Mundarija. Kirish I. Bob Mavzuga doir nazariy ma’lumotlar



Download 47,06 Kb.
bet9/11
Sana12.07.2022
Hajmi47,06 Kb.
#782623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Natural va tovar ho\'jaligi va ularning belgilari (1)

Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori orqali tavsiflanuvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Mehnat intensivligining oshishi amalda ish vaqtining ko’’ayganligini anglatadi. Shunday qilib, intensivlik ish vaqtining davomiyligi bilan bevosita aloqador bo’ladi.Mehnatning intensivligi deganda ish vaqti birligi davomida ishchi kuchi sarfi orqali aniqlanuvchi mehnat jadalligining darajasi tushuniladi.Mehnatning jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki bir soat vaqt birligi sifatida qabul qilinadi.
Individual yoki o’rtacha ijtimoiy mehnat intensivligi tushunchalari farqlanadi. Muayyan ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida individual intensivlik ishchining yoshi, uning mahorat darajasi, jismoniy va aqliy qobiliyatlariga bog’liq bo’ladi. Mehnatning o’rtacha intensivligi – bu umumlashma tushuncha bo’lib, alohida shaxs, alohida korxona va tarmoq, mamlakatning turli hududlarida mavjud bo’lgan individual miqdorlardan tarkib to’adi. «O’rtacha intensivlik» tushunchasi mehnat intensivligining faqat miqdor tomonini tavsiflab, u yoki bu ishlab chiqarish usuli sharoitidagi intensivlikning mohiyati va mazmunini aks ettirmaydi. Shunga ko’ra, iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy mehnat intensivligi tushunchasi farqlanib, u har bir muayyan mamlakat uchun bir vaqtning o’zida ijtimoiy mazmunni aks ettiruvchi ma’lum o’rtacha miqdorni o’z ichiga oladi.8

2.3 Tovar ishlab chiqarishning yuzaga kelishi va uning natural xo` jalikdan farqi
Ishlab chiqarish ikkita umumiy shaklda yuz beradi: natural ishlab chiqarish va tovar ishlab chiqarish. Shunga ko`ra natural va tovar ishlab chiqarish xo`jaligi mavjud bo`ladi.Natural xo`jalik-umuminsoniy iqtisodning tarixan birinchi shakli bo`lib, bunda mehnat mahsullari ishlab chiqaruvchilarning o`z shaxsiy ehtiyojini qondirishga qaratiladi.Natural xo`jalik sharoitida mahsulot ayirboshlanmaydi va u ishlab chiqaruvchining o`zi uchun hayotiy vositaga aylanadi. Ishlab chiqarish hamda iste'mol vositalari sifatida uning har kungi ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi. Natural xo`jalikning asosi avval yer, keyinchalik xonaki sanoat bo`lgan.Natural xo`jalik bozor iqtisodiyotiga qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy shakli bo`lib kelgan.Qadimgi Yunonistonda natural xo`jalikni mustahkamlash, rivojlantirish g`oyasini ilk bor Platon, Aristotel ilgari surganlar.Natural xo`jalik sharoitida har bir yirik mulkdorning o`zining alohida xo`jaligi bo`lgan. Mayda dehqon xo`jaligi ham natural xarakterda bo`lgan.Natural xo`jalik barcha iqtisodiy jarayonlarni tor doira bilan cheklaydi. Ishchi kuchi va moddiy resurslar muayyan xo`jalikka juda qattiq biriktirib qo`yiladi va ko`chib yurishidan mahrum bo`ladi. Natural xo`jalik iqtisodiy o`sish yo`llarini ham to`sib qo`yadi.Mehnat unumdorligi deyarli o`smaydi. Bu uning o`ziga xos belgilarida ham ko`rinadi. Natural xo`jalik-konservatizm, ya'ni eskilikka moyil bo`lib, yangilikni yarata olmaydi.Iqtisodiy avtarkizm- ya'ni o`zini ta'minlab, boshqalar bilan kamdan-kam aloqaga kirishishdir.O`zini-o`zi mahsulot bilan ta'minlab, iste'mol sarf-xarajatlarini tejaydi, shu sababli natural xo`jalikning ba'zi bir sarqitlari nisbatan rivojlangan iqtisodiyotda ham saqlanadi.Natural ishlab chiqarish qonuniy ravishda tovar ishlab chiqarishga aylanadi, lekin bu jarayon ancha uzoq davom etadi.Natural ishlab chiqarish iqtisodiy ravnaqni ta'minlay olmaganidan uning o`rniga tovar ishlab chiqarish keladi va mahsulotning natural shakli tovar shakli bilan o`rin almashadi.Tovar xo`jaligi natural xo`jalikdan farqli o`laroq, mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste'mol qiluvchilarning bozor orqali, o`zaro tovarlarni oldi-sotdi orqali aloqa qilishni taqozo etadi.Demak, tovar ishlab chiqarish deganda mahsulotni bozor uchun, ya'ni uni pul vositasida oldi-sotdi qilish uchun yaratilishini tushunish kerak. Tovar ishlab chiqarish ob'ektiv tarzda ikki asosga tayanadi, ya'ni uni ikki shart-sharoit yuzaga keltiradi:

  • Mehnat taqsimoti;

  • Ishlab chiqaruvchilarning bir-biridan ajralib, mustaqil faoliyat yuritishi.

Mahsulotni tovar shaklida ishlab chiqarish-bu ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan tuzilishi bo`lib bunda kishilar o`rtasida iqtisodiy munosabatlar bozor orqali, ularning mehnati mahsullarini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo`ladi. Tovarni sotishdan maqsad uning o`rniga boshqa tovarni sotib olib, ehtiyojni qondirishdir.Tovar ishlab chiqarish umuminsoniy iqtisodiy hodisa, u hamma yerda mavjud. Mehnat mahsuli tovarga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanishi hamma jamiyatlar uchun muqarrar hodisadir. 9
Xulosa
Hozirgi kunimiz ertamizni o'ylab, yurtimiz haqida o'ylab qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar va qonunlar hamda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar zamirida ham O'zbekiston yangi marralarni ko'zlayotgani va mamlakatimiz o'z taraqqiyotida yangi bosqichga qadam qoyganidan darak beradi, bu islohotlar o'z navbatida mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini yanada ko'tarishga qaratilgandir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi qabul qilinganing 25 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda ma'ruzasida ta'kidlanganidek,"... tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk daxilsizligini amalda taminlash bundan buyon ham davlat siyosatida ustuvor yo'nalish bo'lib qoldi.... Yana bir bor alohida ta'kidilab o'tmoqchiman :tadbirkor yo'liga to'siq bo'lishni davlat siyosatiga xiyonat, deb qabul qilish kerak" Zero, Prezidentimiz Oliy Majlisga taqdim qilgan murojaatnomada qayd etilgaidek, "..xalqimiz ertaga emas uzoq kelajakda emas, aynan bugun o'z hayotida ijobiy o'zgarishlarni ko'rishni istaydi. Bizning mehnatkash, oqko'ngil, bag'rikeng xalqimiz bunga to'la haqlidir" Vatanimiz rivoji uchun barchamiz masul hisoblanib, uni istiqboli, farovon hayoti uchun iqtisodiyotini rivojlantiramiz. Xalqimiz o'ziga to'q bo'lsa, uni kelajagi yanada yaxshilanib borad. Mamlakatimizning farovonligini yuksaltirish, turmush sharoitini yaxshilash - asosiy vazifamizdir, deb ta'kidlaydi yurtboshimiz. Iqtisodiy farovonlikka erishgan davlatdagina siyosiy yuksaklikka intilish mumkin. Iqtisodiyotni mustahkamlamay turib, jahon sahnasida rivojlangan davlatlarga siyosiy raqobatchi bo'lolmaydi. Hozirdagi vaqtda davlat o'z oldiga xalqning ijtimoiy turmush darajasini va oylik ish-haqini o'z vaqtida berib borishi bilan siyosiy mustahkamlikka erisha oladi.

Download 47,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish