21-§. O`rta Osiyo va Qadimgi Sharq Savdo va madaniy aloqalar. O`rta Osiyoning purviqor tog`lari va keng cho`llari qalayi, kumush, mis, oltin hamda lojuvard, firuza singari nodir toshlarga boy bo`lgan. Bundan 4-5 ming yil ilgari ham O`rta Osiyo aholisi Hindiston, Eron va Old Osiyo o`lkalari bilan madaniy aloqada bo`lgan. Turli-tuman arxeologik topilmalar shundan dalolat beradi. Masalan, Farg`ona vodiysidan miloddan avvalgi II mingyillik boshlariga oid bo`lgan metall buyumlar xazinasi topilgan. Bular haykalsimon tasvir tushirilgan kumush va bronza to`g`nag`ichlardir. Bunday to`g`nag`ichlar Eronning qadimgi manzilgohlaridagi qazishmalarda ham topilgan. Surxondaryo vodiysida va Zarafshon daryosining quyi qismida Janubiy Afg`oniston, Eron, Mesopotamiyada hamda Hindiston sivilizatsiyalarida ham uchraydigan bronza oyboltalar, sopol buyumlar va bronzadan yasalgan muhrlar topilgan. O`sha qadim-qadim zamonlarda bir o`lkadan boshqasiga savdogarlik sayohatlari ko`p bo`lar edi. Ot, tuya qo`lga o`rgatilgandan, g`ildirak ixtiro etilganidan keyin mamlakatlar orasidagi masofalar endi olisdek tuyulmasdi. Ma'lumki, O`rta Osiyo okeanlar va dengizlardan olisda joylashgan o`lkadir. Ammo uning mahalliy manzilgohlarida qazishma ishlari o`tkazilganda Arabiston dengizi va Hind okeanida ovlanadigan kaurilar - mitti chig`anoqlar ham topilgan. Bu chig`anoqlar ancha qimmat turgan. Ular savdo bitimlari tuzilayotganda to`lov vositasi bo`lib xizmat qilgan ekan. Arxeologlarning topilmalari.O`rta Osiyo janubidagi bronza davriga oid Oltintepa manzilgohida qazishma ishlari olib borilganda ho`kiz va bo`rining oltin boshi, aravaga qo`shilgan tuyaning haykalchalari, loydan yasalgan aravacha nusxasi topilgan. Bunday buyumlar Mesopotamiyadan ham topilgan. Oltintepada xom g`ishtdan qurilgan zinapoyali ibodatxona qoldiqlari ham topilgan va o`rganilgan. Mesopotamiyada bunday ibodatxonalar "zikkurat" deb nomlangan. Esingizda bo`lsa, Bobil minorasi to`g`risidagi mashhur afsona ham zikkuratlarga aloqador edi. Misr fir'avnlari maqbaralari va Mesopotamiyaning Ur shahri o`rganilganda la'ldan yasalgan zeb ziynatlar topilgan. Ishlov berish uchun qulay tosh sifatida lojuvard miloddan avval Misr va Mesopotamiyada yuqori baholangan. Lojuvardning asosiy konlari esa ancha olisda - Sharqda - Baqtriyada edi. Qadimgi Eron shohi Doro I ning Suza shahrida saroy qurilishi to`g`risidagi bitiklarida shunday ma'lumot keltirilgan: "Bu yerda ishlatilgan oltin Sard va Baqtriyadan keltirildi. Rangli toshlar va yoqut yasalgan hunarmandchilik buyumlari topilgan. Shimoli sharqiy Afg`onistondan Amudaryoning chap qirg`og`ida arxeologlar Hindiston sivilizatsiyasi vakillari asos solgan Sho`rto`qay savdo manzilgohini topishgan. Madaniy munosabatlar.Viqorli tog`lar, ko`z So`g`diyonadan. Bu yerda foydalanilgan to`q zangori rangli tosh Xorazmdan, kumush va bronza Misrdan yetkazib berildi". Zarafshon daryosining yuqori oqimidagi Sarazm manzilgohida, Surxon vohasidagi Sopollitepa va Jarqo`ton manzilgohlarida qadimgi hind shaharlari Xarappa va Moxenjodaroda ilg`amas dashtlar va cho`llar madaniyat va savdo munosabatlari uchun to`siq bo`la olmasdi. Shaharlar va davlatlar taraqqiy etishi bilan madaniyat va savdo munosabatlari ham kengayib bordi. Shundan keyin O`rta Osiyo hududida qadimgi dunyoning ko`plab ixtirolari tarqala boshladi. Bular tangalar hamda oromiy alifbosiga asoslangan yozuvdir. Bu yozuvni Dajla daryosining yuqori oqimida yashagan oromiylar ixtiro qilganlar. Oromiy yozuvi Sharqda yuz yillar davomida ishlatib kelingan mixxatning o`rnini egalladi. O`rta Osiyo xalqlari Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari rivojlanishiga ham katta hissa qo`shdilar. So`g`d yozuvi yodgorliklari Xitoy va Mo`g`uliston hududidan topilgan. O`rta Osiyoliklar Mesopotamiya va Misrga, Xitoy va Hindistonga tarqalishgan. Turli xalqlarning bir-birini o`zaro madaniy boyitishi shu taxlitda kechadi.