkagolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar qanday tartibda soltq to’lashidan qat’iy nazar ushub soliqni to’laydilar.

2014 yilda yagona yer solig’ini to’lamaydigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, dehqon xo’jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar),tadbirkorlik faoliyatida suv resusrlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar har kub metr suv uchun 2,8 va 3,1 so’m miqdorida soliq to’lagan.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to’lovchilar quyidagilardir:


  • yer qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar;

  • foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar.

Byudjet daromadlari tarkibida alohida satrda ko’rsatiladigan soliq qo’shimcha foyda solig’i deb nomlanadi va uning stavkalari 5-jadvalda keltirilgan.


Download 236,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish