YAqin 3-5 yil ichida ishning hajmiy va miqdoriy ko‘rsatkichlarining o‘sishi (transport-ekspeditsiya xizmatlarining hajmi, daromadlar, foyda va boshqalar);
Mijozlar doirasining kengayishi, tashishlar va xizmatlarning yangi texnologiyalarining o‘zlashtirilishi hisobiga faoliyat jabhasining kengayishi;
Hududiy transport bozorida ekspeditorning hohlanadigan o‘rni va boshqalar ko‘rib chiqilishi mumkin.
Joriy rejalashtirish jarayonida konkret miqdoriy maqsadlarni aniqlash va belgilash ham tavsiya qilinadi. Bunday maqsadlar qatoriga, masalan:
bir haftada tashkilot tamonidan yuklarni tashishni rad qilishlar soni tashishga berilgan umumiy buyurtmalar sonidan 1% dan oshiq bo‘lmasligi;
yuklarni etkazib berish bo‘yicha buyurtmalarni o‘z vaqtida bajarishlar darajasi 90% dan kam bo‘lmasligi;
yo‘lda shikastlangan yuklarning miqdori 0,1% dan oshmasligi;
mijozga uning so‘rovnomasi bo‘yicha 2 soat mobaynida yukning qaerda ekanligi to‘g‘risidagi informatsiyani berish;
avtomobillarni birinchi yuklash joyiga yuklash uchun etkazib berishning kechikishi 15 minutdan oshmasligi va boshqalar kirishi mumkin.
Maqsadlar aniqlab olingandan keyin transport-ekspeditsiya korxonasining har bir funksional bo‘linmasi oldiga ularni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar qo‘yilishi lozim (tijorat bo‘limi va texnik xizmatlar, rejalashtirish bo‘limi va buxgalteriya, bo‘linmalar va otryadlar, dispetcherlik punktlari). Vazifalar aniq ifodalangan bo‘lishi va konkret ijrochilar va ularning bajarilishi uchun javobgar shaxslarga ega bo‘lishi lozim.
Transport-ekspeditsiya korxonasining vazifalari o‘zida alohida tashkiliy, iqtisodiy, texnik, texnologik va ijtimoiy tadbirlarning ro‘yxatini taqdim qiladigan dastur orqali amalga oshiriladi, Unda vazifaning bajarilish muddatlari va bajarish uchun mas’ul shaxslar, shuningdek talab qilingan hollarda moddiy va moliyaviy ta’minot masalalari ko‘rsatiladi.
Avtomobil sohasida raqobatni harakatlantiruvchi kuchlarning xarakteristikasi
Raqobat tushunchasi transport xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha darslikda keltirilgan. Tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilarning yuqori moliyaviy natijalarga (daromadlar, foyda) erishish maqsadida sotish bozorlarini egallashga bo‘lgan raqobati iqtisodiyotning har qanday sohasida, jumladan transport xizmatlar ko‘rsatish sohasida ham bozor munosabatlarining asosi bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi zamon sharoitlarida mijozlar (yuk jo‘natuvchilar, yukni qabul qilib oluvchilar) bozori bozorning ustivor elementi bo‘lib hisoblanadi, u transport xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshiruvchiga transport xizmatlar ko‘rsatishning shartlarini belgilab beradi. Transportxizmatlar ko‘rsatish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qatoriga tashishlarni amalga oshiradigan va/yoki xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshiradigan transport, transport-ekspeditsiya korxonalari, shuningdek turlicha mulk shakliga ega bo‘lgan (davlat mulki, xususiy mulk, kooperativ mulk, hissadorlar mulki va boshqalar) boshqa tashkilotlar kiradi.
Avtomobil transporti sohasida raqobatni harakatga keltiruvchi kuchlarning xarakteristikasi
1-jadval.
Harakatlantiruvchi kuch
|
Harakat yo‘nalishi
|
YAngi raqobatchilar
|
Sohaning ishlab chiqarish quvvatlarining o‘sishi; narxlarning tushishi yoki xarajatlarning ortishi;
foydaning o‘rtacha tarmoq me’yorining pasayishi; tovarlar va xizmatlar sifatining pasayishi
|
O‘rnini bosuvchi tovarlar (xizmatlar)
|
Sohada raqobatchilar sonining ko‘payishi; raqobatchilar kuchlarining muvozanatlashuvi; sohada o‘sishning sekinlashishi; doimiy xarajatlar darajasining ortishi; narxlarning o‘sishi;
sifatning ortishi;
tovarlar va xizmatlar assortimentining kengayishi; talab darajasi va sotish hajmining pasayishi
|
Xaridorlar
|
Sifatga bo‘lgan xarajatlarning ortishi;
foydaning o‘rtacha tarmoq me’yorining pasayishi;
narxlarning o‘sishi;
iste’molchilarning ketib qolishi
|
Etkazib beruvchilar
|
Narxlarning o‘sishi;
tovarlar va xizmatlar sifatining pasayishi; talabning pasayishi;
ishlab chiqarish ko‘lamlarining qisqarishi; foydaning o‘rtacha tarmoq me’yorining pasayishi
|
Ishlab chiqaruvchilarning kurashi
|
Tovarlar va xizmatlar sifatining ortishi; innovatsiyalarning intensifikatsiyalashuvi; narxlarning pasayishi; investitsiyalarning chiqib ketishi;
ishlab chiqarish va sotish hajmining pasayishi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |