Tovarning kelib chiqishi haqidagi sertifikat- bitim tuzilayotgan davlatlar o‘rtasida imtiyozli boj haqi to‘lash amalga oshirilganda talab etiladigan hujjat.
Tovarning sifati haqidagi sertifikat – bir tashish hujjatiga ko‘ra jo‘natilayotgan tovarlarning har bir partiyasiga beriladi. Qoidaga ko‘ra bu hujjat faqat oziq-ovqat mahsulotlari, kosmetika va shunga o‘hshash tovarlarga beriladi. Sertifikatda quyidagilar ko‘rsatiladi: sertifikat bergan tashkilotning nomi, sertifikatning tartib raqami, berilgan vaqti, tovarning nomi, jo‘natuvchi, qabul qiluvchi, tovarning tavsifi va navi, miqdori, ishlab chiqilgan vaqti, standart talabiga mosligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |